O’zbekiston Xalq Harakati

Rus uchoqlari Gurjistonga uchmaydi

Rus uchoqlari Gurjistonga uchmaydi
22 Haziran 2019 - 19:22 'da yuklandi va 376 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 iyuldan e'tiboran aviakompaniyalarga Rossiyadan Gurjistonga yo'lovchi tashishni taqiqlovchi farmonni imzolagan.

Farmonda shuningdek, Gurjistondagi barcha rossiyaliklarni vatanlariga qaytarish nazarda tutilgan.

“Aeroflot” Tbilisiga parvozlarni to'xtatayotganini e'lon qilgan.

Farmonda shuningdek, Gurjistondagi barcha rossiyaliklarni yuklari bilan birgalikda vatanlariga qaytarish nazarda tutilgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Gurjistondagi vaziyat barqarorlashganidan so'nggina parvozlar qayta tiklanishi mumkin.

“Gurjistondagi vaziyat normallashishi va bizning vatandoshlarimizga barcha tahdidlar yo'qolishi kerak”, – deb aytgan Peskov RBK nashriga.

Rossiyadagi sayyohlik shirkatlari bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda Rossiyada 5-7 ming orasida tashkillashtirilgan sayyohlar bor, o'zi safar qilganlar soni bundan ikki-uch barobar ko'p bo'lishi mumikn.

Rossiya xavo shirkatlari Gurjistonga chipta sotishni to'xtatgani va chiptalar egalariga mablag'lari qaytalishini e'lon qilgan.

Gurjistondagi namoyishlar

Gurjiston

Gurjistonda ommaviy namoyishlar uchinchi kun davom etmoqda.

Namoyishlarga sabab Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning mamlakat parlamenti raisi o'tiradigan minbarga ko'tarilib, ruscha nutq irod qilgani bo'lgan.

Jumaga o'tar kechasi politsiya Tbilisi markazidagi namoyishchilarni tarqatish uchun ko'zdan yosh sizdiruvchi gaz, rezina o'qlar va suv sepuvchi mashinalarni ishlatgan.

Hukumat a'zolarining iste'fosini talab qilgan namoyishchilar parlament binosini egallashga harakat qilganlar.

Gurjiston sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, to'qnashuvlarda 240 kishi jabrlangan.

Ulardan 80 nafari politsiya xodimlaridir.

Gurjiston IIVsiga ko'ra, 305 nafar namoyishchi hibsga olingan.

21 iyun' kuni Gurjiston parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze iste'fo bergan.

Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili Tbilisi markazidagi tartibsizliklarni “fojia” deb atagan va barcha siyosiy kuchlarni birdamlikka chaqirgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano