O’zbekiston Xalq Harakati

Gulnora Karimova pullarining qaytarilishida shaffoflik ta'minlanadi

Gulnora Karimova pullarining qaytarilishida shaffoflik ta'minlanadi
18 Haziran 2019 - 11:40 'da yuklandi va 447 marta o'qildi.

Bi-bi-si radiosining xabar berishicha, O'zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova tomonidan prokuratura kelishuvga amal qilmayapti, degan iddaoni javobsiz qoldirgan. Prokuraturaga ko'ra, Karimovaning xorijdagi pullarini qaytarishdagi shaffoflik ta'minlanadi.

Imon Karimova o'zining Instagram dagi sahifasida onasi Gulnora Karimovaga aloqador “hujjatlar” borligini ma'lum qildi.

Ularda 2018 yilda Bosh prokuratura qoshidagi korruptsiyaga qarshi kurash bo'lminmasining o'sha paytdagi boshlig'i Shavkat Umurzoqov vositachiligida Karimovaga taklif qilingan hamkorlik evaziga ozodlik haqida gap boradi.

Imon Karimova bu hamkorlik negadir to'xtab qolganini aytgan. Keyinchalik va'da bajarilmagan.

Bi-bi-sining nima sababdan Gulnora Karimova bilan hamkorlik to'xtab qolgan, degan savoliga Bosh prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova shunday javob berdi:

“Kecha Imon Karimova tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan ma'lumotlar dedingiz, hujjatlar dedingiz men bu fikringizga to'liq qo'shila olmayman. Chunki Gulnora Karimovaning qarindoshlari tomonidan, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bayon qilingan fikrlari hujjat ahamiyatiga ega emas. Agarda bu borada qarindoshlari tomonidan rasmiy murojaat bilan murojaat qilinsa va bu borada fikrlarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilsa, ularga bu borada konstruktiv javob berishga harakat qilamiz. Lekin har bir o'z pozitsiyasini mustaqil bildirish mumkin bo'lgan qarindoshlarining ijtimoiy tarmoqdagi har bir fikriga Bosh prokuratura o'zining munosabati yoki sharhini berishga majbur emas, deb o'ylayman”.

Surayyo Rahmonovaga ko'ra, Karimovaga tegishli xorijdagi pullarni O'zbekistonga qaytarish ishlari hamkorlikda olib borilyapti.

“Bu qaytarish jarayonining o'z talab va mezonlari bor. Siz aytgan shaffoflik talablari ham va ularni kelganidan keyin yo'naltirish masalasi ham barchasi O'zbekiston oldiga qo'yilgan va o'zaro talab asosida amalga oshiriladi. Albatta o'z vaqti bilan aktivlar qaytarilganidan keyin, albatta jamoatchilikka bu aktivlarni qaytarilishi yuzasidan summalari va ularni qaerga yo'naltirganligi yuzasidan to'liq batafsil ma'lumot beriladi”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.

Imon Karimovaning Instagram sahifasida chop qilingan va 24 soat turgan ma'lumotlarda aytilishicha, 2018 yilda koloniyada saqlanayotgan Gulnora Karimova bilan muzokaralar boshlangan.

Uni Bosh prokuratura qoshidagi korruptsiyaga qarshi kurashish bo'limi rahbari Shavkat Umurzoqov va uning yordamchisi Murad Hakimov olib borgani aytiladi.

Xabarda iddao qilinishicha, o'tgan yilning may oyida O'zbekiston tomoni Karimova bilan muzokaralarni shunchaki vaqtdan yutish uchun olib borayotgani ma'lum bo'lgan.

Shu yilning mart oyi boshida Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova o'ziga tayinlangan jazoni o'tash shartlarini buzgani uchun uy qamog'idan umumiy tartibli koloniyaga ko'chirilgani ma'lum bo'lgandi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi ma'lum qiladi…

Bosh prokuratura o'sha vaqti tarqatgan axborotnomasiga ko'ra, “jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 1972 yilda tug'ilgan Karimova Gulnora Islamovnaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”.

Ammo “insonparvarlik nuqtai nazaridan hamda mahkuma jinoiy yo'l bilan orttirilgan pul mablag'larini qaytarish va davlatga etkazilgan zararni qoplash majburiyatlarini o'z zimmasiga olganligini e'tiborga olgan holda, jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyati sudining 2018 yil 1 iyuldagi ajrimi bilan G.Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Ozodlikni cheklash jazosini o'tash joyi etib mahkuma G.Karimovaning o'z tanloviga ko'ra, qizi Iman Karimovaning yashash joyi belgilangan.

Shu bilan birga, mahkuma G.Karimova zimmasiga qonunchilikda nazarda tutilgan qator cheklovlar, shu jumladan, yashash joyidan chiqib ketmaslik, aloqa vositalaridan va Internetdan foydalanmaslik hamda zararni qoplash majburiyati yuklatilgan.

Mahkuma G.Karimovaga ozodlikni cheklash jazosini o'tashdan qasddan bo'yin tovlagan, shuningdek, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud jazoning o'talmay qolgan muddatini boshqa jazo bilan almashtirishi mumkinligi tushuntirilgan.

Lekin mahkuma G.Karimova jazoni o'tash davrida sud tomonidan o'rnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib, o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan.

Xususan, mahkuma G.Karimova 2018 yil 22 noyabr' kuni yashash joyidan o'zboshimchalik bilan chiqib ketgan hamda jazoni o'tash tartibi va shartlarini buzmaslik haqida ogohlantirilgan.

Ogohlantirishga qaramasdan, G.Karimova o'ziga tegishli xulosa qilmasdan, jazoni o'tash tartibi va shartlarini qasddan buzishda davom etgan, xususan:

muntazam ravishda aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalangan;

jinoyat ishi bo'yicha aniqlangan o'zi tomonidan etkazilgan zararning qoplanishiga faol to'sqinlik qilgan.

G.Karimova jazoni o'tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo'yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o'talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o'tashi belgilangan”, deyiladi axborotnomada.

Marhum Islom Karimovning qizi hali otasi tirikligidayoq nafaqat O'zbekiston, balki xalqaro sahnalarda ham tanilib ulgurgandi.

2008 yildan buyon O'zbekistonning BMT Jeneva idorasidagi elchisi bo'lgan Gulnora Karimova 2013 yilda O'zbekistonga qaytgan.

U pul yuvish ayblarini rad etgan.

Orada Toshkentdan olingan xabarlardan Gulnora Karimovaga nisbatan hali prezident otasi tirikligi chog'ida, ya'ni 2015 yil 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi qo'llanilgani ma'lum bo'lgan.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi bu haqda oradan 2,5 yilcha o'tib ma'lum qilgan.

Marhum prezidentning to'ng'ich qizi soliq to'lashdan bosh tortish kabi ayb bilan bu kabi jazoga mahkum etilganini bildirgan.

O'tgan bir necha yil ichida AQSh, Gollandiya, Shvetsiya va Shveytsariya hukumatlari Gulnora Karimovaga nisbatan pul yuvish bilan bog'liq jinoyat ishini tergov qilgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano