O’zbekiston Xalq Harakati

Losh qoldi

Losh qoldi
15 Haziran 2019 - 10:15 'da yuklandi va 457 marta o'qildi.

 

 

LOSh QOLDI
 
Na zavqu safolar yigitlik bilan –
Bahor bo'lib kechdi, quruq losh qoldi.
Qarilik etishdi ming kulfat bilan,
Mezon o'tdi, xazon keldi, qish qoldi.
 
Umrimni sarf etdim hoy bilan huya,
Qullik – toat aylamadim Xudoya,
Yigitlik faslini o'tkardim zoya(e),
Endi na kuch-quvvat, na bir jo'sh qoldi.
 
Hayotimning so'ndi shami, shodligi,
Mulkimda qolgani ohu faryodi,
Jismim kabob etmish ayriliq o'ti,
Yuraklar qon bo'lib, ko'zda yosh qoldi.
 
Har bir gulga shum ayriliq soldirdi,
Jismim xazon etib, bog'ni so'ldirdi,
Ishqning g'aznasini yillar botirdi,
Na unda bir aql, na bir hush qoldi.
 
Qo'ydi meni yuz ming ozora furqat,
Kecham uzun bo'ldi, tong otmak riqqat,
G'ussa bilan kun kechirmak mashaqqat,
Na jonda farog'at, na bir aysh qoldi.
 
Firoqlar jonima ko'p ozor berdi,
Ranju alamlarda yuzim sarg'aydi,
Mehnat bilan soch-soqolim oqardi,
Ruhda shodlik, na ko'ngilda xush qoldi.
 
Maxtuquli ishim qilu qol bo'ldi,
Shum ayriliq bilan aqlim lol bo'ldi,
Bilmadim, ne savdo, nechuk hol bo'ldi,
Jon tandan ayrildi, quriq losh qoldi.
 
 
MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi
facebook.com
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano