O’zbekiston Xalq Harakati

Tadqiqotlar 10 yilda Turkmanistondan aholining uchdan bir qismi chiqib ketganini ko'rsatdi

Tadqiqotlar 10 yilda Turkmanistondan aholining uchdan bir qismi chiqib ketganini ko'rsatdi
14 Haziran 2019 - 10:37 'da yuklandi va 647 marta o'qildi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ​mamlakatdagi demografik vaziyatga doir tashvishli raqamlar bilan tanishgach, aholini qaytadan ro'yxatga olishga buyruq berdi.

Ammo vaziyat bilan tanish bir necha manbaning “Ozodlik” radiosiga ismini aytmaslik sharti bilan ma'lum qilishicha, yangi tadqiqot ham Turkmaniston demografik buhron domiga tushib qolganini niqoblay
olmadi.

Ashxoboddagi bir necha manbaga ko'ra, eng so'nggi ma'lumotlar “aholi sonining keskin kamayib ketgani va so'nggi 10 yilda taxminan 2 million kishi mamlakatdan chiqib ketganini ko'rsatdi”.

2008 – 2018 yillarni qamrab oluvchi so'rov natijalari rasman e'lon qilinmadi. Lekin hisob-kitoblar to'g'ri bo'lsa, mamlakat iqtisodiy imkoniyatlar kamligi, tobora o'sib borayotgan moliyaviy qiyinchiliklar va shaxsiy erkinlik yo'qligidan zarar ko'rmoqda.

Umumiy hisob-kitoblarga qaraganda, Turkmaniston aholisi 2018 yili 5,4 million kishi bo'lgan. Biroq e'lon qilingan ma'lumotlarga ishonilsa, ushbu raqam uchdan birga qisqarib ketgan bo'lib chiqyapti.

‒ Turkmaniston Davlat statistika qo'mitasi yiqqan maxfiy ma'lumotga ko'ra, 2008 – 2018 yillarda 1 879 413 kishi yo doimiy yashash, yoki doimiy ishlash uchun chet mamlakatlarga chiqib ketgan, ‒ dedi manba “Ozodlik”
radiosining Turkman xizmatiga bergan interv'yusida.

Manbaning izohicha, ushbu raqam chet ellarda ishlayotgan turkman migrant ishchilarini o'z ichiga olmaydi.

Statistika bilan bog'liq bu ma'lumot 2012 yilda o'tkazilgan, ammo natijalari e'lon qilinmagan umummilliy ro'yxatga olishga asoslanadi. Uning natijalari prezident Berdimuhamedovga yoqmagan edi. Ammo oradan 6 yil o'tib o'tkazilgan tadbir natijalari ham unga ma'qul kelmadi.

Shaffoflik, matbuot erkinligi va mustaqil OAV bo'lmagandan keyin Turkmanistondagi vaziyatga oid aniq ma'lumot olishning imkoni yo'q. Ammo keyingi yillarda hokimiyat idoralari mamlakatdan chiqib ketayotgan vatandoshlar oqimini kamaytirishga urinish hollari ko'zga tashlanmoqda.

Xabarlarga ko'ra, 2017 yili migratsiya idoralari mutasaddilari o'nlab Turkmaniston vatandoshlarini xalqaro reyslardan tushirib olib qolgan. Ayrim yo'lovchilarga aviachiptalarga sarflagan xarajatlari qoplab berilgan, biroq nima uchun ortga qaytarilgani xususida hech qanday tushuntirish berilmagan.

2018 yili yoshi 40 dan past bo'lgan vatandoshlarga chet elga chiqishga ruxsat berilmagani xususida ko'plab shikoyatlar bo'lgani bilan bog'liq xabarlar paydo bo'lgan edi.

Ko'plab turkmanlar, qarshiliklarga qaramasdan, Rossiya, Qozog'iston va Turkiya singari mamlakatlarga ketishga harakat qilmoqda. Turkmaniston boy tabiiy resurslarga ega bo'lishiga qaramay, ishsizlar darajasi yuqoriligi va oziq-ovqat narxi oshib borayotgani sababli qiyin
ahvolga tushib qolgan.

Ba'zi xabarlarda aytilishicha, odamlar qat'iy me'yorlangan holda sotilayotgan non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun uzundan-uzoq navbatda turishga majbur bo'lmoqda.

Turkmanistonning inson huquqiga rioya qilish ko'rsatkichlari ham o'ta past. Hukumatni tanqid qilishga jazm etgan kishilar yo qamoqqa, yoki bo'lmasa ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tashlanadi, mustaqil matbuot yo'q.

Mamlakat tarixida G'arb me'yorlariga ko'ra erkin hisoblanadigan saylov umuman o'tkazilmagan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano