O’zbekiston Xalq Harakati

Bosh bo'lmang

Bosh bo'lmang
18 Haziran 2019 - 12:05 'da yuklandi va 521 marta o'qildi.

 

 

BOSh BO'LMANG

Nasihat aylayin, tinglang yigitlar,
Past xotin boshlagan to'yga bosh bo'lmang!
Ming nasihat aytsang, birisin tutmas,
Og'zibir bo'lmagan uyga bosh bo'lmang!

Mol-dunyo deb sotmang nomusni, orni,
Halol savdo eting, tejanglar borni,
Xush xulqlik bo'linglar, tuting bir korni,
Zinhor elingizga raqib, g'ash bo'lmang!

Otasi bor, hargiz, bo'lmasin kafil,
Burungidan qolgan: “Kafillar sabil”,
Men aytayin, tinglamasang, o'zing bil,
Bir-biriga tosh otganga bosh bo'lmang!

Nasihat tinglasang, erning erisan,
Nasihat olmasang, ko'pning birisan,
Ortiq jon chekmakdan o'zing tolarsan,
Og'zi ola elga aslo bosh bo'lmang!

To'g'ri yurgan, to'g'ri kezgan to'q bo'lar,
Bevaqt yurgan malomatga o'q bo'lar,
Umr bo'yi yiqqanlari yo'q bo'lar,
Harom suygan yigitlarga bosh bo'lmang!

Hargiz yomon bilan birga yurmanglar,
To'yga, ma'rakaga birga bormanglar,
Fe'li yuqib bir kun yolg'on demanglar,
Quda-qayin bo'lib, o'tga duch bo'lmang!

Maxdumquli, ko'p savdoli boshing bor,
Umring uzoq, yuzdan osha yoshing bor,
O'zingni bil, o'zgaga ne ishing bor,
Bexabar yur, Haq yodidan dosh bo'lmang!

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano