O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

X'yuman Rayts Uotch o'z tadqiqotchisi Toshkentda “og'zaki hujumga” nishon bo'lganini bildirdi

X'yuman Rayts Uotch o'z tadqiqotchisi Toshkentda “og'zaki hujumga” nishon bo'lganini bildirdi
15 Haziran 2019 - 15:21 'da yuklandi va 726 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Bosh qarorgohi N'yu-York shahrida joylashgan X'yuman Rayts Uotch (HRW) inson huquqlari tashkiloti o'zining Markaziy Osiyo davlatlari bo'yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov inson huquqlari buzilishi xolatlarini o'rganish uchun O'zbekistonga borgan paytda agressiv og'zaki hujumlariga nishon bo'lganini ma'lum qilgan.

X'yuman Rayts Uotch 14 iyun' kuni tarqatgan bayonotga ko'ra, voqea joriy yilning 13 iyunida Toshkentda sodir bo'lgan.

HRW voqeani “agressiv og'zaki hujumi” deb atab, uni keskin qoraladi.

Tashkilotga ko'ra, Sverdlovga qilingan hujum O'zbekistondagi boshqa huquq himoyachilari va jurnalistlarga qarshi keng ko'lamli obro'sizlantirish kampaniyaning bir qismi bo'lgan.

X'yuman Rayts Uotch bayonotida aytilishicha, 13 iyun kuni ertalab, Sardor Komilov ismli video bloger (Sayyod.com sayti rahbari) va yana to'rt kishi Toshkent shahrida Sverdlov to'xtagan mehmonxonaga borishgan.

“Komilov mehmonxona xodimlariga Sverdlovning mehmoni ekanini aytgan va uning xonasiga qo'ng'iroq qilib, o'zini X'yuman Rayts Uotch yordamiga muxtoj shaxs sifatida tanishtirgan.

Sverdlov uning oldiga tushgan payti Komilov va uning sheriklari uni har tomondan o'rab olishgan, uning harakatlanishini to'sib, ta'qib qilishgan va 20 daqiqa davomida video tasvirga olishgan”, – deyiladi tashkilot bayonotida.

Voqeani tasvirlagan HRW yozishicha, Komilov Sverdlovga bir necha asossiz ayblovlar, so'nggi haftalarda internetda paydo bo'lgan asossiz bo'htonlar bilan og'zaki hujum qilgan.

Komilov va uning sheriklari Sverdlovga O'zbekistondan daf bo'lishni aytishgan.

X'yuman Rayts Uotch tashkilotining ijrochi direktori Kennet Roz bu hujum O'zbekistondagi inson huquq himoyachilarini obro'sizlantirish kampaniyasining bir ko'rinishi ekanini aytadi:

“Biz bu jirkanch hujumni qoralaymiz. Bu Stivni qo'rqitishga urinish bo'lgani aniq va O'zbekistondagi inson huquqlari tashkilotlari va huquq himoyachilarini obro'sizlantirishga qaratilgan onlayn kampaniyaning bir qismi bo'lib ko'rinmoqda. Huquq himoyachilarining obro'sini to'kish uchun bu harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham aniq”, deb ta'kidlaydi Kennet Roz.

X'yuman Rayts Uotch uzoq yillik to'sqinliklardan so'ng 2017 yilda O'zbekistonda faoliyatini qayta boshlagan edi.

Bugun «Human Rights Watch» inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha ofisi direktori Stiven…

Komil Allamjonov paylaştı: 10 Haziran 2019 Pazartesi

Shu hafta boshida Stiv Sverdlov Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgan edi.

O'XH axborot bo'limi
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube