O’zbekiston Xalq Harakati

Adabiy til masalasi

Adabiy til masalasi
22 Haziran 2019 - 12:58 'da yuklandi va 474 marta o'qildi.

“Tilimizdan votti-votti
Asta-sekin yo'qolvotti…”
Erkin Vohidov.

Men Toshkent shevasi yoki boshqa bironta shevaga qarshimasman. Hamma shevalarni yaxshi ko'raman. Ayniqsa, Namangan shevasini)

Adabiy til, bilamizki, bu – alohida til deganimas. Balki har qanday tilning adabiy ko'rinishi.

Adabiy til bilan adabiyot tili ham bitta narsa emas. Qisman shevada yozilgan asarlarga, masalan, Tog'ay Murodning qissa va romanlari yaxshi misol bo'la oladi. Men uning “Ot kishnagan oqshom” qissasini birinchi marta o'qiganimda, shevadagi ko'p so'zlarni tushunishga qiynalganman. Ammo so'zlarning ohangidan, shevaning musiqasidan maza qilganman. Hali ham maza qilib o'qiyman. Yaqinda audio variantini ham tingladim.

Adabiy til, bu – tilning normaga solingan ko'rinishi. O'zbek adabiy tili normalari o'tgan asrning 30-yillarida ishlab chiqilgan. Mukammal emas.Tilning butun boyligini aks ettirmaydi, ayniqsa, shevalardan ko'p narsa yo'qotilgan. Bu normalarning ustida hali ishlash mumkin.

Ammo adabiy til mukammal bo'lishi kerak, degan qoida ham yo'q.

Masalan, inglizlarda “adabiy” o'rniga “standart til” iborasi ishlatiladi. Iddaosiz, hayotiy, real talablardan kelib chiqqan va tilning rivojlanishiga to'sqinlik qilmaydigan ta'rif bu.

Tilni HAYoTning o'zi tartibga soladi. Shevani asosan, maishiy hayotda qo'llaymiz, chunki shevada siyosiy, ilmiy, texnik istilohlar yo'q. Bu mavzularda gapira boshlagan odam o'z-o'zidan adabiy tilga murojaat qilishga majbur. Yoki aksincha, muloqot saviyasiga qarab, shevaga o'tib ketish ham mumkin.

Ammo tilni tartibga solishi uchun avval HAYoTning o'zi, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayot tartibga tushishi kerak.

Yoki jamiyatda NIZOM paydo bo'lishi zarur.

Turk shoiri Najib Fozil qiziq kuzatishni yozgan.

Tarixan xalqlarning tili va adabiyotiga nazar tashlansa, yuksak adabiyot tartib va qonunlar o'rnatilgan davlatlarda, asosan, imperiyalarda yaratilgan.

Bizning tariximizdan Temuriylar davri bunga misol bo'ladi, deb o'ylayman. Undan keyingi xonliklar davrida Navoiy yoki Bobur darajasidagi shoir, arbob chiqmagan.

Hozir ham hamma o'zi bilgancha yozadi va gapiradi, chunki o'tish davri, tarqoqlik va parishonlik, hali hozir NIZOM paydo bo'lganicha yo'q.

Birinchi navbatda, kallalarda.

Xullas, adabiy til masalasi biz o'ylaganchalik oddiy emas.

Til normalarining qo'llanishi o'qimishlilik darajasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Sovet davrida bu daraja bir pog'ona balandroq edi. Hozir esa “savod gullaganskiy” davri.

Qachondir shu saviyaga yoki undan balandroq ko'tarilsak, yana adabiy tilda ko'proq gapira boshlasak kerak.

Ammo albatta, adabiy til qoidalarini hech kim bekor qilgan emas. Turli shevalarda gapiradigan aholini bitta xalqqa birlashtirib turish uchun ham adabiy tilga ehtiyojimiz bor.

Pahlavon Sodiq

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ulugbek ;

    Afsuski raxbarlarimizning deyarli barchasi, xususan xozirgi va avvalgi prezident xam, adabiy til chetda tursin, umuman gapirishni bilmaydi!?! Gapi poyma-poy! Nutk degan narsani uzi yuk. Lekin Rustam Azimovni juda kup tinglaganman, juda zor arator. Nutki xam ravon. Raxbar degan shunaka bulishi kerak.

    22/06/2019 17:24
xxx video gratis porno italiano