O’zbekiston Xalq Harakati

Senator: Ta'limdan Islomni sug'urib oldik. Gyoteni o'rgatdik, ammo Payg'ambarimiz hadisini keltirishdan cho'chidik

Senator: Ta'limdan Islomni sug'urib oldik. Gyoteni o'rgatdik, ammo Payg'ambarimiz hadisini keltirishdan cho'chidik
18 Haziran 2019 - 12:22 'da yuklandi va 605 marta o'qildi.

Oliy ta'lim va umuman ta'lim sohasida korruptsiya holatlarining urchishiga bu jarayondan Islom ta'limotlarini olib qo'yish sababdir. Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulov Xalqaro Press-klub tashkil etgan tadbirda oliy ta'lim, xalq ta'limi sohasidagi adolatsizlik va korruptsiya holatining tub ildizlariga doir fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

«Biz yuz yil oliy ta'limdan ham ta'limdan (xalq ta'limi-tahr.) ham Islomni sug'urib oldik. Islom ma'naviyatini sug'urib oldik. Halol bilan harom, to'g'ri yashashni sug'urib oldik. Biz Gyoteni o'rgatdik, lekin janob Payg'ambarimiz (s.a.v.) hadislarini keltirishdan cho'chidik.

Mana kecha, (Oliy Majlis) Yuqori palata raisi va Korruptsiyaga qarshi respublika idoralararo komissiya raisi majlisda hadisdan iqtibos keltirdilar. Jinoyat kodeksining 210 va 211- moddalari sanktsiyalari ham ayni hadisdan olingan. Kodeksda ham pora bergan va olgan uchun jazo tayinlangan. Biz bularni o'rganmadik. Islom ma'rifatini faqat imom gapirsin dedik. Dunyoviy bilim olganlar gapirsa, unga boshqacha qaradik. (Oqibatda) nima bo'ldi?

Korruptsiya haqida gapiradigan bo'lsak, oliy ta'limda nafaqat korruptsiyaga yo'l qo'yildi, balki yosh, kelajak avlodga korruptsiya o'rgatildi. Adolatsizlik o'rgatildi. Oliy ta'limdagi muammolar…

Mana hozir binolar ko'rsatildi. Men kechirim so'rayman, ajdodlarimiz yarmigacha sho'r bosib yotgan madrasalarda Qur'onni 9 yoshgacha yodlagan. Bularni tuzatsa bo'ladi. Agar chiroyli binolar bilan allomalar chiqadigan bo'lsa, bilasizmi, hozir qancha Termiziylar, Buxoriylar chiqar edi?!

Ta'limning sifatiga adolatsizlik sabab. Birinchi kurs talabasi birinchi semestrda yaxshi o'qiydi, ammo semestr yakunida adolatsizlikni ko'rgach, 7 semestr o'qimaydi. Nima uchun, tanish-bilish, ta'magirlik», – deya ta'kidladi Termiz Davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulov.

Manba: kun.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 4 Yorum )

  • Mirmuxsin ;

    bu senator akamiz zamonamizni Muxammad Solixi
    ”yashang“

    19/06/2019 15:33
  • ozod ;

    xa odamlarni islomdan uzoklashtirib bopladilaring xech davrda bulmagan narsa Uzbekistondan xatto jinsini uzgartiradiganlar xam chikdi,jasmina degani xozir rossiyada yuribdi ugil bola edi ayrim joylarini peredelka
    kildirdi,ish kilib lanati karimov bu xalkka
    kulidan kelgan yomonlikni kilib ketdi,sizlar
    xam janob chinovniklar sheriksizlar karimov
    otangizni kilmishlariga

    18/06/2019 21:35
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Mana qarang, ERK berilsa chiqar ekanu hozir ham Muhammad Solih, Jahongir Muhammad, Nusrat akalar. Duo qiling azizlar, manashu senator va shu kabilarni Alloh o'z panohida asrasin!

    18/06/2019 15:34
  • xakikat ;

    Islomni urgatish kerak bolalarimizga,odamlar xarom xarishdan kurkmaydigan bulib ketdi sababi Alloxni dinini bilmaydi xammayogni foxisha bosdi,xamma bulmagur ishlarni asosi iymonsizlik bu dunyodagi kilgan ishlaringga savol javob kilinishini bilmaslik,Paygambarimizni va xadislarini maktabdanok urgatish kerak shundagina yoshlarimiz xalol inson bulib voyaga etadi poraxur bulmaydi,davlatni xalkni talab Shvetsariyaga tashimaydi,Alloxdan kurkadi,xozirchi buni aksi Uzbekiston xaliyam ancha boy davlat ekan shunchalik kemirib tashashdi shundayam parchalanib ketmasdan
    turibdi,bizda shuning uchun katta katta biznesmenlar yuk chunki kiynalib biznes kilib nima kiladi tayyorgina davlatni kemirish talash imkoniyati turganda,muxolifatniyam kaytarish kerak,tarozini ikki pallasi bulganidek siyosatda kilgan xatoyingizni xech kim aytmasa xamma karsak chalib utiraversa onasini bir narsa kib kuysangiz xam sizga xamdu sanolar aytib utiraversa uzingiz xulosa kiling kelajakimiz nima buladi

    18/06/2019 12:45
xxx video gratis porno italiano