O’zbekiston Xalq Harakati

Oltin O'rda tili – o'zbek tili edi

Oltin O'rda tili – o'zbek tili edi
13 Haziran 2019 - 6:00 'da yuklandi va 400 marta o'qildi.

OLTIN O'RDA TILI – O'ZBEK TILI EDI

Shoir Qutb Xorazmiy Oltin O'rda xoni Muhammad O'zbekxonning (1312—1340) Oq O'rdadagi noibi, o'g'li Tinibek saroyida yashab ijod qilgan. Qutb Tinibekka bag'ishlab “Husrav va Shirin” dostonini yozgan.

Shu ASARDAN PARChALAR:

Qozontek qaynab ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdum…
Oshiq bo'lmasa ushbu etti qat er,
Nedin muncha xaloyiq zaxmini er?
Kishiningkim ko'ngulda ishqi bo'lsa,
Netong bulbul mengizlik ul zori qilsa.
Falak mehrobi ishq ermish xush ongla,
Oshiqlarning so'zin ishq birla tingla.
Kishikim oshiq ermas joni yo'q bil,
Ulukni bormu ter ochunda oqil?
Agar it ko'nglinga haq ishqi kirsa,
Kelur ul tilga ketmas ursa, sursa…

Oltin O'rdada yashagan Sayfi Saroiy asarlarilan namuna:

Qamishli yurt mening tuvg'on elimdi,
Biling, g'urbatga kelturg'on bilimdi.
Kelib bo'ldum saroyda she'r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.
Jahon shoirlari, ey gulshani bog',
Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog'…

* * *

Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar,
Na manzar, manzari shohid, na shohid, shohidi dilbar.

Bu kun Yusuf jamolini qilibtur haq sanga baxshish,
Na baxshish, baxshishi davlat, na davlat, davlati mafxar.

So'zung durru javohirdur, ko'ngullar ganjina loyiq,
Na loyiq, loyiqi xisrav, na xisrav, xisravi kishvar.

Shakardan totlidur xulqung, karamda xotiring matlab,
Na matlab, matlabi ma'dan, na ma'dan, madani javhar.

Zihi davlatli oshiqkim, sening birlan qilur ishrat,
Na ishrat, ishrati jannat, na jannat, jannati kavsar.

Bu husnung shavqi zavqinda ko'ngul to'tilari tobti,
Na tobti, tobti xush lazzat, na lazzat, lazzati shakkar.

Jamoling naqshina Sayfi Saroyi bag'ladi surat
Na surat, surati hasno, na hasno, husni jonparvar.

* * *

Ko'rkli yuzungga boqqan ko'zlarga jon ko'runur
Doyim murassa' og'zing gavharfishon ko'runur.

Bozor ichinda husnung ishva sotib olur jon,
Bo'ston ichinda qadding sarvi ravon ko'runur.

Haq sun'i oy yuzungni qilmoq uchun tamosho
Har subhidam qopungda xalqi jahon ko'runur.

Erta-kecha ko'zumdin ketmas uchun xayoling,
Ne erga boqsam anda husnung ayon ko'runur.

Sayfi Saroyi nazmi husnung sifoti birla
Doyim bu el tilinda xush dilsiton ko'runur.

* * *

Qurub qoshi yosin qaro ko'zlaring,
Otar kirpuk o'qin mango ko'zlaring.

Bir o'q birla Rustamni otdin yiqar,
Necha otsa qilmas xato ko'zlaring.

Qaroqchi balo qilsa tuz yozida,
Qilur doim elda balo ko'zlaring.

Olur sabr jondin, ko'nguldan qaror
Kima boqsa bir kez qiyo ko'zlaring.

Ko'ngullarni bog'lab qaro zulfina,
O'sanmasmi jonlar olo ko'zlaring.

Ne yo'ldan bu Sayfi Saroyining o'sh
To'kub qonin ichar qano ko'zlaring.

Agar hay demasang, jahonni xarob
Qilur g'amza bilan yono ko'zlaring.

* * *

Qamar yuzungdin bo'lur munavvar,
Shakar so'zungdan kelur mukarrar.

Gunash yuzungni ko'rub xaloyiq,
Bo'lub tururlar sanga musaxxar.

Ko'ngulga doyim farah berurga
Kelib xayoling bo'dur musavvar.

Tugandi umrum firoq elinda,
Qachon visoling bo'lur muyassar.

O'qur sifoting bu Sayfi shaydo,
Yozib dafotir uza mufassar.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort