O’zbekiston Xalq Harakati

Bloger bo'lmoqchiman…

Bloger bo'lmoqchiman…
19 Haziran 2019 - 14:11 'da yuklandi va 556 marta o'qildi.

Bloger bo'lish uchun nima qilish kerak ekan deb o'ylayapman.

Men ham bloger bo'lsammikan!

O'zimni bloger deb e'lon qilishdan avval bu so'zning ma'nosini bilishim kerak.

Blogerlik mendek dehqonning qo'lidan kelarmikan?!

To'g'ri, men ham bir paytlar universitetda o'qiganman, lekin o'qib o'rganganlarim esimdan chiqib ketgan.

Bilimsiz blogerlik qilib bo'larmikan.

Ayrim blogerlarning yozganlarini o'qib bilimlarini chamalayman, qurg'urlarning bilimi mening esdan chiqqan bilimimdan ham past!

Shundoq! Bloger bo'lmoqchiman! O'z blogimni yarataman!

Ozgina,chala-yarim bilim, rosa ko'p isterika, chuqur bilmagan narsalaringiz haqida ko'p gapirish, tamom, tayyor blogersiz!

Yoki gruppa tashkil qilsammikan?! Nomini nima deb nomlayman! “Dehqon dala bag'rida” deymikan!

Xullas, blogerlik qilib hech yo'qsa to'rtta odam orasida nomim chiqsin deyman!

Sizni itam tanimasa, alam qilarkan! It tanimaganini qopadi…

Har kimlarni bezovta qiladigan bloger bo'lmasligim aniq. Hapli bu ish! Bezovta bo'lganlar keyin meniyam bezovta qiladi. Masalan, mendan ozor chekkanlar bitta fohisha xotinni yollaydi, u esa ustimdan: ” R.R. yonimdan o'tayotib, kutilmaganda o'n qo'li bilan chap ko'kragimni g'ijimlab o'tdi. Qo'li qattiq ekan. Og'ritdi”, – deb arza yozadi. Tamom! Fohishaning ko'kragiga qo'l uzatmaganimni qanday isbotlayman?! Iloji yo'q. Bizlarni yuzlashtirishgada tuhmatchi fohishaga: ” Tuhmatingni tan olaman! Rostdan ko'kragingga tegindim. Faqat bitta iltimosim bor” – deyman. ” Qanaqa iltimos?”- deb so'raydi u. ” Kel, ko'kragingni rostakamiga bitta g'ijimlay”, – deyman. Balki bu taklifimga ko'nar.

Shunaqa hozil-kinoyaviy gaplaram yozib turaman. Zerikmaysiz.

Xullas, bloger bo'lib sag'al tanilmasam, hamma mashhur bo'lib ketyapti!

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Rahimjonning bu yozgani quyidagi hodisani yodimga soldi.
    1996 yilda katta mansabdor bo'lib ishlar edim. Sekretarimning eri Jummi-jilli Prezidentga: “Xorazmiy xotinimni uyiga oborib “manashu uyni senga beraman”, deb jazman qilibdi. Endi o'sha uyni oberinglar bizga”, – deb yozibdi.
    Bu xat bo'yicha meni prokraturaga chaqirishdi. Men prokurorga: “Agar sekretar' ha shu gap rost deb aytsa, men bir mard erkak sifatida shu uyni beraman o'sha xotinga”, – dedim.
    Zudlik bilan sekretarnida prokraturaga olib kelishdi. Sekretar' xatni o'qib: “Bu gap bo'lmagan, bu nomusdan ko'ra o'zimni o'ldiraman”, -deb dod soldi va shu erning o'zida ishdan bo'shab ketdi.
    Sekretarning erini tuxmat qilgani uchun 15 sutkaga qamab yuborishdi.

    19/06/2019 17:21
xxx video gratis porno italiano