O’zbekiston Xalq Harakati

Monopollar ham yig'laydi

Monopollar ham yig'laydi
21 Haziran 2019 - 15:25 'da yuklandi va 691 marta o'qildi.

MONOPOLLAR HAM YIG'LAYDI

Yoshligimizda kattalar orasidagi eng mashxur serial bor edi – “Boylar ham yig'laydi” o'shanda xayron bo'lardim, boylar ham yig'laydimikan, hech bir g'ami bo'lmasa ularni, nega yig'laydi, deb. Taassufki shu fikrim katta bo'lganimda ham boshqa shaklda saqlanib qolgan ekan: men hozirda shu kungacha Monopollar yig'lamaydi deb o'ylar ekanman, bu fikrimda avvalgisidan asosim ko'proq edi, sen ishlab chiqargan maxsuloting qanchalar qimmat, qanchalar sifatsiz, qanchalar brak bo'lsa ham odamlar sening maxsulotingni sen aytgan narxga olib seni boyitaversa nega ko'zlaringda yosh bo'lishi kerak qadrdonimiz MOnopoL?!

Qarangki men kuni kecha monopollar yig'isiga guvoh bo'ldim, gap shundaki maktablarga majburiy forma shu yildan joriy etilishi munosabati bilan kimo'zarga butun O'zbekistonni forma bilin ta'minlayman deb ushbu xuquqni olib olgan tadbirkorlar Xalq ta'limi vazirligiga borishibdi, endi biz nima qilamiz, deya.

Bir tomondan ularni ham tushunsa bo'ladi, sentyabrgacha katta hajmdagi formani chiqarishga kelishilgan bo'lishi, unga balki kreditlir olingan, ishchilar ko'paytirilgan, balki ishlab chiqarish boshlangan bo'lishi mumkin… Endi qaror o'zgarib butun O'zbekistonga bir vaqtda sifatli (!) forma bilan ta'minlashga katta tayyorgarlik ko'rish zarurligi, formadan dolzarb narsa ta'lim sifati ekanligi va boshqa sabablarga ko'ra bu yildan boshqaroq yilga surildi majburlash – formalash. Shu ish Gavayi orollari hayollarini chippakka chiqarib Vazirlik idorasiga boshlaganiga majbur qilganini tasavvur qilish qiyinmas kimlarnidir.

Men qon qonim bilan monopollarga qarshiman, bizda har qadamdagi monopollar o'zlariga nisbatan xalqning nafratini uyg'otishga erishib bo'lishdi, avvallari har ikki – chet el va O'zbek brendi teng raqobatda bozorda turgan vaqtda men o'zimizning tovarimizni olar edim, o'zbek brendini qo'llab quvvatlash maqsadida, o'ylar edimki men berayotgan pul o'sha korxonaning ishchisiga oylik bo'lib boradi, derdim. Lekin lobbistlarning keyingi yillardagi o'yinlaridan shu qadar jahlim chiqmoqdaki, endi bozorda o'zimizniki va otni kallasidek bojlardan o'tib kirib kelgan chetniki turganda o'sha chetnikini olayapman, monopollarga qarshi mening urushim shu, endi negadir o'zimiznikini olmoqchi bo'lsam ko'z oldimda haligi ishchi emas, atay o'ziniki uchun qaror chiqargizvolgan, menga qarab kinoya bilan tirjayib turgandey bo'luvchi allaqaysi monopollar kelaveradi, kechirasiz men xaqiqiy vatanparvarman, lekin bu ishimning vatanga aloqasi yo'q, bu men va meni “kiydirayotgan” monopol ikkimiz oramizdagi to'qnashuv.

Chalg'idim… troll.uz kanalidagi postni ko'rib ko'zimga yosh kelgandi, bir xil forma bizda 160-240 ming so'mgacha, xuddi o'sha narsa Xitoyda 36 ming so'm…? 😢

Bizning aybimiz nima, aziz monopollar, qadrdon monopollar, tanish monopolistlar?

Hafa bo'lmanglar bu yil ishlaring sal o'xshamay qoldi, bu yil ko'zlaringda yosh, lekin bunga men sizlarga zarracha achinmayman, yuzga aytganni zahri yo'qda, chunki sizlar bo'lmaganlaringda sizlarnikidan arzoni va sifatlisini xalq tanlab olaverardi!

Aytgancha sizlar hali xafa bo'lmay tursalaring bo'ladi, vazirlik haliyam bo'lsa bu yilgi formani sizlarnikidan sotib olishga ta'kidlabdi-ku:

…ota-onalarga joylarda “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan belgilangan tadbirkorlar mahsulotlarini xarid qilish bo'yicha barcha mutasaddi rahbarlarga ko'rsatma berilishi ta'kidlandi (c)

Xullas o'rtoqlar, monopollar ham ba'zi ba'zida yig'lab turadi – lekin ming afsuski sizu bizdan kam yig'laydi…

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano