O’zbekiston Xalq Harakati

Xorazm juda qadim edi¸ men esa bola edim

Xorazm juda qadim edi¸ men esa bola edim
12 Haziran 2019 - 18:40 'da yuklandi va 471 marta o'qildi.

Men ulg'aydim¸ u esa qadimiyligicha qolaverdi. Men undan ketdim¸ u esa ulug'vor bir tarzda qoya kabi turaverdi.

Men uchun 50 yil uzuuun bir muddat. Minglarcha qishu ëzni ko'rgan Xorazm uchun 50 yil nima. Bu muddatni uzun deyish bir lofi guzof.

Eskidan mening mamlakatim Xorazmda quësh bir boshqacha chiqardi.

Ayniqsa ëzda quësh harorati odamlar issig'iga qo'shilar¸ loydan bo'lgan uylar orasidan ko'tarilgan po'rsing esa shamolsiz havoda kunlarcha muallaq turar edi.

Kaltikaloslar oqcho'plar orasidan yugurgilagan¸ qoyir ënida suvsiz pishgan gurvaklar tars ërilgani bois atrofni tutgan syurealistik ifor…

Rutubatdan xoli qup quruq havo. Qumlar orasida qolib ketgan Zamaxshar qal'asining o'rtasida turib oëg'im ostidagi ulkan mamlakatning ne qadar qadimiyligini oëqlarim bilan his qilganimni eslayman.

Oëqlarim ostida ming yillik sopolaklar g'ijirlar edi.

Sopol siniqlarida qorinja¸ bo'ri va qush rasmlari bor.

Shu keskin kontinental iqlim etishtirgan ulug' shoir Muhammad Solih ëzganidek¸ “ Tog'lar cho'kib ketgan bu erda¸ oëg'imni cho'qqilar tirnar”…

Mana o'n yildan oshibdiki Xorazmdan 4800 kilometr olisdagi Pragadaman.

Mantiq bu erdagi go'zal yasham tarziga olqishlar aytsada¸ vujud mamlakatim Xorazmning qora iqlimini hassosiyat bilan qo'msaydi.

Bir birlarini takallufsiz turtib o'g'uz lahjasining turli elpozalarida yuksak sasda gapiradigan issiqonli odamlar harorati¸ jo'qroma quësh issig'iga qo'shilgan qadim mamlakat na erdayu men na erdaman.

Yashaëtganim Praga shahri transport idorasi xodimi oylik chiptamga ismimni yanglishib “Xorazm” deb ëzib qo'yibdi.

Praga yo'lko'liklarida Xorazm nomi bilan yurgan birgina yo'lchi men bo'lsam kerak.

Shuhrat Bobojon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ra'no Rahmonberdi qizi ;

    “Bir birlarini takallufsiz turtib” oryonda durib baqirishib so'llashsalar saslari baryona o'tadog'on, yozning “jo'qroma”sinda kuyrasa ham qora meynatdan qoytmidog'on qodim yurt, po'rsig'on ota to'rpoq, loy suvli, qori gasa o'ngi-chapini degisha tortadog'on, buyunli gunda Orolinnan uzilmish xosta ana deryo, “qadim mamlakat na erdayu men na erdaman”, dabsiz. Shuxratbek uka, biza sizara Xorazmning jo'qromosinnan, qoyirning po'rsima to'rpoqinnon posolka yuvarjak adik, lakin ongloshimiza qorog'onda yakin oroda o'zaringiz galamishsila(r). Omin, iloyim shundin bo'g'ay, bu gapni oytqonlorni og'zina palov, dab o'tiribmiz. Nerda bo'sangiz ham xalqingiz sizani Ollog'a omonat topshirg'onlor. Xudoyim omonata xiyonat atmos, sog' bo'g'aysizlor og'a, ini qadrdonlor… (xorazmchani kelishtirolmagan bo'lsak, kelishtirib o'qirsizlar, rahmat, azizlar, borlaringizga shukr…)

    13/06/2019 03:59
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Shuxratbek,
    Siz Xorazm nomi bilan bir oy yurganingizga shunchalar mag'rurlanar ekansiz, men Xorazm (Xorazmiy) nomi bilan 1993 yildan buyon yuribman.
    Xivali shoir Jo'shqin aytgani kabi “Ming bora maqtansam haqqim bor ekan mening!”

    12/06/2019 19:48
istanbul escort