O’zbekiston Xalq Harakati

Qiyomatda

Qiyomatda
19 Haziran 2019 - 11:06 'da yuklandi va 399 marta o'qildi.

 

 

QIYoMATDA

Undan farmon bo'lsa hech bir chora yo'q,
Ingichka uzilib, yo'g'on cho'zilar,
Og'ochlar ingrayub, osmon dod chekib,
Taqdirlar ters kelib, yo'llar buzilar.

Bandaning bandaga kelmaydi rahmi,
Oqillarning etmas alifga fahmi,
Tanib bo'lmay qolar gadomi, shohmi,
Yurakdan o't ketar, ko'zlar suzilar.

Dinsizning urug'i qalashib yotar,
Jasadni qabrlar chiqarib otar,
Kulib chiqqan quyosh qon yig'lab botar,
Qurigan daryolar toshar, uzilar.

Diyonadsiz yashar Rasul ummati,
Yigitlardan qochar Hotam himmati,
Fohisha bosh bo'lar, oshar qimmati,
Qaroqchiga hamdam bo'lar qozilar.

Bandasi Allohni chiqarar yoddan,
Johillar tushmaydi o'lmasa otdan,
Bir davron keladur qadim ajdoddan –
Tul dunyo har safar to'zar, tuzilar.

1993 y.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano