O’zbekiston Xalq Harakati

Zor bo'lar

Zor bo'lar
20 Haziran 2019 - 13:23 'da yuklandi va 358 marta o'qildi.

 

 

ZOR BO'LAR

Yaxshilikda elga o'zin tanitgan –
Olqish olar, darajasi zo'r bo'lar.
Yomon bo'lib, yaxshilikni unutgan –
Izzatin yo'qotar, itdan xor bo'lar.

Mungli bo'lar murodiga etmagan,
Chirkin bo'lar Haq amrini tutmagan,
O'z rizqiga hech qanoat etmagan,
Ko'zin tikar, to'ymas, oshga zor bo'lar.

Har kim yomonlasa, tengi-to'shini,
O'zi mushkul etar oson ishini,
Kim ishlatmas aqli bilan hushini,
Etgan ishin bilmas, sharmisor bo'lar.

Zehni o'tmas bo'lar yoshdan chaqilgan,
Ixtiyorsiz bo'lar qo'li tang'ilgan,
Kurashda yiqilgan, jangda engilgan,
Ichi to'la nomus bilan or bo'lar.

G'ayrati kam bo'lar har qahri ozning,
Hovuri past bo'lar motamda so'zning,
Uyiga borsangiz, bir beniyozning,
Yuragi siqilar, ko'ngli tor bo'lar.

Kim baloni sotib olsa boshina,
O'tin qalar g'animlar otashina,
Er bosh urmas boshqarolmas ishina,
Boshqarolsa, gulba-guldir, er bo'lar.

Hargiz tavba etmas yo'lidan ozgan,
O't yoqsang, qaynamas bir quruq qozon,
Azalda fe'liga shumlik yozilgan,
Yovuz musallatga sazovor bo'lar.

Xazona do'nibdir umrim tar guli,
Nazari past bo'lar, eldan umidli,
Beiqbol, yoziqli, yomon ko'rguli,
Duchor bo'lsa, bir yomonga yor bo'lar.

Yo'lda-izda, ko'rsang har kas g'ulomni,
Undan ayamagin Tangri salomin,
Kim o'qib unutsa Haqning kalomin,
Qiyomat kun ikki ko'zi ko'r bo'lar.

Hali, mushkul bo'lar, kuyib-yonganing,
Ko'ngli shikast topar harom eganning,
Qasddan ro'za, namozini qo'yganning,
O'zi kofir, biling, joyi nor bo'lar.

Maxdumquli, so'zla, har ne bilganing,
O'zingga kam deb, bil, aytmay o'tganing,
Tarashlab, naqshla tilga kelganing,
Sendan so'ngilarga yodigor bo'lar!

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano