O’zbekiston Xalq Harakati

Hozirgi erkaklarning cho'ntagida sharikli ruchkadan boshqa hech vaqo yo'q

Hozirgi erkaklarning cho'ntagida sharikli ruchkadan boshqa hech vaqo yo'q
13 Haziran 2019 - 7:00 'da yuklandi va 474 marta o'qildi.

Havo bulut edi.

Dalada edim.

Somon poylayotgandim!

To'shak, yostiq, fonar va kichikroq boltam ham bor edi! Tungi qorovulning qo'lida fonar va qurol bo'lmasa, u qanaqa qorovul! Erkak odam har doim qurol bilan yurishi kerak! Qurolli erkakni har kim ham urib xo'rlashga jur'at etolmaydi. Ota-bobomiz yonboshiga yarim quloch keladigan pichoq osib yurgan! Hozirgi erkaklarning cho'ntagida sharikli ruchkadan boshqa hech vaqo yo'q! Bugungi erkaklar:” Ustingdan yozaman!”- deb raqibiga po'pisa qiladi! Bemahalda cho'ntagingga non solib yurgin”,- derdi enam rahmatli. Nondan it ham, insu jins ham qo'rqarkan! Yana enam rahmatli aytardi:” Allohu Akbar!”- desang qo'rquvlaring chekinadi.

Shunaqa! To'satdan momoqaldiroq gumbirlab yomg'ir yog'di! To'shakni somon pres orasiga yashirib uyga qaytyapman! Kun bo'yi oyoqda tik turganim uchun ikkala oyog'im, hatto belimgacha og'irlashib og'riyapti! Velosiped pedalini zo'rg'a bosib, govdamni rul tomonga enkaytirib uyga qaytyapman! Yomg'ir tinib bo'ldi!

Kallamda g'ujg'on o'ylar! Har narsani o'ylayapman! Er yuzidan zulmni yo'qotib bo'lmasligini, haq-adolat hech qachon qaror topmasligini o'ylayaman, olamdagi mavjud nuqsonli tartibotni o'zgartirib bo'lmasligini ham mulohaza qilyapman. Hulosa qilyapman: zolimdan faqat insof tilash mumkin, boshqa hech narsa, zolimni yo'qotib bo'lmaydi. 2005 yil aprel oyida miyamni apparatda tekshirgan ayol:” Sen zulmga qarshi kurashib, zulmni yo'q qilaman deb og'ir ahvolga tushibsan. Zulmni ham xudoning o'zi yaratgan, xohlagan payti er yuzidan ko'taradi”.

Shunday! Uyga qaytyapman! Tanam zil-zambil og'ir! Rauf Parfi aytganidek, “Tuproqqa aylanib bormoqda tanim”.

Yo'lda avval choyxonada to'xtab ovqatlandim, so'ng do'kondan to'rt dona shokalad va bir hovuch mayda pichini sotvoldim, uyga kirib maza qilib choy ichaman!

Bug'doyzorim mahallaga yaqin! Kechasi somon presimga o'g'iri oralashi mumkin! O'g'iri hamma joyda bor!

G'ayratliman! Kun bo'yi ko'proq ish bitiray deb tinmayman! Ammo qalbim tubida g'ayratimdan-da haybatli zerikish, mavhum narsalarni sog'inish borligini ham sezaman!

Uyga etib kelib cho'zilib dam olyapman!

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
istanbul escort