O’zbekiston Xalq Harakati

Muhammad Solih bilan uchrashuv badali

Muhammad Solih bilan uchrashuv badali
16 Haziran 2019 - 0:09 'da yuklandi va 1041 marta o'qildi.

Men Turkiyaga borganimda Muhammad Solih bilan uchrashish istagini bildirdim… Dastavval rizolik o'rniga chuqur sukut javobi bo'ldi…. Va nihoyat men qiyaolmaydigan do'stlari orqali ko'rishishga muvaffaq bo'ldim.

Shunda Solih “Sizni ham bizning nomimiz ostida badnom qilishlaridan asramoq istadik… Shu diydor sabab sizga zahmat etkazilsa, bizning dilimiz og'riydi” dedilar… Tushgan suratimizni “E'lon qilmasangiz, tinch bo'lasiz” deya maslahat berdilar… Men kitoblaridan so'raganimda “Sizga ziyon tegmasin” deb unamadilar…

So'raverganimdan keyin 2-3 ta she'riy kitobini berdilar… Lekin baribir xayrlashayotganimda “To'g'ri tushunasiz, kitoblarni qoldirib keting… Bu sizning xafvsizligingiz uchun…” dedilar…. Ko'nglim og'rib, kitoblarni olib stol ustiga qo'yarkanman, “She'riyatda nima gunoh?” deb qo'ydim… Va nihoyat shoir va siyosatchining bu qadar bezovtaligi sababini bugun Mahmud Rajab va… Said Abdulaziz misolida ko'rib turibman….

To'g'ri, men Said Abdulazizni ilgari tanimaganman. Ammo uning “ishi” siyosiy degan o'yimdan qo'rqaman…

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • samad ;

    Manashu maqola va unga yozigan sharhga bir isbot bo'lsin deb yozmoqchimanki, M.Solih sabab nafaqat uning ukalari va yaqinlari, Evril Turon, S.Qo'qonov, va ko'plagan ERKchilar uzoq yillar qamoqda o'tirdilar. Ayrimlari hatto turmada hayotdan ko'z yumdilar.
    Diqqatga sazavor tomoni shuki, ularning birontasi ham Solih sabab ko'rgan aziyatidan afsus qilmagan. Bunda bir hikmat bor emasmikan…

    16/06/2019 20:24
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Musavvir va jurnalist Shuxrat Bobobojon o'zining bir she'rida “Sir daftarimni kavlama!” degan edi. Bu deganday, M.Eshonqulovaning yozganlari mening sir daftarimni kavlab yubordi.

    2014 yilning oxirida men ham ziyorat qilganman Istanbulda Muhammad Solihni. U o'zining “Payg'ambarlar tarixi” va O.Solihning “Haqiqiy tibbiyot” kitoblarini sovg'a qilgan menga.
    Esdalik uchun birga suratga tushishni taklif qilganimda Maloxat aytganiday chuqur sukut qildi va nihoyat: “mayli tushaylik, lekin buni birovlarga ko'rsatmang, sizga zarari tegishi mumkin”,- dedi.
    Men uni hechkimga ko'rsatmadim, lekin birnecha vebsaytlarda, feysbukda va kitoblarimda e'lon qildim. M.Solihning aytganiday, rostdan ham bularning zarari tegdi. Bular meni vatanimga kirishga cheklov qo'yilishiga sabab bo'libdi. Men bundan g'urur tuydim va bu haqda “Dunyo o'zbeklari”da rasman e'lon qilganman.

    16/06/2019 03:42
xxx video gratis porno italiano