O’zbekiston Xalq Harakati

O'z yurtida begona

O'z yurtida begona
15 Haziran 2019 - 11:16 'da yuklandi va 686 marta o'qildi.

VVS radiosining yozishicha, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nega O'zbekiston fuqarolarining Toshkent propiskasiga oid huquqlari poymol etilayotganini tushuntirib berolmadilar.

Chor Rossiyasida joriy etilgan va so'ng SSSR va mustaqil O'zbekistonda amalda bo'lgan propiska tartibi xalqaro qonunchilikka zid ekani ko'p bor qayd etilgan.

Hatto parchalanishi arafasida SSSRning konstitutsiyaviy sudi ham propiska tizimi insonlarning huquqlarini buzishini rasman tan olgan.

Xo'sh, O'zbekistonda nega bugun ham propiska tartibidan voz kechishni xohlamayaptilar?

BBC Uzbekning YouTubedagi jonli muloqoti ushbu mavzuga bag'ishlandi.

Dasturda Kanadada istiqomat qiladigan asli o'zbekistonlik huquqshunos va jurnalist Baxtiyor Shohnazar, Moskvadagi mehnat muhojirlariga huquqiy ko'mak ko'rsatadigan migrant.mobi portali asoschisi Botirjon Shermuhammad qatnashdilar.

Toshkent propiskasi O'zbekiston Konstitutsiyasiga mos keladi, biroq O'zbekiston xalqaro konventsiyalarga qo'shilgan va xalqaro qonunchilikda propiska inson huquqlariga zid deb ko'riladi.

“O'zbekiston Konstitutsiyasi 28-moddasi 1-xatboshisida shunday yozilgan: “O'zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko'chish, O'zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega”. Lekin ana shu moddaning 2-xatboshida “Qonundan belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir” deb mana shu Toshkent propiskasi qonuniyligi yozib qo'yilgan. Lekin boshqa tomondan O'zbekiston Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga qo'l qo'ygan. Ana shu deklaratsiyaga ko'ra, har bir shaxs o'z mamlakati doxil boshqa har qanday mamlakatga borish, o'z mamlakatidan chiqib ketish, o'z mamlakatining ichida erkin harakatlanish, o'z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega. Ana shu jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston Konstitutsiyasining 28-moddasi O'zbekistonning o'zi qo'l qo'ygan xalqaro hujjat – Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga zid”, deydi Baxtiyor Shohnazar.

“Amaldagi qonunchilikdagi cheklovlar degan narsa Konstitutsiya tomonidan berilgan huquq va erkinliklarni cheklamasligi lozim. Hamma joyda aytib o'tiladi: faqatgina davlat xavfsizligi, jamiyat xavfsizligi bilan bog'liq masalalardagina cheklov bo'lishi mumkin. Hatto SSSR zamonida SSSR Konstitutsiyaviy sudi ham propiskani fuqarolarning erkin harakatlanish huquqini buzadigan tartib deb o'sha paytdagi SSSR konstitutsiyasiga zid deb topgan ekan”, deydi Botirjon Shermuhammad.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano