O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bir inson qissasi

Bir inson qissasi
17 Haziran 2019 - 9:00 'da yuklandi va 1091 marta o'qildi.

Gohida televidenidagi tashviqot ko'rsatuvlarda suhandon biroz vahimali, o'ta jiddiy ovoz bilan “Yosh avlodni vatanga munosib qilib tarbiyalash yo'lida” deb qoladi. Shundan kelib chiqib vatanga munosib bo'lishini bir inson umri bilan tasvirlab ko'rdim.

Qahramonimizning ismi Mustaqulbek. Hikoyamiz Mustaqulbek tug'ilishidan bir yil oldin otasi Oktyabrjon va onasi Kommunaxonlar nikohni qayd etish uchun ZAGS bo'limiga borishi bilan boshlanadi. ZAGS bo'limi boshlig'i erkakshoda kampirga nikohni qayd etishi uchun orasida uch-to'rt so'm qistirilgan peshdasturxon bo'lmasa ish bitishi qiyin. Oradan biror yil o'tib ikki yosh zerikadi, chaqaloq olmoqni maqsad qilishib tug'ruqxonaga borishadi (Shu erida tushuntirib o'tishim kerak, tug'ruqxona aholiga chaqaloq tarqatiladigan joy). Kommunaxon uch kun tug'ruqxonada yotib oxiri chaqaloqqa etishadi. Oktyabrbek tug'ruqxonadagi chaqaloq sotuvchilarni rozi qilib ona-bolani uyiga olib ketadi. Mustaqulbek ikki yoshga to'lganida yasliga berishadi. Bog'cha opalarini har bayramda, tug'ilgan kunlarda tabriklab turish kerak.

Bog'cha vaqtiyam o'tib Mustaqulbek maktabga boradi. O'n yil davomida bepul o'quv ta'limi ta'minlangan yurtimizda har oy pul yig'averib o'qituvchilar ham zerikishmaydi. Menimcha ular Mustaqulbekni biror joyda ishlasa kerak deb o'ylashadi shekilli. Mana qahramonimiz maktabga qo'shib kollejniyam bitirdi, endi oliy ta'lim olish uchun harakat. Repetitorga qatnash boshlandi. Oktyabrbek hayron, agar repetitorsiz o'qishga kira olmasa nega maktabga qatnab behuda umr o'tkazib yurdi o'g'li? Imtihonlardan muvaffaqityatli o'tib Mustaqulbek o'qishgayam kirdi, endi keyingi besh yil davomida sessiya yopish uchun, baho olish uchun ota-onasining topganini institut o'qituvchilariga tashishga majbur.

Mana, qo'liga diplom ham tegdi, endi o'g'lini ishga joylash uchun Oktyabrbek yana bir marta cho'ntak kovlashga majbur. Mamlakatimizda maktabga oddiy o'qituvchilikka joylashish ikki yuz dollardan boshlanadi, prokuratura, soliq sohalariga joylashish esa ellik ming dollargacha. O'zi “yuridicheskiy”da o'qish har kimgayam emas-da, ellik ming dollarni shunchaki o'qishga kirish uchun berish kerak, o'qish davomidagi xarajatlariyam shunga yarasha.

Mustaqulbekning omadi kelib yog'liroq ishga joylashib olsa bir-ikki yilda mashinaga yarasha pul topadi, bir yil oldin mashinaga pul to'lab navbati kelganida “shapka” berib mashinali bo'ladi. Mashinasiga yoqilg'i quyish uchun o'ziga o'xshagan vatanga munosib avlod bo'lmish zapravkachiga uzatish kerak, yo'lda yurgani uchun vatanga o'ta munosib avlod vakili bo'lmish GAIsiga uzatish kerak. Xullas, bir umr uzat-uzat.

Mana shumi yosh avlodni vatanga munosib qilib o'stirish? Televizordagi vahimali ovoz sohibi bo'lgan suhandon shuni nazarda tutdimi “munosib avlod” deganda? Inson tug'ilmasdan oldin pora berish bilangan qo'yilgan qadam o'lguncha davom etyapti-yu?!

Xulosa o'rnida eslatib o'tishim kerak, Mustaqulbekni yarim kechada uyg'otib so'rasangiz ham “Serquyosh”ni tutilmay aytib beradi…

Akmal Andijoniy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube