O’zbekiston Xalq Harakati

Oliy sudda Samandar Qo'qonovning reabilitatsiya so'rab yozgan arizasini ko'rish boshlandi

Oliy sudda Samandar Qo'qonovning reabilitatsiya so'rab yozgan arizasini ko'rish boshlandi
12 Haziran 2019 - 18:13 'da yuklandi va 430 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, 12 iyun' kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida sobiq siyosiy mahkum, O'zbekiston Oliy Kengashi sobiq deputati Samandar Qo'qonovning reabilitatsiya qilinishini so'rab yozgan arizasini ko'rish boshlandgan.

Bu haqda“Ozodlik”ka sud majlisida ishtirok etgan “Ezgulik” inson haqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov xabar qildi.

Sud majlislariga kirish birmuncha erkin — zalda jamoatchilikdan tashqari huquq faollari, HRW vakili va diplomatik korpus vakillari bor edi” deydi Tashanov.

Huquq faoliga ko'ra, dastlabki sud majlisida Samandar Qo'qonovga nisbatan 1993 yili quyi instantsiya sudi tomonidan ilgari surilgan poraxo'rlik, korruptsiya, jinoiy uyushma tashkil qilish singari epizodlar o'qib eshittirildi. Samandar Qo'qonov hamda uning himoyachilari o'qib eshittirilgan epizodlar Karimov davrining soxta ayblovlari ekanini iddao qilishdi.

Sudning navbatdagi majlisi shu yilning 3 iyuliga belgilandi.

O'zbekiston Oliy Kengashining sobiq deputati Samandar Qo'qonov 1993 yilning 2 iyulida qamoqqa olinib, Oliy sudning hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Oradan 23 yil o'tib, 2016 yilning oktyabrida ozodlikka chiqarilgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort