Nega she'r o'qiganga yo bola tuqqanga mashina beraveryapmiz?! Kulgili va achinarli emasmi?!
Bu ishimiz mashinaga ketadigan puldan qanday unumli foydalanishni bilmasligimizdanmi? Yoki maddohlik va targ'ibotni munosib taqdirlashda boshqa uslublar samaraliroq ekanini anglamasligimizdanmi? Muammoning ildizi chuqur.
O'zbekistondagi targ'ibot mashinalari eskigan. Milliy mafkurada millatni birlashtirish quvvati yo'q. Qo'rqmang, aslida istasamda, milliy mafkura islom bulog'idan suv ichsin, demoqchi emasman.
Juda bo'lmaganda Amir Temur timsolida ulug' davlatchilik g'oyasini yoki Ulug'bek, Beruniy va Forobiylar timsolida ilm-ma'rifat g'oyasini milliy mafkura sifatida ishlab chiqilsa bo'lmaydimi? G'oyasi, maqsadi yo'q mayda millat sifatida qachongacha xor va zalil yashaymiz?