O’zbekiston Xalq Harakati

Elni ko'zlar

Elni ko'zlar
22 Haziran 2019 - 12:42 'da yuklandi va 314 marta o'qildi.

 

 

ELNI KO'ZLAR

Yurtidan ayro tushgan –
Oh urar, elni ko'zlar.
Yo'lidan ayro tushgan –
Jahd etib yo'lni ko'zlar.

Ko'kda falak gardondir,
Xalq erda sargardondir,
Na savdoli jahondir,
Ko'z ochgan molni ko'zlar.

Kimlarda oltin tojdir,
Kim chaqaga muhtojdir,
Kimlar yupun qallojdir,
Kim ipak, g'ol(n)i ko'zlar.

Kim non topmas emoqqa,
Kim joy topmas turmoqqa,
Kim don topmas sotmoqqa,
Kim eski sholni ko'zlar.

Bu jahon bir pushtadir,
Kim tirik, kim murdadir,
Har banda bir ishdadir,
Har kim bir holni ko'zlar.

Hangomlar ko'p, umr oz,
So'nggi qishdir, boshi yoz,
Ko'kda qanot yoygan g'oz –
Ko'zlari ko'lni ko'zlar.

Maxdumquli xush aylab,
Kezgin, diydang yosh aylab,
Dali ko'ngling jo'sh aylab,
Yuz ming xayolni ko'zlar.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano