O’zbekiston Xalq Harakati

Jamol Qoshiqchi o'limi bo'yicha BMT tergovchisi: Saudiya valiahd shahzodasi tergov qilinsin!

Jamol Qoshiqchi o'limi bo'yicha BMT tergovchisi: Saudiya valiahd shahzodasi tergov qilinsin!
20 Haziran 2019 - 0:40 'da yuklandi va 374 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, BMT tergovchisiga ko'ra, jurnalist Jamol Qoshiqchining o'limiga Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Saudiya Arabistonining eng oliy darajadagi rasmiylarining aloqasi borligi haqida ishonchli dalillar mavjud.

Birlashgan Millatlar tashkilotining mahkamasiz qatllar bo'yicha maxsus ma'ruzachisi An'es Kalamar o'z tekshiruvlari asosida hisobot e'lon qilgan.

BMT maxsus ma'ruzachisi Turkiyaga safar qilgan.

Saudiya Arabistonining agentlari Istanbul shahridagi Saudiya konsulligi binosida jurnalist, Saudiyaning keskin tanqidchisi Jamol Qoshiqchini 2018 yil 2 oktyabrida o'ldirganlar.

Biroq Saudiya rasmiylari agentlar valiahd shahzoda Muhammadning buyrug'i bilan ish ko'rmaganini ta'kidlab keladilar.

Saudiyada yopiq sudda Qoshiqchining o'limi yuzasidan 11 shaxs ustidan bo'lib o'tayotgan mahkamani An'es Kalamar to'xtatishga chaqirgan, chunki qotillik xalqaro jinoyat hisoblanishi, xalqaro mahkamada Turkiya va AQSh ishtiroki ta'minlanishi lozimligini aytgan.

File photo showing security barriers outside the Saudi consulate in Istanbul, Turkey (12 October 2018)Istanbuldagi Saudiya konsulligi 2018 yil 12 oktyabrida

An'es Kalamar hisobotida Jamol Qoshiqchi konsullik binosining ichida “shafqatsizlarcha o'ldirilgani” aytiladi.

Jamol Qoshiqchining jasadi topilmagan.

Saudiya rasmiylariga ko'ra, jurnalistning jasadi bo'laklangan va konsullik tashqarisida bo'lgan “mahalliy sherik”ka berib yuborilgan.

BMT maxsus ma'ruzachisi An'es Kalamar etakchiligidagi mutaxassislarga Turkiya maxsus xizmatlari Saudiya konsulligi binosi ichkarisida yozib olgan ovozli yozuvlar taqdim etilgan.

Buning asosida hisobotda Jamlo Qoshiqchining konsullik binosiga kirishidan oldin, bino ichkarisida qotillik ro'y bergan payti va undan keyingi xronologiya tuzilgan.

BMT maxsus ma'ruzachisi hisobotida aytilishicha, Saudiya valiahd shahzodasi BMTga a'zo mamlakatlarning ayrimlari tomonidan joriy qilingan sanktsiyalar nishoniga olinmog'i lozim.

Muhammad bin Salmonning xorijdagi shaxsiy mol-mulkiga ham sanktsiya kiritilishi va “u janob Qoshiqchining qatl etilishiga mas'ul emasligini isoblatmaguncha” kuchda qolishi zarurligi aytilgan.

Hisobotda qotillikda ayblanayotgan 11 shaxs haqida ma'lumot ham berilgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano