O’zbekiston Xalq Harakati

Bosh prokuratura «Andijoncha spektakl» tashkilotchilarini javobgarlikka tortishni talab qilmoqda

Bosh prokuratura «Andijoncha spektakl» tashkilotchilarini  javobgarlikka tortishni talab qilmoqda
15 Haziran 2019 - 15:28 'da yuklandi va 487 marta o'qildi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan Andijon shahrida bir necha ayollar bepul kottej olganligi to'g'risida interv'yu berishga majburlangani haqida OAVda e'lon qilingan xabarlardagi vajlar o'rganib chiqildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O'rganish jarayonida aniqlanishicha, ehtiyojmand shaxslarni uy-joy bilan ta'minlash maqsadida Andijon viloyati Xo'jaobod tumani Xidirsha massivida 2 sotixli jami 592ta kottej qurilishi yakuniga etkazilgan.

Joriy yilning fevral'-mart oylarida viloyat hokimligining mas'ul shaxsi «Mustaqillik tikuvchilik majmuasi» MChJning uy-joyga muhtoj bo'lgan 6 nafar ishchilariga (X.Tillaeva, M.Raximova, Sh.Bakirova, X.Ermatova, Z.Abduvalieva va D.Xodjimatova) mazkur hududda qurilayotgan kottejlardan ularga sovg'a sifatida bittadan berilishini ma'lum qilgan. Ammo Bosh prokuratura bayonotida «mas'ul shaxs» ismi ishkor etilmasa-da, OAVga interv'yu bergan ayollar ushbu hokimlik vakili Manzura Yunusova bo'lganini iddao qiladi.

«Keyinchalik, «O'zbekiston 24»  telekanali orqali 2019 yil 31 mart, 3 may va 16 may kunlari yuqoridagi ishchilar ishtirokida, ularga sovg'a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko'rsatilgan, 16 may kuni ular oila a'zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo'yilgan», deyiladi prokuratura xabarida.

Ta'kidlanishicha, davlat rahbarining Andijonga tashrifi doirasida faqat ishchilardan biriga (D.Xodjimatova) kottej sovg'a qilingan. Tashrifdan so'ng viloyat hokimligi mas'ul shaxsining talabiga binoan qolgan 5 nafar ishchilar (X.Tillaeva, M.Raximova, Sh.Bakirova, X.Ermatova va Z.Abduvalieva) qurilayotgan 4 qavatli uylardan xonadon ajratish va'da qilingan holda kottejlardan ko'chirilgan.

Shundan so'ng, ular qator davlat tashkilotlariga murojaat qilgan, Xurshida Tillaevaning hokimiyat ularni aldaganligi haqidagi murojaati ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

Ularning murojaatlaridan so'ng, « Mustaqillik tikuvchilik majmuasi»  MChJ tomonidan ularning ish xaqlari va korxona daromadlari hisobidan 4 qavatli uy-joy uchun dastlabki badal to'lovi o'tkazilgan.

Shunday qilib, o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand ishchilarga kottej berilishini va'da qilib, ulardan bu haqida ommaviy axborot vositalariga interv'yular olinishiga erishib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qo'yib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, ko'zbo'yamachilikka yo'l qo'ygan.

«O'rganish natijalari yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Andijon viloyat hokimi nomiga zudlik bilan aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal qilish hamda bu kabi holatlarga chek qo'yish choralarini ko'rish to'g'risida taqdimnoma kiritildi», deyiladi prokuratura axborotida.

Andijon viloyati hokimi ushbu masalaga munosabat bildirib, Xurshida va boshqa ayollar «nafs balosida yanada ko'prog'ini talab» qilayotganini aytgandi. Hokim joriy yil fevral' oyida ayollar bilan tegishli tashkilot o'rtasida ko'p qavatli uylarni xarid qilish uchun shartnoma tuzilganini iddao qilgan.

Manba: kun.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano