O’zbekiston Xalq Harakati

Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo'lgan qo'lyozmasi topildi

Turkiyada Navoiyning bahosi 100 ming dollar bo'lgan qo'lyozmasi topildi
16 Haziran 2019 - 11:32 'da yuklandi va 487 marta o'qildi.

Turkiyaning Kilis shahridagi tintuv vaqtida Alisher Navoiyning 100 ming dollargabaholanishi taxmin qilinayotgan qo'lyozmasi topildi15-asrga taalluqli qo'lyozma Alisher Navoiy g'azallari asosida tartib berilgan devondir.

Kilis shahri prokuraturasi ko'rsatmasiga asosan tarixiy asarlarni o'g'irlovchi, yashirincha saqlovchi shaxslarga qarshi maxsus operatsiya o'tkazilgan.

Navoiy qo'lyozmasi Kilis shahri markazida yashovchi T.A. ismli kishining uyidagi tintuvda topilgan.

Qo'lyozma 378 sahifadan iborat bo'lib, 100 ming dollarga baholanishi kutilmoqda.

Ismi ochiqlanmagan T.A.ni so'roq qilish uchun Tergov qo'mitasiga olib borishgan.

Turkiyaning «Hurriyet» gazetasi Navoiy turkiy tilda ilk bor «Xamsa» yozgani, turkiy tilning fors tilidan ustunligini isbotlovchi «Muhokamatul-lug'atayn» asarini yozganini qayd etarkan, Navoiyni Mahmud Koshg'ariydan keyin turk tiliga eng ko'p xizmat qilgan kishi deb e'tirof etgan.

Manba: minbar.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano