O’zbekiston Xalq Harakati

Xususiy maktablarning ochilishiga qarshi fikrlarning bir yoqlamaligi xususida

Xususiy maktablarning ochilishiga qarshi fikrlarning bir yoqlamaligi xususida
15 Haziran 2019 - 9:50 'da yuklandi va 450 marta o'qildi.

Xususiy maktablarning ochilishiga qarshi fikrlar bir yoqlama bo'lib, ular bozor munosabatlari davrida ta'lim sifatini oshiradi va raqobat muhitini yaratadi. Hamma mamlakatlarda xususiy va davlat maktablari bor. Davlat har yili 500 000 dan ziyod ko'payayotgan o'quvchilarga maktab qurib berganda ham ularning sinfdagi soni va dars sifatini yaxshilab bera olmaydi. Natijada ta'lim sifati ko'tarilmaydi!

Maktab bepul bo'lgani bilan sifat umuman ortda qolib ketdi. 1980 yillarni eslash bugun kifoya etmaydi. Bunga sabab u paytda aholi soni 20 mln edi, hozir esa 33 mln.dan ortdi. Bugun mamlakatimizda yoshlar 64 foizni tashkil etadi. Ilgarigi moddiy va ijtimoiy resurslar bilan hamma sohada ham bugunning talabini qondirib bo'lmaydi.

Kimning qurbi etsa bolalarini xususiy maktablarda o'qitaversin! Chet elda hatto eng kuchli universitetlar ham xususiy. Bozor iqtisodiyotida faqat iqtisodiy soha emas, bilimlar, mehnat va boshqa sohalarga ham bu munosabatlar kirib kelishi kerak! Bozor munosabatlarida albatta tabaqalar bo'ladi. Tabaqalanish faqat shunga bog'liq emas! U davom etmoqda!

Keyingi tabaqalanish bosqichlarida intellektual salohiyat birinchi o'ringa ko'tariladi. Bu esa davlat va jamiyat ravnaqiga bevosita ta'sir ko'rsatadi, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortadi, u kuchli mamlakatlar qatoriga etib ola boshlaydi. Xususiy maktablar orqali ta'lim sifati yaxshilanadi, eng yaxshi sinflar, jihozlar qo'yiladi, bu dargohlarga eng kuchli o'qituvchilar keladi, o'quvchilar bir nechta tilni bemalol o'rganishadi. U erlarga bilimi past o'qituvchilarni kamdan-kam olishadi. Ba'zi maktablar tunu kun bolalarga qaraydi, darslari bajariladi, foydali mashg'ulotlar olib boriladi, ular nazorat ostida bo'ladi.

Yurtimizdan chetga ishga chiqib ketgan ota-onalarning bolalari xususiy maktablarda o'qisa va bilim-tarbiya olsa yaxshi emasmi? Biz aytayotgan “uyushmagan yoshlar” kamroq bo'ladi. Kim istasa pulini bilimga tiksin. To'y va dabdabalarga ham shunaqa chiqishsa yaxshi bo'lar edi! Konstitutsiyaning 41-moddasiga ham o'zgartirish kiritish lozim bo'ladi.

Shohistaxon O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano