O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Yuzsiz odamlar

Yuzsiz odamlar
21 Haziran 2019 - 11:50 'da yuklandi va 935 marta o'qildi.

YuZSIZ ODAMLAR

Qulmurod Kimsanov tuman statistika bo'limida oddiy mutaxassis edi. U har doim bo'lim boshlig'i tanbehlarini eshitib, ishni ham o'lda jo'lda ado etardi. Bu tebsa tebranmas odamning boridan yo'g'i dedimi, ishqilib keyingi paytlarda boshliq unga ish buyurmaydigan bo'ldi.

Shunday kunlarning birida viloyat rahbari tumanga tashrif buyurdi.Tuman iqtisodiga oid ma'lumotlarni bo'limdan talab qildi. O'chakishganday shu kuni bo'lim rahbari ish joyida emasdi. Bu vazifani bajarish Qulmurod Kimsanov zimmasiga tushdi. U ikkilanib o'tirmay, ma'lumotnomani bor holicha rahbarga uzatdi. Viloyat rahbari qog'ozga uzoq ko'z yugurtirib chiqqanidan so'ng tuman hokimini yoniga chaqirib, ayrim yolg'on hisobotlar uchun uni izza qildi. Ketar chog'ida qulvachchaday ta'zim bajo keltirib turgan Qulmurodni o'ziga imladi:

— To'g'rilik insonning ziynati — dedi uning elkasiga qoqib. — Mana shunday keting, aslo kam bo'lmaysiz…

Katta rahbar ketdi-yu, boyaqish Qulmurodning boshi kaltakdan chiqmay qoldi. Tuman hokimi «aybni ochib qo'ygani» uchun uni nari olib borib, beri olib keldi. Oxiri chiday olmay baqirdi:

— Yo'qol ko'zimdan!

Boyaqish Qulmurod ikki-uch kun boshini ko'rpaga o'rab yotdi. Ammo birorta hamkasbi uni yo'qlab kelmadi. Shunda elkasiga shapatilab, dalda bergan viloyat rahbari esiga tushdi-yu, tipirchilab qoldi. U bilan uchrashish ishtiyoqiga tushdi. Hokimning qabuliga kirish uchun uzoq navbat kutdi. Hokim uni darhol tanidi. Qulmurod tuman hokimi bilan bo'lib o'tgan mojaroni ipidan ignasigacha qoldirmay so'zlab berdi.

— To'g'ri gapning to'qmog'i boshimga tushdi, — dedi ko'zlariga yosh olib. Hokim qovog'ini solib, biroz o'ylangach:

— Men sizni tushundim. Xotirjam bo'ling, bu yog'ini o'zim hal qilaman, — dedi.

Oradan uch-to'rt kun o'tib, Qulmurod Kimsanov viloyat qishloq xo'jalik boshqarmasiga rahbar bo'ldi…

U o'ziga mana shunday martabani in'om etgan hokimni o'ziga pir sanadi. Uning og'zidan chiqqan so'z uchun jon fido qilishga qasamyod ayladi. Ko'rimsizgina, ammo yopishgan joyini o'yib oladigan bunday odamni o'z yaqiniga olgan rahbar “Odam tanlashda adashmabman” deya xursand bo'ldi. U majlislarda Qulmurodning nomini alohida hurmat bilan tilga olardi. Qulmurod rahbarning gapidan tamoman o'zini yo'qotib, zalda o'tirganlarga viqor bilan ko'z qirini tashlar, «Bilib qo'ylaring, men shunaqa odamman!» deganday bo'lardi.

— Yo tavba! Kattaning ko'ngli shu pandavaqiga tushdi-ya! — deya taajjublanardi ko'pchilik.

Uzundan uzoq cho'zilgan yig'ilishlardagi dilxiraliklardan yurak oldirib qo'yganlar «Qachon tugarkin-a!» deb turgan vaqtlarda Qulmurod Kimsanov minbarga ko'tarilib, rahbarning qilayotgan jonbozliklari haqida og'iz ko'pirtirishni odat qilgandi. Bu ko'pchilikning e'tirozini qo'zg'ar, ensasini qotirar, odamlar besaranjom bo'layotganini ko'rgan rahbar qo'lidagi qalamni grafin chetiga urib, ularni tartibga chaqirardi.

Keyingi yili Qulmurod Kimsanov rahbarga maslahatchi bo'lib oldi. Endi uning yurish-turishi butkul o'zgardi. U xizmat mashinasidan tusha solib kostyumini tirsagiga iladigan, pal'tosini ham elkaga elvagay tashlaydigan odat chiqardi. Chunki bosh rahbar shunday qiladi-da! Gapirayotganida o'qtin-o'qtin bosh silkitib qo'yishni ham undan o'rgandi.

Shunday qilib, chekka bir tumandagi ish joyida rahbarlaridan dakki eshitib yurgan bir taviya arbobga aylandi-qoldi. Uning rejalari bisyor edi, biroq ularni amalga oshirishga ulgurmadi. Uning “pir”i boshqa viloyatga ishga tayinlandi. “Ana endi Qulmurodning burnini erga ishqaymiz”, dedi ko'pchilik. Buni eshitib, Qulmurodga bir qadar achindim ham.

Aytishlariga qaraganda, yangi rahbar ancha qattiqqo'l, talabchan odam ekan. Ishga tayinlangan kuni hammamiz bilan birma-bir ko'rishdi. Katta zalda yangi hokimga xodimlarni tanishtirib borayotgan odamning tovushi qulog'imga chalinganda, hayratdan og'zim ochilib qoldi. Axir bu Qulmurod-ku! Ha-ha, bu o'sha – elpatak Qulmurod! O'girilib qararkanman, hushim boshimdan uchay dedi. Negadir uning yuzi ko'rinmasdi. Yo alhazar! Yuz o'rni tep-tekis! O'ngimmi-tushimmi?! Yoki tobim qochib, alahsirayapmanmi?..

Gandiraklab ketganimni ko'rgan hamrohim meni suyab, chetroqqa etakladi.

— Menam hayron qoldim, — dedi rangi oppoq oqarib. — Alahsirayapmanmi, deb o'ylovdim. Qarang-a, bo'y-basti, ovozi aynan Qulmurodniki. Ammo…

Sherigim o'zini xotirjam ko'rsatishga urinib, kulimsiramoqchi bo'lgan edi, jag'i bir tomonga qiyshayib ketdi.

— Axir uning yuzi yo'q-ku!

— Balki bordir… Ko'zimizga shunaqa ko'ringandir…

— Yo'g'-e, bo'lishi mumkinmas. Ana, boshqalarni binoyidek ko'ryapmiz-ku, — dedim hokimni o'rab turganlarga ishora qilib. Sherigim o'sha tomonga qaradi-yu, yuzi taajjubdanmi, hayratdanmi, battar qiyshayib ketdi. Uning ahvolini ko'rib, yuragim shuvilladi. Sekingina o'girilib qararkanman, “Yo alhazar!” deb yubordim. Yangi hokimning atrofini o'rab olganlarning ham yuzi yo'q — yuz o'rni tep-tekis edi! Ular biri olib, biri qo'yib yangi rahbar sha'niga maqtovlar yog'dirishar, qo'llarini ko'ksilariga qo'yib yaltoqlanishar, ovozlari qaerdan chiqayotganini anglab bo'lmasdi…

* * *

Bu voqea qaysi viloyatda bo'lib o'tganini yozmadim. Sur-suru, savol-javoblarga toqatim qolmagan. Qolaversa, yuzsiz odamlarni o'zingiz ham ko'rib yurgandirsiz, birodari aziz?

Sotvoldi Rajabov

Manba: mspressa.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube