Butun dunyoda bolajonlar uchun masjidlar qoshida yozgi ta'til paytida oylik “Qur'on kurslari” ochiladi.
Butun dunyoda ochiladi.
Qozog'iston, Qirg'izistonda ham har yili ochiladi.
O'zbekistonda esa yo'q.
Nimaga o'zbek musulmon bolajonlari yozgi kurslarda Qur'onni o'rgana olmaydi? Nimaga? Davlat odamlari nima uchun bunga ruxsat bermaydi, nimaga Musulmonlar idorasi tashabbus qilib, idora xodimlari oxirati uchun harakat qilmaydi?
Butun dunyoda bo'layotgan narsa nimaga bizda bo'lmasligi kerak? Buning nimasi xavfli, hukumat odamlari nimadan xavf qilarkin?! Bilmayman.
Biroq, bizning bolalar ham butun dunyo bolalari kabi xech bo'lmasa yoz oylarida Qur'on kurslarida o'qishga haqlari bor.
Ma'sum bolajonlarimiz huquqlarini poymol qilmang!
( 1 Yorum )