O’zbekiston Xalq Harakati

Temirdan go'zallik chiqargan Xorazmlik yigit

Temirdan go'zallik chiqargan Xorazmlik yigit
22 Haziran 2019 - 12:55 'da yuklandi va 560 marta o'qildi.

Urganch tumanida istiqomat qiluvchi Jasurbek Yaqubovning tishlari temirchilik ustaxonasida chiqqan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. U kichkinaligidanoq bobosi Rayimbergan ota va otasi Maqsud akalarning temirga ishlov berib, undan turli buyumlar yasash jarayonini ko'rib hayratga tushardi.

Bolaligidan sal bo'sh qolishi bilan otasining ustaxonasiga borib otasidan temirchilik hunarining sir asrorlarini o'rganishga harakat qildi. U faqat otasidan o'rganganlariga qanoat qilib qolmasdan o'z ustida doimo ishlab, izlanib har bir yasagan buyumini haqiqiy san'at asari darajasiga etkazib, mijozlarning ko'zini quvontirishga bor mahoratini ishga soladi.

U doimo o'zining shaxsiy ustaxonasi bo'lishi, ustaxonasida eng so'ngi rusumdagi jihozlar bo'lishini orzu qilardi. O'tgan yili uch aka uka “Rayimboy temirchi usta” oilaviy korxonasini tashkil qilib, yoshlar ittifoqiga “yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasi imtiyozli kredit so'rab murojaat qilgan edi. oradan sal o'tmay ijobiy javob oldi….Bugungi kunda ushbu ustaxonada 8 nafar kishi doimiy ish bilan ta'minlangan, bundan tashqari 10 ortiq shogirdlar temirchilik hunarini sir asrorlarini o'rganib kelmoqdalar.

-Ochig'i, imtiyozli kredit so'rab yoshlar ittifoqiga borganimda ishimni bitishiga unchalik ishonganim yo'q edi! Biroq tuman kengashi raisi O'tkir og'a va jamg'arma raisi San'at og'alar meni maqsadim bilan tanishgan ustaxonamizga kelib qilayotgan ishlarim bilan tanishishdi va barcha kerakli hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko'rsatishdi. Ularning amaliy yordami Prezidentimizning sharofati va biz yoshlarga berayotgan imtiyozlari va e'tibori tufayli biz faoliyatimiz ancha kengaytirdik, yangi ish o'rinlari yaratdik.

 

Hozirgi kunda 50 dan ortiq turli temirdan yasalgan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda avtomobillarni kuzovini ta'mirlash ustaxonasini ham tashkil qildik. Yil oxiriga qadar MDF eshiklar ishlab chiqqarishni ham yo'lga qo'ymoqchimiz. Bu esa kamida yana 6 nafar tengdoshlarimni doimiy ish bilan ta'minlash degani!

Qo'lingda yaxshi hunaring bo'lsa, doimo o'z malakangni oshirib borsang, mijozlar soni ko'payib boraveradi. Mijozlarning ko'payishi esa daromadning oshishishiga olib keladi.

Demak hammasi o'z qo'limizda!

Davlat Nazar
Urganch

 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • ozod ;

    xali dolya urishmabdi shekilli,yana bir yilcha ishlaydi keyin sindirishadi yoki xokim boboga dolyani tashasa ishlari yurishib ketadi

    22/06/2019 13:55
xxx video gratis porno italiano