O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbek qamoqxonalaridan qozoq birodarlarimiz qachon ozodlikka chiqariladi

O'zbek qamoqxonalaridan qozoq birodarlarimiz qachon ozodlikka chiqariladi
23 Haziran 2019 - 12:04 'da yuklandi va 551 marta o'qildi.

Yuldashev akan, 1985 yili Qozog'iston respublikasining, Chimkent viloyatida tug'ilgan. Millati qozoq. Muqaddam sudlanmagan. Ma'lumoti oliy. Uylanmagan….

Yuldashev akan 2010 yilning yoz faslida qozoq va o'zbek chegaralaridan biri bo'lmish, G'isht ko'prik posti orqali o'tayotgan vaqtda, O'zbekiston respublikasining MXX xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

Akan Yuldashev shunday deydi, “Men O'zbekistonda yashayotgan yaqin qarindoshlarim oldidan qaytib kelayotgan vaqtimda, G'isht ko'prik bog'xona posti xodimlari yon kissam va barcha kiyim-boshlarimni tekshirdilar. Tekshirish davomida mening yonimdan “hizbut tahrir” diniy oqimiga mansub bo'lgan bir dona varaqa chiqdi. Bu varaqani men Qozog'iston respublikasida taqiqlanmaganligini bilar edim. U erda, hizbut tahrir varaqqasi bilan bemalol yurish mumkin. Biroq, O'zbekiston respublikasida bunday diniy varaqalar bilan yurish ta'qiqlangan ekan. Ya'ni, diniy varaqa bilan qo'lga olingan insonlar jinoyatchi deb qamoqqa olinar ekan va 159-modda bilan ayiblanib, uzoq muddatlarga qamalar ekan.

Men O'zbekiston respublikasida diniy va siyosiy qarashlari bilan qamalgan insonlarni hech bilmas edim. Qamoqqa tushganimdan keyin ko'zim ochildi. Men O'zbekiston respublikasi JKning 159, 244 va boshqa moddalari bilan ayiblanib 15 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilganman

Men bilan birga yurtdoshlarimdan 2 tasi ham shu moddalar bilan ayiblanib uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

O'zbekiston respublikasi MXXining xodimlari turadigan binoni mahkumlar “guantanama” der ekan. Haqiqatdan ham “guantanama” desa bo'lar ekan. U erdagi qiynoqlar va azob-uqubatlarni hozir esalasam, yuragim orqaga tortib ketadi.

Shunday qilib, 6 oy qiynoq va azob-uquqbatlardan so'ng O'zbekiston respublikasining “jazoni ijro etish bosh bosharmasi”ga qarashli bo'lgan Nnavoiy viloyati UYa-64/47 muassasiga kelib tushdim. Bu erda ham, “diniy va o'zga fikrilovchi mahkum”larga nisbatan yomon munosabatda bo'lishdi. Kelgan kunim menga yaqindan turub yordam ko'rsatgan yurtdoshim, O'zbekiston respublikasi JKning 97-moddasi bilan qamalgan, Umedillo bor ekan. Xudoga shukur! U meni ko'p tomonlama qo'llab-quvvatladi. U bo'lmasa edi, men o'lib ketishim aniq edi.

Meni 1200 daraea issiqlikda pishgan g'isht zavodida ishlashga majbur qilishdi. Bu ishda 7 yil davomida kunduz va kechasi bilan ishlardim. Asosan bu ishlarda diniy va siyosiy qarashlari uchun qamalgan mahkumlar ishlatilar edi. Ishimiz juda ham og'ir. Kunida 50-60 ta og'ir yuk mashinalariga qizib turgan, yangi pechkalardan uzub olingan, qipp-qizil pishgan g'ishtlarni mashinalarga yuklardik.

Ba'zi birodarlarimiz ishning og'irligiga chidolmasligidan, 1200-1500 daraja atrofida qizib turgan pechkalarga o'zlarini otib yuborishdi. O'z jonlariga qasd qilganlari ko'p bo'ldi va bevosita o'shalarni qanday pechkalarda yonib kul bo'lganlarini o'z ko'zim bilan ko'rdim.

Asosan, muassasa xodimlari tomonidan «diniy va siyosiy qarashlari uchun» qamalgan mahkumlarga nisbatan, bosimlar bo'lar edi. Ularni SIZOga olib borib rosa dubinkalar bilan do'pposlashar edi. Mahkumlar bu qiynoqlarga chidolmaganidan keyin o'z jonlariga qasd qilib, muassasaga qarashli bo'lgan g'isht zavodining katta-katta “vyshka”kalarga chiqib, o'zlarini pastga tashlar edi, zonaning cherdaklariga chiqib o'zlarini osganlar ham bo'ldi.

Ko'p mahkumlar namoz o'qiganiliklari uchun orqasiga dubinka tiqib o'ldirib yuborishganini bevosita guvohi bo'ldim.

Shunday qilib, men navoiy viloyati UYa-64/47 muassasasida olib borilgan “siyosat”ga chap berib, o'zimni “ugolovnik” qilib ko'rsatish maqsadida “johilikka qarshi-ma'rifat yo'li bilan kurashish” maqsadida o'z jonimni bu azoblardan saqlab qolaoldim. O'sha vaqtda men shunday yo'l tutmaganimda edi men ham “qaytmaganlar” ro'yhatida turganimda bormi-di, Navoiy viloyati qamoqxonasiga qarashli bo'lgan qabristonda jasadim qolib ketarmi-di?

O'zbekiston qamoqxonalarida o'tirib, siyosiy va diniy bilimim ancha oshdi. Endi men varaqa nima ekanligini tushunib etdim. Buni qarangki O'zbekiston respublikasida 27 yil davomida rahbarlik qilgan Islom Karimov o'limidan keyin bizlarning ko'ksimizga ham shamol tegadigan bo'lib qoldi. 2018 yilning may oyida mahkum Yuldashev Akan Navoiy viloyati jazoni o'tash bosh boshqarmasidan qolgan jazo muddatini o'tash uchun engil kollonaga o'tkazildi.

Hozirgi kunda u Jizzah viloyati UYa-64/82 muassasasida jazoni o'tab kelmoqda. Ammo, kuni kecha, O'zbekiston respublikasining prezidenti Sh. M. Mirziyoev “muborak ramazon Hayitini nishonlash munosabati bilan 575 mahkumni afv etish to'g'risi”da qarorga imzo chekkan edi. Bular ichida qozoq millatiga mansub fuqarolar mutlaqo yo'q. Prezident qaroriga ko'ra ozod qilingan 575 ta mahkumning ichida faqatgina 1 ta chet el fuqarosi bor edi xalos.

Shu o'rinda savol tug'iladi. O'zbek qamoqxonalaridan qozoq mazlumlari qachon ozodlikka chiqariladi?

FAXRIDDIN TILLAEV

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano