O’zbekiston Xalq Harakati

Dunyo

Dunyo
17 Haziran 2019 - 8:00 'da yuklandi va 589 marta o'qildi.

 

 

DUNYo

Bu dunyo bir ishratxona,
Raqqosdir shayton tomida.
Unda soqiy afsungar qiz,
Olov o'ynaydi jomida.
Gurullaydi qora o'choq,
Qalblarni yoqmoqdir ishi.
Kul tagidan ochar quchoq –
Quchmay qolmas hech bir kishi.
Ming yillik aql bog'ini.
Kiprigin qoqib, to'zitar.
Ko'tarib jallod boshini,
Falakda oyni qo'zg'atar.
Tul xotin, Doro bevasi
Ishqida mast Rumo, Farang.
Uylanganning yo'q chaqasi.
Ketganda ham oyoq yalang.
Bu dunyo bir ishratxona –
Yalang'och qizning surati.
Siyratni quvlar tanadan,
Ko'zlarga o'rnar hayrati.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano