O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'g'uzxon tarixi

O'g'uzxon tarixi
23 Haziran 2019 - 12:17 'da yuklandi va 605 marta o'qildi.

O'G'UZXON TARIXI

Ushbu asarning yozilishidan maqsad koinotdagi milliardlab planetalar ichidagi bor-yo'g'i bitta – Er planetasidagi barcha tarixchi va tilshunoslarni dunyo tarixiga boshqacha nazar bilan qarashga chorlashdir, xolos.
Muallif

Anvar Shukurov

* * *

I Bob
O'g'uzxon qachon yashagan?

«O'g'uzxonning zamonidin Chingizxon zamonig'acha Tin va Atil va Yoyiq, bu uch suvning yoqasinda qipchoqdin o'zga el yo'q erdi. To'rt ming yilg'acha ul erlarda o'lturdilar. Aning uchun ul erlarni Dashti Qipchoq derlar (Abulg'oziy “Shajarai turk” T.-1994 yil “Cho'lpon” nashriyoti 22-bet)”.
Agar Abulg'oziy Bahodirxonning o'zi 1603-1663. yillarda yashaganini e'tiborga olsak, yana to'rt yuz yil qo'shamiz, demak O'g'uzxon 4800 yil avval yashagan!
Abulg'oziy bu muddatni qanday hisobladi? – degan savol kelib chiqishi tabiiy.
Yurtimiz olimlari, xususan Abu Rayhon Beruniy va uning shogirdlari hisobiga ko'ra, Nuh alayhissalom davridagi to'fon, hijrat (eramizning 622 yili)gacha 3725 yil deb olingan (M.Ulug'bek “To'rt ulus tarixi” T.-1994 yil “Cho'lpon” nashriyoti 30-bet).
Abulg'oziy hijratning minginchi yili va undan keyin yashagan. Ya'ni, Beruniy hisobiga 1000 yilni qo'shsak, 1622 yilda to'fon bo'lganiga 4725 yil to'ladi. Chingizxon Abulg'oziydan 400 yil avval yashagan. Demak, Abulg'oziy 300 yilni Nuh alayhissalomdan O'g'uzxongacha bo'lgan davrga ajratadi. Bular 1.Yofas; 2.Turk; 3.To'tak; 4.Ablachaxon; 5. Dibboqo'yxon; 6.Kuyukxon; 7.Alanchaxon; 8.Mo'g'ulxon; 9. Qoraxon; 10.O'g'uzxon.
Har bir ota-bola oralig'i 30 yil ekanligini inobatga olsak, yil hisobi haqiqatga juda yaqin aytilmoqda. Bundan tashqari Abulg'oziy O'g'uzxon bilan Chingizxon o'rtasidagi 450 yildagi otalarning ismini bilmaganligini aytadi (Abulg'oziy “Shajarai turk” T.-1994 yil “Cho'lpon” nashriyoti 22-bet)”. Abulg'ozi o'z asarida shunday deganini yaxshilab tahlil qilinsa, u 450 yil emas bundan deyarli 6 baravar – 2800 yillik muddatga adashayotganini ko'ramiz.
Abulg'oziyning fikrlarini o'rganishda davom etamiz. Shu borada, Abulg'ozidagi otalar sanog'i M.Ulug'bek sanog'idan farq qilishini kuzatish mumkin. Abulg'ozida O'g'uzxon 10-ota bo'lib hisoblanadi.
Mirzo Ulug'bekda esa O'g'uzxon 9-ota hisoblanadi: 1. Yofas; 2. Turk; 3. Abulchaxon; 4. Dibadqo'yxon; 5. Kuyukxon; 6. Almujannaxon; 7. Mo'g'ul; 8. Qoraxon; 9. O'g'uzxon.
Ya'ni, M.Ulug'bekda Turkning o'g'li To'tak yo'q. M.Ulug'bek Abulg'oziydan ikki asr oldin yashagan bo'lsa-da, uni bilmasligi qiziq.
Bu chalkashlikni faqatgina bitta fikr bilan tushuntirish mumkin. Tarixni nafaqat sovetlar, balki M.Ulug'bekdan oldin va keyin yashagan chingiziylar foydasi uchun soxtalashtirilgan ekan.
Qadimda arablarda shunday ibora bo'lgan: «Tarixni turkiylar yaratadi, forsiylar unga afsonalar to'qiydi, arablar esa (bu afsonalarni) eshitishni xush ko'radi».
Hozirgi Mo'g'uliston aholisi ham Mongol so'zi qanday paydo bo'lganligini bilmaydi. Ular o'zlarini mongol emas «Xalxa» deyishlari shundan.
Turkiylarning qadimgi asari bo'lmish, hozirgi kunda Avesto nomi bilan mashhur asari, aslida Ayg'istay – O'g'uznoma bo'lgan, uni forsiylar keyinchalik ko'chirgan paytlarida Avesto bo'lib ketgan.
Bu erdagi Ay, arablar aytadigan Yofas so'zidagi «Yo», yahudiylar Iafet deydigan so'zdagi «Ia»ning turkiydagi nomidir. Misol uchun aslan turkiy bo'lgan Ibrohim payg'ambarning ismi yahudiylarda «Avram» deyiladi. Uning turkiydagi ismi Ayram bo'ladi. Ay bu erda Ota, odam ma'nosini beradi. Turkiylarning qadimgi dostonlaridan biri bo'lmish «Ulug' Xon bitigi» asarida shunday deyiladi:
«Ulu Han Ata Bitiği diğer adı ile Ulu Han Ata Kitabı, Türklerin ilk babasının yani Türk ırkına mensup ilk kişi olan Ulu Ay Ata’nın ve ilk Türk kadını ve annesi Ulu Ay Ana’nın yaradılışını anlatmaktadır».
Ya'ni, ilk turkiylar ichidagi eng birinchi kishilar Ay ota va Ay ona bo'lganligi e'tirof etilyapti.
Mamlakatimiz hududiga islom dini kirib kelishi bilan yurtimizga arab va fors tili ham kirib keldi. Amir Temur davrida esa saroy tili fors tili bo'lganligini bilamiz. Arab lashkarboshisi Qutaybaning barcha turkiy tilda yozilgan kitoblarni yo'q qilib yuborganligini inobatga olsak, nega barcha turkiy yozma manbalar forsiy va arabiy tilda qaytadan yozila boshlaganligini tushuntirish mumkin.
Boshqa tillarda esa so'zlar boshqacha ko'rinishga ega bo'la boshlaydi.
Bizda arablar orqali kirib kelgan Muso payg'ambarga tushirilgan kitob nomi «Tavrot» so'zi inglizlarda «Tora» shaklida turibdi.
Sizlarning e'tiboringizga o'zbek olimi Farrux Ataevning «Dunyo va turkiy til» maqolasidan bir parcha keltiraman:
«Pisand qilmas olimlar bizni aytg'on turkini,
Ma'nisig'a etg'onlar boshdan olar bo'rkini» (Ahmad Yassaviy).
… Tangri Taoloning eng birlamchi sifati, arabcha aytganda “Haq, Janobi Haq”dir. Turkchada esa bu o'z-o'zidan “To'g'ri” bo'ladi. Sababi, tilshunoslikdan ma'lumki, “g” va “g'” tovushlari “ng” va “ng'” diftong (qo'shaloq) tovushlari bilan, “o'” harfi “o” va “a” harflari bilan almashish hollari ko'p uchraydi. Masalan, “vag'irla-vang'irla”, “zig'ircha-zing'ircha”, “o't-otash”. O'ylashimcha, yahudiy dinining muqaddas kitobi arabcha “Tavrot”, ibroniycha “To'ra, Tora” ham asli “to'g'ri (to'ri, tuvri, tuyri)” so'zidan kelib chiqqan. Sababi, bu muqaddas kitob, asosan, to'g'rilik haqida xabar beradi. Sirasini olganda, yahudiylik dini eng qadimiy din hisoblangan zardushtiylik dini bilan uyg'un bo'lib, har ikkisida ham “to'g'ri” va “egri” tushunchalari etakchi o'rinni egallaydi. (Buni quyida batafsil tahlil qilamiz). Ingliz tilida “to'g'ri” so'zi “true [tru]” bo'lib, ingliz parlamentida qadimdan ikkita qarash – tori (konservativ, o'ng qarash) va uig (liberal, so'l qarash) mavjud bo'lib kelgan. “Tori” va “uig” so'zlarining ham o'zaklari “to'g'ri (to'ri)” va “egri” bo'lib, ma'lumki, konservativ qarashli kishilar an'analarga sodiq qolish, to'g'ri kelayotgan yo'ldan og'maslik tarafdori bo'lsa, liberal qarashli kishilar islohot va o'zgartirish, to'g'ri kelayotgan yo'ldan og'ib, egri yo'llarni sinab ko'rish tarafdorlari bo'ladi. Hatto, o'ylashimcha, inglizcha “God [god]” va forscha “xudo” so'zlari ham turkcha “to'g'ri” so'zi bilan o'zakdoshdir. Chunki “to'g'ri” so'zini teskarisiga o'qisangiz, inglizcha “right [rayt]” (to'g'ri, haq, o'ng) so'zi hosil bo'ladi. Bu so'zdan esa “Got, God (xudo), good (yaxshi)” so'zlari kelib chiqqan. Qolaversa, “right” so'zi “o'ng” degan ma'noni ham anglatadi. “So'l” so'zini aksiga o'qisangiz esa, inglizcha “paralysis [pere’lisis] paralich, falaj” so'zidan kelib chiqqan “left [left] chap” so'zi hosil bo'ladi».
Amir Temur «Temur tuzuklari» asarida «Agar davlat din-oyinga, to'ra-tuzukka bo'ysunmas ekan…» degan jumlasida «To'ra» deganida aynan Qonunni nazarda tutayotganini anglashimiz mumkin.
Shuning uchun inglizlar ishlatayotgan «Tora» turkiy tilning klassik manbasi hisoblanadi.
Tovushlarning tillarda o'zgarib ketishi nazariyasi Evropada «Tilshunoslikda tarixiy taqqoslash nazariya»si deyiladi. Bu fan O'zbekistonda bo'lmagan.
Uning paydo bo'lishi evropada XIX –asrning 10-30 yillarida hindevropa tilining yuzaga kelishi bilan bog'liq. Hindevropa tillari esa, uning asoschilari hisoblanmish F.Bopp va R.Raskdan boshlangan. Shuningdek germanist Ya.Grim va A.Pott fonetikada tarixiy taqqoslash nazariyasini yaratdilar. Bu esa tilshunoslikda tarixiy taqqoslash nazariyasi degan yangi yo'nalish kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
XIX –asrning 50 – yillarida A.Shleyxer tomonidan bu sohada katta ishlar qilinadi. Yozma manbalarga qadar tilshunoslikka oid faktlarni isbotlash metodikasini yaratish XIX –asrning oxirgi choragida K.Brugman, F.Sossyur tomonidan amalga oshiriladi. Ular yaratgan uslub zamonaviy tilshunoslikda tarixiy-taqqoslash nazariyasi asosini tashkil etadi, oxirgi o'n yilliklarda bu nazariya yangi ilmiy tadqiqot uslublari bilan boyitilmoqda.
1903 yilda daniyalik olim Xolger Pedersen hindevropa tillarining semit-xamit, o'rol va boshqa til oilalari bilan o'zaro qarindoshligi haqida fikr bildirib ularni jamlash hisobiga «katta oila» yaratib ular yagona bobotilga borib birlashishini aytdi. Bu bobotil nomini «Nostratika» deb atadi. Bu erdagi «noster» so'zi, lotin tilida «bizniki» ma'nosini anglatadi.
Holger Pedersenning nazariyasi kishilik olmoshlarining bir xilligiga asoslanardi. Misol uchun mordva tilida «mon», «ton», «son» so'zlari «men», «sen», «u» ma'nosini bersa, frantsuz tilidagi ayni shunday tovushlar «mening» (moy), «sening» (tvoy), «uning» (ego) ma'nosini beradi. Vaholanki, mordva tili hindevropa oilasiga mansub emas.
H. Pedersenning nazariyasidan so'ng dunyo olimlari turli til oilalaridagi umumiy o'zaklarni topa boshladilar. Misol uchun «Nom»ni anglatuvchi so'z hindevropaliklarda, yukagirlarda, kushit, finn-ugor tillari va boshqa tillarda bir xilligi ma'lum bo'ldi. Balkim, bu oddiy tasodifdir? Yoki u tildan bu tilgan o'zlashganmikin? Qadimgi o'zaro bog'liklik izlarini qanday topish mumkin? Tilshunoslarning fikricha hindevropa tillari parchalanishiga olti ming yillar bo'lgan. Unda nostratik tillarning parchalanish jaryoni undan ham oldin bo'lgan.
Rus olimi A.B.Dolgopol'skiyning aytishicha, nostratik tillarda tasodifiy o'xshashliklar ehtimoli juda kam. Bunday so'z o'zaklari tasodifan emas balki, ma'lum qonuniyatga bo'ysungan holda bir xil chiqadi. Bu qonuniylik ularning qadimda qardoshligini bildiradi.
A.B. Dolgopol'skiy «nostratik («bizning») tillar» termini omadli atama deb hisoblamasdi. Agar hindevropa, o'rollik va boshqa xalqlar gapiradigan bu tilni nostratik deyilsa, «malayya, xitoy, kongolezlar bu tilni «vestratik» (sizlarniki) deb atashlari kerakmi?» deydi va nostratika so'zi o'rniga «borey tillari» (yunon tilida «boreas – shimol») atamasini qo'llashni taklif etadi. Misol tariqasida avstroosiyo, malayya-polineziya va boshqa bir necha tillarni o'zida birlashtiruvchi «avstrik tillar» (lotincha «janubiy») oilasini keltiradi.
Nostratik tillarning aniqlash uslubi nostratik va shimoliy til oilalarining qadimiy bog'likligi mavjudligidan kelib chiqib, bir tildagi tovush ikkinchi oila tillarida ma'lum qonuniyatlar asosida jaranglashini topishdir.
Aynan shu qonuniyatlar formulasini A.B.Dolgopol'skiy qidirib yurgan paytda boshqa sovet tilshunosi V.M.Illich-Svitich bir necha til oilalaridagi so'zlardagi o'zaklarning jaranglashi va ma'nosi ham deyarli bir xil ekanligi haqida jiddiy formulalarni taklif qildi. Uning xulosasiga ko'ra Shimol tillari parchalanishi orqali hindevropa, o'rol, kartvel' va boshqa tillarga o'zak so'zlar bergan bo'lib chiqdi.
Ammo, olim 1966 yilda avtofalokat tufayli 32 yoshida vafot etganicha, uning ishlari oxirigacha etmay qoldi. V. M. Illich-Svitichning olib borgan tadqiqotlari o'sha sovet davri uchun juda xavfli edi. Chunki, tillarning qarindoshligi oxir oqibat bobotil nazariyasiga olib borar, bu esa odamning paydo bo'lishi haqidagi Injilda aytilgan Odam Ato va Momo Havvo rivoyatini tasdiqlash edi. Ya'ni, SSSR kommunistlarining Darvin nazariyasiga muvofiq o'ylab topgan asosiy ma'naviy yutug'i bo'lmish Inson maymundan paydo bo'lganligi haqidagi aqidasini chilparchin qilib tashlardi. Axir, butun boshli kommunistik g'oya aynan mana shu aqidaga qurilgan edi-da.
Shuning uchun ham tilshunoslikda tarixiy taqqoslash nazariyasi SSSRda o'qitilmadi, olib borilgan tadqiqotlar yashirincha uslubda bo'ldi. Bu gaplar ham choyxona, restoran, kafedan tashqariga chiqmadi.
SSSR tarqalishidan biroz oldin Qur'on yurtimizga kirib keldi. Uni olimlarimiz o'zbek tiliga tarjima qildilar. Biz birinchi bor ochiq holda bu Kitobda nimalar yozilganligini bildik. Kimlardir uni o'qimadi, o'qiy olmadi. O'qigan bilan tafakkur qila olmadi. Shunday bo'lsa-da o'zbek xalqining juda ko'pchiligi bu Kitobning ma'nosini tushunishga harakat qilib ko'rdi.
Insoniyat yaralganidan buyon juda ko'p kitoblar yozildi. Ularning soni milliarddan ko'pdir, balkim. Ammo, Qur'on kabi hech qaysi bir Kitob matni ikkinchi bor o'zgarishga uchramadi.
Demak, har bir soha vakili Qur'on so'zlaridan iqtibos keltirar ekan. Bu Kitobning er yuzidagi yozma manbalarning eng ishonchlisi ekanligini bilishi shart.
Qorong'u xonada paqirni suv bilan to'ldirish mumkin. Bunda uning to'lganligini qo'l bilan yoki solinayotgan suvning tushishini quloq bilan tinglab sezish mumkin. Yopiq bochkani taqillatib ko'rib, uning jaranglashi orqali unda suyuqlik bor, yo'qligini taxmin qilish mumkin.
Ammo, paqir yoki bochka ichida aynan qancha suv borligini bu uslub bilan aniqlab bo'lmaydi. Shuning uchun bu erda qo'limiz va qulog'imizning bergan «axboroti»ni taxmin, shubha va gumon deymiz. Bu esa ilm degani degani emas. Paqir va bochkadagi suvni aniqlash uchun ko'zning roli asosiy.
Demak, ko'zning xulosasi ilmiy!!!
Tarixni tiklashni tarixchilar, tilshunoslardan tashqari, arxeologlar ham «o'zlariniki» qilib olishgan. Ammo, yurtimiz arxeologlarining ba'zi xulosalarini ko'rib, o'qib, shubha va gumoning ortadi. Demak ilmdan uzoqlashamiz.
Misol uchun 1960 yillarda biz butun xalqimiz bilan Samarqand shahrining 2500 yilligini nishonlagandik. Oradan ellik yil o'tmasdan Samarqandning 2750 yillligini bayram qildik.
Savol tug'iladi. Nega shaharning yoshi 250 yilga ulug'landi? Qanday uslub bilan aynan 200 yil qo'shildi? Nima Podsho devonxonasidagi ro'yxatlar kitobi topildimi?
Toshkent yoshi ham shunday ulug'landi. Yuqorida aytganimdek, arxeologlarimizning xulosalari xotiramizda shubha va gumonlarni orttiryapti.
O'tgan asrning 70 – yillarida frantsuz arxeologiya ekspeditsiyasi Afg'oniston shimolida «Oyxontepa» degan shahar qoldiqlarini topdi. Biznikilar bu shaharning nomini ko'r-ko'rona «Oyxonimtepa» deb xulosa qilib yuborishdi. Nega? Nima haqqing bor shahar nomini o'zgartirishga deydigan kishi yo'q. Shubha, gumon. Shubha va gumonlar qancha ko'p bo'lsa, ilm o'z o'rnini mish-mishlarga bo'shatib beradi.
Endi qo'lyozmalar orqali tarix yozuvchi olimlarimiz haqida ikki og'iz. Bir arbobimiz Yaponiyada anjumanda qatnashibdi. Shunda yapon tarixchi olimlaridan biri yoki oddiy tarixsevari, arbobimizdan «Chingizxon va Amir Temur qarindoshmi?» deb savol beribdi. Allomamiz nima deyishini bilmay, siyosiy buyurtma bo'yicha «ular hech qanday qarindosh emas» depti.
Amir Temur tarjimai holiga bag'ishlangan «Temur tuzuklari» faqatgina O'zbekistonda chatildi xolos. Uning dastlabki nashrlarida ularning qanday qarindoshligi ko'rsatilgan edi-ku.
Abulg'ozi Bahodurxonning «Shajarai turk» asarining ruscha matni, o'zbekcha matniga nisbatan mukammalroq. Ibn Batutaning «Sayohatnoma» si ham chatildi. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asari turkiy xalqlarning Olmosi! Buni tushungan ajoyib olimimiz, mukammal tarjima qildilar. Bu kitob har bir o'zbek tilshunosining yostig'i ostida turishi kerak!
Lekin kitob qani?
Mana shunaqa ko'zbo'yamachiliklar bo'lavergach, inson ongi haqiqatni yuzaga chiqarish uchun boshqacha uslub va yo'llarni qidirishga majbur bo'ladi.
Aynan shu maqsadlarni ko'zlab Evropada Tilshunoslikda tarixiy taqqoslash nazariyasi o'ylab topildi.
Bu fanning gohida to'xtab qolishi, unga qarshi kuchlarning kuchayib ketishi oqibatida yuz beryapti. Mantiqan o'ylab qaralsa, bunga asos borday ko'rinadi.
Misol uchun V.M.Illich-Svitichning uslubini olaylik. O'zak so'zlar o'rnida qoladi, ularning jarangi va ma'nosi ham deyarli bir xilligi ham inobatga olinadi.
Masalan:
kali(n) oltoyliklar tilida ukaning xotini;
kalu – o'rol tillarida quda tomondan ayol qarindosh;
kal – dravid tilida amakining xotini;
glou – hindgerman tilida akaning xotini;
Kal- kartvel' tilida ayol;
kl(l) – semit-xamit tilida kelin degan ma'noni beradi.
Afsuski, V.M.Illich-Svitich juda yosh – 32 yoshida avtohalokat tufayli vafot etgan. U bu so'zning kelib chiqishi aynan kimga tegishli ekanligini bilmay ketdi.
Bu so'z o'zbek tilida mantiqiy echiladi. Kelin so'zi «Kel» va «In» so'zlaridan tashkil topib. «Uyimizga kel», «uyimizga keldi» ma'nolarini beradi. Ha, hozir biz «In» deganda yumronqoziqning yoki sichqonning inini tushunamiz. Xuddi «saray» deganda ruslar lash-lushlar saqlanadigan joyni tushungani kabi. Tatar qardoshlarda «In» haliyam «imtiyozli» o'rinda turibdi. Ulardagi Abdullin familiyasi «Abdullaning uyidan», «Abdullaning uyiga tegishli kishi» ma'nolarini beradi. Polyaklarda janobni PAN deyishadi. Pan ham asl turkiy Pana – uyi bor kishi, boy ma'nosini beradi. Bekorga uyni biz «boshpana» demaymiz. Ruslardagi dvoryan so'ziyam, turkiycha «devorli uyga tegishli» ma'nosidan kelib chiqadi.
Illich-Svitichning formulasida mantiq bor. Yana bir oddiy misolni keltiraman.
Arab tilidagi Yusuf, ital'yan tilida Juzeppe, frantsuz tilida Jozef, nemis tilida Yozef, rus tilida Osip, o'zbekchada Yusup, qozoqchada Jusup, qirg'izchada Usub.
Tilshunoslikda tarixiy taqqoslash nazariyasining men ilgari surayotgan uslubi aynan ismlar, xalqlar nomlari va joy nomlari kelib chiqishi haqidagi xulosalar tufayli haqiqatning tagiga etishdir.
Men «o'zbek» atamasi haqida boshimga juda ko'p malomat toshlari yog'dirib oldim. Vaholanki, aynan men kelgan xulosani, mendan oldin juda ko'pchilik olimlarimiz aytgan ekanlar. Shuning uchun «o'zbek» atamasi haqidagi xulosani birovdan ko'chirib olmaganligimni isbotlash uchun boshqa xalqlarning ismlari kelib chiqishi haqida xulosalarimni sizlarga (keyinroq) bildirishni lozim topdim.
Tatar so'zining yangi variantini taklif etyapman. O'zingiz bilasiz tatar amakilar gumanitar sohalarda ancha ilgarilab ketganlar, lekin mening variantim ularni xafa qiladi deb o'ylamayman. Ozarboyjon so'zi haqidayam yangi talqin, Uyg'ur so'ziga ham yangicha xulosaga keldim. Qirg'iz so'zigayam, qozoqlarning mutafakkiri Oljas Sulaymonov uchun ham «Qozoq» so'zining yangi talqinini keltirmoqdaman va ta'kidlamoqchimanki, uning «O'zbek» so'zining kelib chiqishi haqidagi «AZiYa» asaridagi xulosasi hech qanday tanqid qilishga arzimaydi va turkiy o'ziga xoslik (mentalitet)ni tushunmasligi oqibatidir.
Mening xulosam tufayli butun evropaliklar qachonlardan buyon o'zlari izlab yurgan tarixni topib olsalar ajab emas. Chunki, ular ko'pdan buyon bu masala GOTlar qaerdan paydo bo'lganligini qidirar, ammo jo'yali javob olganlari yo'q edi.
Qaydan bunday ishonch? deb hayron bo'lmang. Mening izlanishlarimning tayanch nuqtasi Qur'ondagi faktdan boshlanadi. Ikkinchidan men ham bir vaqtlar dunyo ikki qutbini zabt etib, ma'rifat orqali dunyoni boshqarish mumkinligini isbotlagan Shoh, keyinchalik Nonni ixtiro qilib Non shahri -NANEVIYa (Nineviya)ni barpo qilgan Shumerlarning, 60 lik sanoq tizimini joriy qilgan, keyinchalik «0»ni kashf qilib dunyo hisob kitobini joyiga qo'ygan Al Xorazmiyning va dunyoni lol qilgan boshqa kashfiyotlarni yaratgan ajdodlarni yaratgan zamin Turkiston farzandiman.
Agar mening fikrlarim orqali dunyo tarixini boshqacha anglash (anglashni istamagan ixtiyori o'zida) imkoni tug'ilsa, demak, men maqsadimga etibman.
Tarixni yozganda haqiqiy tarix kerakmi yoki ba'zi faktlarni yashirish kerakmi? Misol uchun Germaniyada Ikkinchi jahon urushi haqida maktablarda juda kam o'qitilarkan. Bolalarning ongi chalg'imasligi uchun. Chunki, ikkinchi jahon urushi olovini yoqqan aynan nemislardir. Millatchilik, irqchilik g'oyalariga qurilgan Gitler boshliq nemislar tufayli Evropada, jahonda juda ko'p million kishilar qurbon bo'ldi.
Shu munosabat bilan bu uyatli voqealarni etilib kelayotgan avlodga aytmay turish ma'qulmikan?
Yaxshi. Biz o'zbeklar nega tariximizni mukammal o'rganishni paysalga solyapmiz? O'zbek xalqining, O'zbekiston, Turkiston, Turonning haqiqiy tarixi uyatlimi? Hech qanday uyatli emas, balki shon va sharafga burkangan!
Aynan shunday, shon sharafga to'la tariximizni tiklash turkiy xalqlarning oxirgi ikki yuz yillik (balkim undan-da ko'p yillik) orzusidir. Avval mana shu tarix yaratilsa, keyin umumiy til yaratiladi, so'ngra iqtisodiy aloqalarda imtiyozlar yaratilib, xalqlarimiz baxtli va saodatli yashashini istaydi.
Bu fikrni mana yuz yildan buyon o'zbek ziyolilari qalban his qiladi, kimdir otilib chiqib shu tarixni yozishini orzu qiladi.
Mana 1910 yillarda Mahmudxo'ja Behbudiyning bu haqda aytgan gaplariga e'tibor bering:
«…Burungi asrlarda Turkiston va turklar voqeoti va ahvoli haqinda turkiy, forsiy va arabiy tillarda necha kitoblar yozilgandurki, u kitoblardan rus va boshka ovrupoyilar istifoda etgan va etmakdadurlar. Lekin u muxtalif (turli-tuman) tillarda yozilgan. Tarixiy asarlardan biz turkistoniylar istifoda etub, yangi muhokama va tadqiqot ila o'z shevamizda muntazam bir asar vujudga keltirganimiz yo'q».
Mayli chalg'imaylik.
Endi Nay – Noy (Nuh) payg'ambarning katta o'g'li Yofasning turkiydagi ismiga kelsak. Rivoyatga ko'ra Nuh payg'ambar katta o'g'li Yofasni qutbi Shimolga jo'natadi. Evropadagi Noy turkiyda Nay. Evropadagi Neyman, bizdagi Nayman aynan «Nuhning odami – avlodi» ma'nosini beradi.
Shu nazariyani yodda tutib mulohaza yuritilsa bu so'z turkiy tilda dastlab AyAz shaklida bo'lgan. Bu so'z bulutli kunlarda Oy ko'rinadigan kunlar kamligini – Shimol, sovuqni bildiradi. Hozirgi turkmanlarda Avaz so'zi erkaklar ismi sifatida ishlatiladi. Turk va ozarboyjonlarda Ayyaz degan o'g'il bolalar ismi hozir ham mavjud. Inglizlarda «AysBerg» so'zi «Muz qal'a» ma'nosini beradi. Yurtimizda esa «Ayoz qal'a» degan qadimgi shahar xarobalari mavjud.
Mana shu turkmanlardagi Avaz so'zida, turkning otasi Ayazdagi «Y» tovushining yillar o'tib «V» tovushiga aylanib ketganini ko'rish mumkin.
Shuning uchun Rum imperatori Avgustni aslida Aygust desak to'g'ri bo'ladi. «Y» tovushining yillar o'tib «V»ga o'tib ketishini «Avg'on» so'zidayam uchratish mumkin.
Aslida Avg'on so'zi turkiyda «Ayxon» so'zidan kelib chiqadi. Turkiylarning Ayxontepa shahrini Aleksandr Makedonskiy qurib uni nomini «Oks Aleksandriya» deb nomini ataganini bilamiz. Ayxon esa O'g'uzxonning otasi va o'g'illaridan ikkinchisining ismidir. Toshkent viloyatidagi Ohangaron aslida Ayxongurondir. Bu so'z uzoqdagi V'etnamda ham bor. Ularda bu so'z XanOy shaklida turibdi. Evropada uning shakllari YoXan, IoGann, UiGan, Igon, Ivan shakllarida mavjud (nega bu so'z butun dunyoda tarqalib ketganligini Xudo xohlasa keyinroq tushuntiraman).
Turkiydagi «QOON – Qo'n -Xon» so'zining «Gon»ga aylanib ketishini Zodagon so'zida kuzatamiz.
Turkiy tillar agglyutinativ tillar jumlasiga kiradi. Bu tilda ikkita o'zak so'z elimlanadi. Elimlanganda ham ikkala o'zak o'z ma'nosini saqlab qoladi. Bu guruhdagi tillar o'zining qadimgi o'zagidan kam o'zgaradilar.
Turkiy qo'shma so'zlar ba'zida ketma-ketligi almashgan hollar ham bor. Masalan: BoySari– SariBoy, BoyQora–QoraBoy, SherAli – AliSher, BekTemir – TemirBek, JonQobil–QobilJon, GulChechak ¬–ChechakGul, OySar–SarOy, OyPari–PariOy va hokazo. Evropa xalqlari tillarida ham bu holat kuzatiladi. Misol uchun moldavanlar xalq qahramoni Kantemir, bizdagi Temirxonning aynan o'zi. Xuddi shuningdek, olmonlardagi GETMAN (davlat arbobi) bizdagi MANFITning teskarisidir. Ruslardagi Knyaz so'zi asli nemischa deyiladi. Axir bu so'z ham KAN+YaZ = YaZ-XON ning teskarisi O'(g'u)zXON.
Xuddi shuningdek Zodagon so'zi aslida XonZoda. «Gon» ning «G'on»ga aylanishini «Chopag'on» so'zida ko'ramiz. Hozir bu so'z «Xon chopari» – pochtal'oni so'zi. Aslida Xon chopari – ChopaXon bo'lgan.
Shuning uchun Avg'on so'zi aslida shahar, undan oldin esa AyXon so'zidan olingan bo'lib, asosan turkiy aholi yashaydigan Balx (Bayliq) yonida joylashgan qadimgi shahar Oyxontepa nomidan kelib chiqadi, deb o'ylayman.

Davomi bor

Anvar Shukurov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Ozbek ;

    Afsuski xozirgi kunda ozbekistonda pro-forsi qarashdagi chala domllalsr kop. Afsuski sizdek bizni olimlar esa kam. Tilimizni tozalang. raxmat

    23/06/2019 13:43
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube