O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qoraxitoylar va ularning Movarounnahrdagi hukmronligi

Qoraxitoylar va ularning Movarounnahrdagi hukmronligi
20 Haziran 2019 - 13:19 'da yuklandi va 677 marta o'qildi.

QORAXITOYLAR VA ULARNING MOVAROUNNAHRDAGI HUKMRONLIGI

O'rta Osiyo hududiga turli tarixiy davrlarda shimoldan va sharqdan ko'plab ko'chmanchi urug' va qabilalar kirib kelgan. Bu migratsiya jarayonlarining birinchi sababi ko'chmanchilarning boy o'troq viloyatlarga bo'lgan qiziqishi bo'lsa, ikkinchi asosiy sababi ko'chmanchi qabilalar aholisining ko'payishi va chorva uchun yaylovlarga bo'lgan talabning ortishi sabab bo'lgan. Qabilalar o'rtasidagi o'zaro urushlarda mag'lub bo'lganlari boshqa xududga ko'chib ketishga majbur bo'lgan. Ana shunday qabilalardan biri dastlab kidanlar nomi bilan Mug'uliston va shimoliy Xitoy erlarida ko'chib yurgan, XII asrning I yarmida Sharqiy Turkiston va Movarounnahrga kirib kelib o'z hukmronligini o'rnatgan qoraxitoylardir.

Kidanlar, qitanlar, qtaylar-mug'ul qabilalaridan birining nomi (ba'zi olimlar ularni tunguslardan deb hisoblaydilar). Kidanlar nomi ilk bor IV asr manbalarida uchraydi. Kidanlar bazan turk xoqonligiga, bazan Xitoyning Tan imperiyasiga qaram bo'lib yashaganlar.

907 yili qabila boshlig'i Ela-Bug'a o'zini podsho deb e'lon qiladi, qo'shni turk va mug'ul qabilalarini bo'ysundirib saltanatini g'arb va shimolga qarab kengaytiradi. 926 yili sharqda Boxay podsholigini (unga shimoliy-sharqiy Manchjuriya, shimoliy Koreya va boshqa hududlar kirgan) bo'ysundirgan. 947 yili Kidanlar davlati Buyuk Lyao, 983 yili Kidanlarning Buyuk davlati, 1066 yildan yana Buyuk Lyao deb atalgan. Bu davlat Sharqiy Osiyoda Yapon dengizidan Sharqiy Turkistongacha cho'zilgan qudratli davlat bo'lgan. 1005 yili Buyuk Lyao Xitoy (Sun imperiyasi)ni engib har yili o'lpon to'lashga majbur qilgan.

XI asr oxiridan Buyuk Lyao tanazzulga uchray boshlaydi va 1125 yili chjurchenlar tomonidan tugatilgan. Kidanlarning bir qismi G'arbiy Turkistonga qorakidanlar (qoraxitoylar) nomi bilan ko'chib o'tgan.Kidanlar xoni Elyuy Dashi (1124 -1142) bir gurux tarafdorlari bilan Shimolga qochadi. So'ngra turli qabila jangchilari bilan qo'shinini to'ldirib, G'arbga yo'l oladi va ilgariroq bu o'lkalarga kelib joylashgan kidanlar (16 ming oila) yordamida butun Turkistonni egallaydi.

Abulg'oziy Baxodirxonning “Shajarayi turk” asarida qoraxitoylar to'g'risida: “Xitoy yurti ikki bo'lur. Birisina qora Xitoy derlar. Qora xitoydin ko'p jamoat bir sabab bo'lib, podshohlari birlan yov bo'ldilar.

Taqi ko'chib qochtilar-da qirg'iz viloyatina keldilar. Anda o'lturg'an ellar musofir bilib, mollarina dastdarozlik qila boshladi. Anda ham o'ltura bilmay Imal tegan erga ko'chib kelib shahr soldilar-da, o'lturdilar va ekin ektilar, obodon bo'ldi. Har erda moldin ayrilg'an och va aruq va yutag'an barchasi bu shahrga yig'ildilar. Qirq ming evlik el bo'ldilar. Shul vaqtda Churchit tegan bir ulug' yurt bo'lur. Aning podshohi Qoraxitoy podshohi birlan urushtilar. Taqi g'olib keldi. Yurtini oldi va podshohini o'lturdi. Aning bir ulug' begi bor erdi, To'ysitayfar otli. Ul ko'p navkari, eli birlan qochib qirg'iz viloyatina keldi. Tarix /513/ besh yuz o'n uchda andin Imal shahrinda o'lturg'an xitoylarg'a keldi. Oqil va donishmand kishi erdi. Bir ikki yil anda o'lturg'andin so'ng oti va ovozasi to'rt yoqg'a tushdi. Ul vaqtda Afrosiyob naslindin Balasag'un tegan shahrda bir xon bor erdi. Oti Ilk, faqirroq kishi erdi. Ul shahrni mo'g'ul G'ubaliq der. G'uning ma'nosi yaxshi baliqning ma'nosi shahr.Ul qal'aning atrofinda turk xalqi ko'p erdi. Xususan qiniqli eli viloyatini talar va chopar va ekinin edirurlar erdi. Ul sababdin Ilkxon Xitoydin kelgan bekka kishi yubordi. Kelsun, viloyat ang'a taaluq teb. Ul keldi. Taqi viloyatga ega bo'ldi. Ilkni o'zina navkar qildi. Hukm etdi kim, bu kundin so'ng hech kishi muni Ilkxon temasun, Ilk turkman tesunlar teb.Andin so'ng o'zina Gurxon teb laqab qo'ydi. Gurning ma'nosi xitoy tilinda ulug' podshoh temak bo'lur” -deb ma'lumot beradi.

XII asr boshlarida o'zaro urushlardan zaiflashgan O'rta Osiyoga qoraxitoylar bostirib kira boshlaydi. Ularning soni qirq ming chodirga yaqin yani 150-200 ming kishi edi. Avval ular Chug'uchoqda joylashishdi, keyin esa Bolosog'un yoki Xusi-O'rda (Qirg'izistonning To'qmoq shahri yaqinidagi Oqbeshim nomli ko'hna shahar)ni egallab poytaxtga aylantiradilar.

Qoraxitoylar Bolosog'undan Shosh, Farg'ona, Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoga yurishlar qilishardi. Ana shunday og'ir paytda Xorazmshoh Otsiz qoraxitoylarga murojaat qilib, arab tarixchisi Ibn al-Asirning yozishicha, ularni boylikka to'la, gullab-yashnagan Sulton Sanjar erlariga yurishga undagan.

Qoraxitoylarning Sanjar erlariga birinchi marta xujumi 1128 yilda Qashg'arga bostirib kirish bilan boshlangan edi. O'shanda Saljuqiy Sultonining vassali bo'lgan Qashg'ar xoni qoraxoniy Ahmad ibn al-Hasan bu xujumni qaytargan edi. Ammo keyinchalik qoraxitoylar qirg'iz va uyg'urlarni o'zlariga bo'ysundirib ancha kuchga to'lgach, 1137 yilda Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqand xoni qoraxoniy Maxmud ibn Arslonshohni Xo'jandda mag'lub etib, katta miqdorda o'lpon olib qaytib ketadilar. Qoraxitoylarning 1141 yilgi navbatdagi xujumida Maxmud Saljuqiy Sultoni Sanjardan yordam so'raydi. Sanjar qoraxitoylarga qarshi olti oy puxta tayyorgarlik ko'radi va o'ziga tobe viloyatlardan yuz ming qo'shin to'playdi.

U avvalo bu urushning asosiy aybdori qorluqlarni jazolamoqchi edi, chunki qorluqlar Samarqand hokimiga qaram bo'lib unga qarshi bosh ko'targan va qoraxitoylardan yordam so'ragan edi. Bu xol qoraxitoylarning bu erga kirib kelishlari uchun etarli bahona bo'ldi. Sanjar qorluqlarni jazolay olmadi, chunki ular qoraxitoy go'rxoni Elyuy Ta-shi (Elyuy Dashi) ximoyasiga o'tib ketadilar.

Go'rxon Sulton Sanjarga xat yozib qorluqlarning gunohini kechirishini so'raydi. Bunga javoban Sanjar Go'rxondan islom dinini qabul qilishini qat'iy talab qiladi. Aks xolda Go'rxonga yuz ming kishilik Sulton qo'shini bilan uchrashishga to'g'ri keladi deb dag'dag'a qiladi. Sulton qo'shinlarining har xil qurollarni mohirona ishlatishga yaxshi o'rgatilganligini alohida ta'kidlaydi. Shu bilan birga Sanjar shu narsani ham yozdiki “uning qo'shnilari yoy o'qi bilan soch tolasini ikki qismga bo'lib yuboradilar” degan edi. Go'rxon xatni o'qigach, Sanjar elchisining soqolini qirdirib uning qo'liga nina tutqazdi va soqolidan bir tolani olib elchiga ninani tolaga kiritishga buyuradi. Elchi bu vazifani eplay olmagach Go'rxon elchiga qarab: “sen elchi bo'la turib qo'lingdagi ninani tolaga kirita olmasang boshqalar qanday qilib yoy o'qi bilan soch tolasini ikkiga bo'lib yubora oladi” — degan. Qoraxitoylarda ham yuz ming kishilik qo'shin bo'lgan. Har ikki o'rtadagi jang 1141 yil 9 sentyabrda Samarqandga yaqin Qatvon dashtida bo'ldi. Bu jangda Sulton Sanjar va uning vassali qoraxoniy Maxmud ibn-Arslonshoh qo'shinlari batamom tor-mor etildi. Sanjar qo'shinlaridan o'ttiz ming jangchi halok bo'ldi, uning o'zi Mahmudxon bilan birga Termizga qochdi. Sultonning barcha mulklari, xon qarorgohi, uning xotini Turkon xotun qaraxitoylarga o'lja bo'lib tushdi. Ular Samarqanddan so'ng Buxoroni ham bosib olishdi.

1141 yilgi muhorabaning dovrug'i olis Shom (Suriya) mamlakatiga qadar etib boradi. U erdagi shaharlarni qamal qilayotgan salib yurishi qatnashchilari orasida sharqda Ioann degan ruhoniy chiqqanmish, u musulmon olamining eng buyuk hukmdori Sanjarni er bilan yakson qilgan emish, degan ovozalar tarqaldi.

Qoraxitoylar mahalliy feodallardan o'lpon yig'a boshlashdi. Go'rxonlar Buxoroda qudratli sadrlarni qo'llab quvvatlashar, ularda qoraxoniylarni zaiflashtiradigan kuchni ko'rishar edi. Xorazmshoh Otsiz kuchli qoraxitoy qo'shiniga qarshi kurashishga tayyor emasligini sezib, ularga yiliga o'ttiz ming oltin dinor bilan o'lpon to'lab turish majburiyatini oldi va bu bilan Xorazmni ko'chmanchilar xujumidan saqlab qoldi.

Shunday qilib, Amudaryo va Balxash ko'lidan Kunlun va Beyshan tog'lariga qadar hududni egallagan Qoraxitoylar (Lyao Si-G'arbiy Lyao) davlati vujudga keldi.

XII asr o'rtasi XIII asr boshlarida 18 yoshga to'lgan barcha qoraxitoylar Elyuy urug'idan chiqqan go'rxonlar qo'shinida harbiy xizmatni o'tashgan. Go'rxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb ettirganlar, lekin tobe yurtlarning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vassallardan soliq olish bilan kifoyalangan. Ularning asosiy qismi Talos va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan shug'ullangan. Qoraxitoylarda patriarxal-urug'chilik tuzumi qoldiqlari bilan uyg'unlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor bo'lgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. Qoraxitoylar buddaviy bo'lsada, osmon, er va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan.

1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo'shini Xorazmshohning o'lponini o'z vaqtida to'lamayotganligini bahona qilib Xorazmga yurish boshlaydi. Elarslonning buyrug'i bilan daryo suvining to'g'oni ochdirilib, poytaxt yaqinidagi yo'llar suvga bostiriladi. Bu qoraxitoylar qo'shinining yurishini qiyinlashtirdi va Gurganj talon-tarojdan asrab qolindi.

Takash 1172 yilning dekabrida qoraxitoy malikasi Chen Tiyon (1164-1177) yordamida rasman taxtga o'tiradi, ammo qoraxitoy vakillarining o'zboshimchaligi tufayli o'rtada nizo kelib chiqadi. Takash 1174 yildan qoraxitoylarga o'lpon to'lashni to'xtatadi va bunga javoban qoraxitoylar Xorazmga yurish qiladi, ammo muaffaqiyatsizlikka uchraydi. Takash 1198 yil Xurosonda G'iyosiddin al-G'uriy bilan urushda qoraxitoylar yordamidan foydalanadi. Muhammad Xorazmshoh 1204 yilda qoraxitoylar yordamida Xurosonda Shahobiddin al-G'uriyni mag'lub etadi. Muhammad Xorazmshoh Xurosonni (1206) egallagach qoraxitoylarga qarshi urishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Xorazmshohning sabr kosasini to'ldirgan so'ngi tomchi, qoraxitoy go'rxoni vakillarining Xorazmda Otsiz davridan boshlab, har yili to'lanib kelayotgan navbatdagi o'lponni undirish vaqtida qilgan qo'pol harakatlari bo'ldi. 1209 yili o'lpon yig'ish uchun Gurganjga kelgan go'rxon vakili Tug'chi (Tushi)ning odobsizlik qilib, surbetlarcha Xorazmshoh taxti yoniga kelib, u bilan bir qatorda o'tirishi shohning sabr-toqatini tamom qildi. U “Tug'chining tanasini tilka-pora qilishni, hamrohlarini ham o'ldirib, jasadlarini Jayhunga tashlashni buyurdi”.

Bu voqeadan so'ng Xorazmshoh vaqtni qo'ldan boy bermay, qoraxitoylar asoratidan batamom ozod bo'lishga qaror qiladi va ular ustiga lashkar tortadi. Bu paytda Chingizxon taqibidan qochib (1208) Ettisuvga chekingan naymanlar sardori Kuchluk qoraxitoylarga qattiq zarba beradi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan Muhammad o'z vassali Samarqand hokimi qoraxoniy Usmon bilan birga Ettisuvga yurish boshlaydi. Xorazmshoh bilan qoraxitoylar o'rtasidagi daxshatli jang Talos daryosi vodiysida 1210 yil fevral oyida bo'ldi.

Jangda Xorazm askarlari katta talofat ko'rgan bo'lsada, qoraxitoylar mag'lubiyatga uchraydilar, ularning qo'mondoni Tayangu asir olinadi. Bu g'alabadan so'ng Xorazmshoh Muhammadning “Iskandari soniy” (Ikkinchi Iskandar) laqabini olishi qoraxitoylarning mintaqada tutgan o'rni ancha yuqori bo'lganligidan dalolat beradi.

Bir qancha o'rta asr tarixchilari Xorazmshohning qoraxitoylar davlatini yo'q qilib yuborishini katta xato deb hisoblaydilar, chunki, qoraxitoylar islom mamlakatlari bilan mug'ullar orasidagi to'siq vazifasini o'tar edi. Qoraxitoylar davlatiga xujum qilishga dastlab hatto Chingizxon ham jur'at eta olmagan, faqatgina Qurxon (Go'rxon) ning vafotidan keyin taxtga Kuchluk kelib, o'zining islom diniga qarshi harakatlari bilan musulmonlarning nafratini qo'zg'agach, yaqinda Xitoy safaridan qaytgan Chingiz o'zining nazarini g'arbga qaratishga fursat etganini sezdi. 1218 yilda Chingizxon tomonidan Kuchlukning tor-mor etilishi bilan qoraxitoylar davlati batamom tugatilgan.

Qoraxitoylar keyinchalik turkiy xalqlar tarkibiga xitoy urug'i nomi bilan kirdi. XVI asrda xitoylarning bir qismi Shayboniyxon qo'shini tarkibiga kirgan. XVII asrda xitoylarning katta guruxi qipchoqlar bilan birgalikda xitoy-qipchoqlar qabilaviy ittifoqini tuzgan va O'rta Zarafshon vohasiga ko'chib o'tgan. Bu qabilaviy ittifoq XIX asr o'ralarigacha davlatning siyosiy hayotida muhim rol o'ynagan. Xozir bu atama Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida joy nomlari sifatida saqlanib qolgan. Qirg'iz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida ham qoraxitoy urug'lari bor.

Shunday qilib, Movarounnahrga XII asrning I yarmida kirib kelgan qoraxitoylar musulmon Sharqining eng buyuk davlati bo'lgan Saljuqiylarni tor-mor etib, qariyib bir asr davomida mintaqada etakchilik qildilar. Hatto qudratli Xorazmshohlar ham qoraxitoylarga o'lpon to'lab, ichki va tashqi dushmanlarga qarshi kurashda ulardan yordam so'rab turganlar. Ammo qoraxitoylar hukmronligi davrida o'lkada katta madaniy o'zgarishlar ko'zga tashlanmaydi, chunki ular asosan harbiy sohadagi ishlari bilan tarix sahifalaridan joy olgan.

Shohistaxon O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube