O’zbekiston Xalq Harakati

Obidxon qori Nazarov yana ekstremist sifatida talqin qilinmoqdami?

Obidxon qori Nazarov yana ekstremist sifatida talqin qilinmoqdami?
20 Haziran 2019 - 15:16 'da yuklandi va 644 marta o'qildi.

Toshkentdagi jamoat joylarida taniqli ulamo, ayni damda Shvetsiyada istiqomat qilayotgan Obidxon qori Nazarovning qidiruvda ekanligi to'g'risida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ekranlarga chiqarilgan ma'lumotda Obidxon qorining hozir qaerda yashayotganligi ko'rsatilgan va u “Jihodchilar” diniy ekstremizm oqimi rahbari sifatida talqin qilingan.

Obid qori Nazarovning yaqinlari ushbu yangilikdan ajablanganini bildirmoqda. Chunki ularning aytishicha, so'nggi ikki yil ichida taniqli ulamoning Namangan shahridagi ota-onasi uyiga bir guruh mulozimlar bir necha marotaba tashrif buyurgan.

Ular imomning otasi 86 yoshli Sobitxon Nazarovni farzandlari, xususan Obidxon Nazarovning vataniga qaytishga ko'ndirishni iltimos qilishgan.

DXX, IIV, mahalla va musulmonlar idorasidan kelgan hay'at O'zbekistonda avvalgi tazyiqlar to'xtatagani, barcha jabhada islohotlar boshlangani, eski ishlarga barham berilgani va yangi hayotga qadam tashlanganini ta'kidlashgan.

Yaqinlarining Bi-bi-siga aytishicha, kelgan rasmiylar Obidxon qori O'zbekistonga qaytsa unga hech qanday xavf yo'qligiga ishontirishga harakat qilishgan.

Sobitxon Nazarovning Namangandagi uyiga kelgan rasmiylar avvaliga undan farzandlariga O'zbekiston televideniesi orqali murojaat qilishga undashgan.

Shundan so'ng Sobitxon Nazarovga 20 yildan beri berilmayotgan OVIR, ya'ni xorijga chiqish vizasi to'g'rilab berilgan. Unga Shvetsiyaga borib, o'g'lingizni ko'ndirib keling deyishgan.

Obidxon qori otasi Sobitxon Nazarov bilan 20 yil deganda ko'rishdiObidxon qori otasi Sobitxon Nazarov bilan 20 yil deganda ko'rishdi

2018 yilning oktyabr oyida Obid qorining otasi Sotixon Nazarov Shvetsiya keldi. Qariyb 20 yil deganda ota-bola ko'rishdi.

Nazarovning Namangandagi uyiga kelgan mutasaddilar Obidxon qori qidiruvdan olib tashlaganini aytishgan. Bi-bi-siga IIV vazirligi saytidan qidiruvga berilgan shaxslar orasida Obidxon Nazarovning nomi olib tashlangani 2018 yilning iyun oyida ma'lum bo'lgandi.

Obid qori Nazarovning yaqinlari imom O'zbekistonga qaytishi uchun rasmiy bayonot so'rashgan. Bu va'dalar nimaga asoslanib berilayotgani haqida hujjat talab qilishgan. Biroq Sobitxon Nazarovning uyiga kelgan turli idora mutasaddilari Obid qori O'zbekistonga kelsa biror kor hol bo'lmasligi haqida hujjat beramiz, degan va'dalar bilan cheklangan.

Imomning yaqinlari yillar davomida uydirma va yolg'on qurboni bo'lib kelayotgan inson bunday va'dalarga ishonishi qiyin ekanligini aytmoqda.

Bi-bi-si holatga aniqlik kiritish uchun O'zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasiga bir necha marotaba murojaat qildi. Biroq hozircha ushbu so'rovlarimizga javob ololganimiz yo'q.

Nazarovning yaqinlari mamlakat ichkarisida sodir bo'layotgan bir necha ijobiy o'zgarishlarning guvohi bo'lishayotgani haqida ham ko'plab xabarlar va ishoralar kelayotganini e'tirof etisharkan, taniqli imomning surati yana qidiruv ekranlarida paydo bo'lishini xavotir bilan qarshi oldi.

10 iyun' kuni Obidxon qori Nazarovning qaynog'asi Abdurauf Nasritdinov 10 yil qamoqda o'tirganidan so'ng ozodlikka chiqdi.

Biroq 2003 yilning yozida militsiya tomonidan so'roq qilinganidan ko'p o'tmasdan izsiz yo'qolgan imomning o'g'li Husniddin Nazarovning taqdiri borasida hukumat idoralari sukut saqlamoqda.

2012 yil fevralida o'q egan imomning sog'lig'i tiklanayotgani aytilmoqda
2012 yil fevralida otib ketilgan imomning sog'lig'i tiklanayotgani aytilmoqda

Obidxon qori Nazarov 1996 yilda diniy idora siyosati bilan kelishmagani uchun imomlikdan chetlatilgan. Ikki yillik ta'qiblardan so'ng hibsga olinish tahdidi ostida O'zbekistonni tark etgan.

2006 yilda Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan.

2012 yilning fevral oyida O'zbekiston va Rossiya fuqarosi Yuriy Jukovskiy Shvetsiyada yashayotgan Obidxon Nazarovga bir necha marotaba o'q uzgan. Jarrohlik amaliyoti natijasida Nazarov tirik qolgan.

Jukovskiy mahkama qarori bilan bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Og'ir jarohat olgan taniqlik imom bir qancha vaqt komada qolgan. Ayni damda uning sog'lig'i tiklanib borayotgani aytilmoqda. U yaqinlari bilan muloqotga kirishgan. Yaqinlari tez orada Obidxon Nazarov jamoatchilikka ko'rinish berish niyati borligini ma'lum qildi.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ulugbek ;

    Bu tuzok. Kelish kerakmas. Muxammad Sodik xam kelmasligi kerak edi. Mana uni uldirib yuborishdi.

    20/06/2019 18:25
  • xakikat ;

    kanaka terroristlar raxbari ,xakikiy terrorist Islom Karimovku,Obid koriga suykast kilib xatto
    otib ketishdiku,nimaga shu tugrisida Uzbekiston snbsi yoki melisasi gapirmaydi,xatto prezident xam gapirmayapdi,Abduvali kori kaerdaligini
    xaligacha aytishmayapdi,kim xakikiy terroristligini odamlar biladi

    20/06/2019 18:11
xxx video gratis porno italiano