O’zbekiston Xalq Harakati

Hushtakbozlar

Hushtakbozlar
15 Haziran 2019 - 9:45 'da yuklandi va 550 marta o'qildi.

Epig'ruf yoki slogan: “Butun dunyoni hushtak boshqaradi. Shuning uchun deyarli hamma hushtakboz…” Sh.J.

HUShTAKBOZLAR

Benjaminning “Hushtak” degan hikoyasini o'qiganmisiz? Ha, o'sha do'llir-pulda rasmi bor Benjamin Franklinni aytaman. Nima, Benjamin yozuvchi bo'lmagan? Zo'r narsa yozish uchun yozuvchi bo'lish shart emas, bovrum. Benjaminning do'stiga maktub-hikoya shaklida yozilgan ushbu asarda shunday deyiladi: “…Kichkina bola edim. Tug'ilgan kunimga o'rtoqlarim to'planib yarim chaqa-yarim sent qilib yig'ib pul sovg'a qilishdi. Rossa xursand bo'ldim. O'rtoqlarim ketgach, o'sha chaqalarga bozordan o'zimga sovg'a olaman deb ketayotsam yo'ldan kattaroq bola chiqib qoldi. U hushtak chalayotgan ekan. Hushtagiga maxliyo bo'lib qoldim. Men undan hushtagini sotishni so'radim. U pulingni hammasini bersang hushtagimni sotaman, dedi. Men rozi bo'lib, hamma pulim evaziga o'sha hushtakni sotvoldim. Xursand bo'lib uyga borib hushtak chalaverib hammaning qulog'ini batang qildim. Shunda qarindoshlarim hushtak sotgan bola aldaganini, o'sha pullarimga bunaqa hushtakdan yigirmata berishini, berganda ham yangisidan berishini aytishdi. Shunda menga alam qilib o'tirib olib rossa yig'laganman…”

Qarang, Benjamin bechorani chuv tushirishibdi. Bunday voqea ko'pchilikning boshidan o'tgan bo'lsa kerak. Mening ham boshimdan o'tgan. Hatto Sa'diyda ham bo'lgan. Har holda Sa'diy bolaligida lo'libashara bir firibgar qo'lidagi meva shirin tuyulib qo'lidagi qimmatbaho uzugini echib bervorganini yozgan.

Mavzuga qaytsak, Benjamin hayotida shu voqea katta ibrat maktabini o'taganini yozadi. Voqea qattiq ta'sir qilganidan to umrini oxirigacha bema'ni, bexuda ishlar bilan shug'ullanayotgan har bir odamga “Nima hushtak chalyapsanmi?” deydigan bo'ladi. Uning nazdida bekorchi odam hushtak chalayotgan kimsa bo'lib ko'rinadi.

Asqatmasa, chindan ham dunyo hushtakbozlarga to'lib ketgan. Shu tariqa dunyoga Benjaminning ko'zoynagi bilan qarasam – atrofim to'la hushtakboz, hatto jamiyatga bir pullik xizmat qilmagan davlatning pulini eb yotgan siyosatchi – hushtakbozlarga ham ko'zim tushadi. Bu “hushtabozlar”ning qilar ishi yo'qligidan misol uchun kunduzi avtomobilda chiroq yoqib, kechasi esa tinmay signal chalish haqida kulguli qaror ham chiqarib yuboraverishi mumkin. Yoki azaldan qonunda mustahkamlaniga qaramay, maktabni pullik ham qilvoraverishi mumkin – u mahalladan kelgan bo'lsang pullik, bu mahalladan bo'lsang tekin. Shunday hushtakboz-siyosatchilar og'zidan pista po'choqday sirg'alib chiqqan bir hushtak bilan hatto juda qadimiy joy nomini ham o'zgartirvorish mumkin. Lekin tarix sahnasida esa o'zining nomi tugul, abtar bo'lib, etti pushtidan nishon qolmaydi, aslida. Ha agar, Benjaminning ko'zoynagi bilan qarasam, aytarlik biror narsa hal bo'lmaydigan majlislarda hamma hushtakboz bo'lib tuyuladi…

Xullas, shu yozayotganim ham, umuman ishim ba'zi odamlarga balki hushtak chalish bo'lib tuyular balki. Chunki dunyoqarash har xil. Mayli hozircha xayr – “hushtak chalish”ga ketdim…

Shukur Jabbor

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano