O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Gerodotning tarix asarida O'g'uz so'zi bormi?

Gerodotning tarix asarida O'g'uz so'zi bormi?
24 Haziran 2019 - 11:31 'da yuklandi va 613 marta o'qildi.

O'G'UZXON TARIXI (DAVOMI)
II BOB

Gerodotning tarix asarida O'g'uz so'zi bormi?
Ushbu asarni yozishda tarix fanidagi eng qiyin uslub – yozma manbalarni ko'proq tanladim. Chunki, frantsuz siyosiy arbobi Sharl' de Gollning «Raqobatchilarga duch kelmay desang, eng qiyin yo'lni tanla» degan tavsiyasi menga ustuvorlik qildi.

Dunyo tarixida «tarix otasi» deya shuhrat qozongan Gerodot bundan 2500 yil avval yashab, o'zidan «Tarix» asarini avlodlarga meros sifatida qoldirgan.
Gerodotning o'zi eramizdan oldingi 490-480 yillarda Galikarnass shahrida tug'ilgan. Bu shaharning xarobalari hozirgi kunda Turkiyaning Bodrum shahrida joylashgan. U Galikarnass shahridagi zo'ravonliklarga qarshi siyosiy kurashlarda muvaffaqiyatsiz qatnashadi, shu sababdan ona shahrini tashlab, chiqib ketishga majbur bo'ladi. U Kichik Osiyoda, Bobil (Vavilon)da, Misrda, Bolqon mamlakatlarida, yunonlar mustamlakasida bo'lgan Qora dengiz bo'yidagi o'lkalarda bo'ladi va u erdagi xalqlarning, yo'lboshchilarning hayotlarini kuzatadi, xalq og'zaki ijodi, rivoyatlarini yozib boradi va o'sha xalqlar tillarini o'rganadi.
Gerodot o'z asarini yunon tilida yozgan va birinchi bo'lib tarixga «Skit» tushunchasini yozma ravishda kiritgan muallif bo'lib turibdi.
Skit so'zi yunon manbalari bo'yicha.
Biz o'zbeklar Rus olimlari ta'sirida qolib ketganligimiz uchun bu so'zni rus tili orqali «Skif» deya muomalaga kiritdik. Chunki, Tataristonlik tilshunos, akademik M.Zakievning asosli fikriga ko'ra, ruslar Evropaliklarning «T» tovushini «F» shaklida talaffuz qiladilar. Misol uchun evropaliklar tilidagi Marta, ruslarda Marfa, evropa tillaridagi Teodor, ruslarda Feodor sifatida jaranglaydi.
Shuni qayd qilish kerakki, ruslar bu ishni «o'ziga xoslik» sifatida qabul qilganlar. Misol uchun ular o'zlarining xabarlar dasturida qozoq millatiga mansub Omon Tuleevni, Aman Tuleev sifatida e'tirof etadilar. Omon desalar bo'lmaydimi? Bo'lganda qandoq. Misol uchun militsiya so'zi politsiya so'ziga aylangunga qadar, ruslar «otryad militsii osobogo naznacheniya» so'zini qisqartirib OMON deyishadi.
Endi bunday holatlar boshqa tillarda ham bor. Dunyoga mashhur Apel'sin so'zini oling. Bu so'zning lug'aviy ma'nosi «Apel China» ya'ni, «Xitoy olmasi», ammo, bu so'z evropa tilllarida «China» emas «Sina» tarzida talaffuz qilina boshlandi. Bizga ham evropaliklar orqali shunday shaklda iste'molda. Qadimgi manbalarimizni qidirsak, bu so'zning turkiychasi umuman boshqacha yangrashi aniq. Ingliz va nemislar o'g'il bola ismini «Karl» deyishsa, bu ismni frantsuzlar «Sharl'» deya talaffuz qiladilar va hokazo.
Mayli so'zimizga qaytaylik.
Gerodot Tarix asari 4 kitobi nomi «Mel'pomena» bo'lib bu Skit qabilalariga bag'ishlanadi. Mel'pomena degani yunon afsonalarida Zevsning qizi bo'lib «Fojea ma'budi» hisoblanadi.
O'tgan asrda yashab ijod qilgan ajoyib turkshunos olim Sadri Maqsudi Arsal (1879 – 1957y.y.)ning “Turk tarixi va huquqi” asari (rus tiliga o'girilgan elektron matni (“Tyurkskaya istoriya i pravo”Kozon-2002, “Fen”nashriyoti tarjimon R.Muxametdinov)da aytishicha, Gerodot skiflar haqida aytgan gaplari, ayniqsa, undagi to'rtta ism – Targitay, Arpaksay, Lipoksay, Koloksay bo'yicha dunyoda turkshunos va eronshunos olimlar o'rtasida ilmiy tortishuvlar bir necha yuz yildan buyon davom etib kelyapti.
Gerodot aytgan bu to'rtala ismning tarix uchun ahamiyati nihoyatda katta. Chunki, bu ismlarning qaysi tilda ekanligi, shohlar avlodi – skiflarning kimligini, bu esa turkiylarning yoki forsiylarning qaerlarda istiqomat qilganligini, ular hozirda kimlarning ajdodlari ekanligini bildiradi.
Gerodot aytgan, butun dunyoga shu nom bilan kirib kelgan Skit, yunon afsonalaridagi cheksiz aql-idrok, tengsiz kuch-quvvat sohibi, bahodir Geraklning uchinchi o'g'li emish.
Afsonada aytilishicha, Gerakl Gerionning buqalarini boqib yurib, sovuq o'lkalarga kelib qoladi va cho'chqa terisiga o'ranib uxlab qoladi. Uyg'onganida otlari g'oyib bo'lganligini ko'radi. Otlarini qidirib, bir g'orga kelsa, u erda yarim ilon, yarim ayol shaklidagi maxluq “otlaring menda, lekin men bilan ishqiy aloqa qilmaguningcha ularni senga bermayman” dermish.
Qisqasi, Ilon ayol Gerakldan uch o'g'il ko'radi. Bir kuni Ilon ayol Gerakldan: – Bu o'g'illar ulg'aygach, ularni o'z yurtimda qoldiraymi yoki sening yoningga jo'nataymi?- deb so'raydi.
Shunda pahlavon Gerakl:
– Bolalar ulg'aygach, mana bu kamonimni qay biri menchalik tortib, mana bu kamarimni beliga taqolsa, o'shanisini yoningda qoldir. Eplolmaganini haydab yubor,- dermish.
Bolalar ulg'aygach Ilon ayol o'g'illarning kattasiga Agafirs, o'rtanchasiga Gelon, uchinchisiga Skit degan ism qo'yibdi. Otasining talabini faqat bittasi, ya'ni kenja – Skif amalga oshirib davlatga egalik qilibdi. Skitiyadagi barcha shohlar afsonaviy bahodir Geraklning mana shu kenja o'g'li Skit avlodlari ekan. Skitning avlodlari yashaydigan hudud ShOH SKITLAR makoni deyilarkan.
Shunday qilib, barcha xalqlar o'zlarini «Shohlar Avlodi» bo'lib chiqishi haqidagi bahsga berilib ketdilar.
Gerodotdan so'ng juda ko'p yunon va rim olimlari, tarixchilari ushbu mavzuga to'xtalganlar. Skitlar o'z qo'l ostiga ko'p xalqlarni bo'ysundirgani uchun, ushbu etnonim keng ma'noda ularga bo'ysunuvchi xalqlar ham skit deyilishi (shuning uchun skit xalqlari tilida boshqa tillar elementlarining borligi)da va tor ma'noda aynan skit qabilasiga (etakchi so'zlarning aynan skit tilida ekanligi)da nisbatan qo'llanilganligini yoqlovchi fikrlar ham bor.
Gerodot skitlarning kelib chiqishi haqida uchta rivoyatni keltiradi. Uning birinchisiga ko'ra, skitlarning birinchi otasi Targitay bo'lgan, uning uch o'g'li bo'lgan: Lipoksay, Arpoksay, Kolaksay.
Mana shu uchala o'g'ildan tarqalgan avlod shoh skitlar avlodi deyiladi. Ellinlar esa ularni skiflar deyishadi (Gerodot, 1972 Tarix VII kitob, 6-xatboshi). Forslarning skitlarni saklar deyishini ham aynan Gerodot keltiradi.
Yunonlarning boshqa manbalariga ko'ra, eramizdan oldingi III asrdan eramizning IV asrigacha bo'lgan davrda skiflar etnonimi o'z nomini sarmat etnonimiga bo'shatib beradi.
Skitlar forsiy tilda so'zlashuvchi xalqlar ekanligi haqidagi g'oya hozircha ustun mavqega ega bo'lib, uning bosh g'oyasi: eroniylar Sharqiy Evropa xalqlarining asosini tashkil qilgan.
Turkiy xalqlar esa Evropaga eramizning IV asrida Atilla boshliq xunnlar orqali kirib kelgan, shuning uchun Gerodot (eramizdan oldingi Vasr) aytgan skitlar eroniylarmish.
«Qadimgi tarixchilar O'rta Osiyo haqida asari»da keltirilishicha («YURIST-MEDIA MARKAZI» Toshkent–2008 y.) Targitayning o'g'illari – Lipoksais, Arpoksais, Koloksais bo'lgan. Taajub.
Mirfotih Zakievning «Turk va tatarlarning kelib chiqishi haqida» («Proisxojdenie tyurkov i tatar» Moskva-2002, «Insan» nashriyoti) asarida Gerodot aytgan Targitayning o'g'illari ismlari – Arpaksay, Lipoksay va Kolaksay tarzida berilgan.
Eramizdan oldingi VII asrda yozilgan Ossuriya yozma manbalarida kimmeriylar va ashguzlar haqida fikr yuritilishini turk olimi I.Durmush aytgan [I.Durmush , 1993, 26].
Sovet olimlari qadimgi yunon tarixchilari asarlarini tan olishmagan. Bu haqda faxriy akademik, tarixchi N.Morozov va fizika-matematika fanlari doktori M.Postnikovlar o'ta «jonbozlik» ko'rsatganlar.
M.Postnikov o'zi bilan birga yana ikki olimdan iborat komissiya tuzib, o'zining matematik tahlillari orqali qadimgi tarixchilar asarlarini jiddiy tekshiruvdan o'tkazib, uning xulosasini 1982 yilda «Fan va texnika» jurnalining 7-sonida «Tarixdagi eng buyuk soxtalashtirish» («Velichayshaya mistifikatsiya v istorii») nomli maqolasini e'lon qiladi.
Uning xulosasi, maqola nomidan ham ma'lum. Ammo, ularning xulosasida sog'lom fikr urug'lari ham yo'q emas. Masalan, komissiya xulosasining bir qismida eramizdan oldingi Gerodot va boshqa yunon hamda rim olimlari, tarixchilari yozgan qo'lyozmalar o'rta asrlarda monaxlar tomonidan qayta ko'chirilgan va ba'zi so'zlar o'sha davr ko'chirmachilarining qabih maqsadlariga moslashtirilib o'zgarishlar bilan nusxa olinganmish.
Turkiy til, dunyodagi juda ko'p tillarga asos bo'lganligini Alisher Navoiy ham aytib o'tadi. Zamonaviy fikr yuritganda turkiy til agglyutinativ tillar jumlasiga kiradi va bu guruhdagi tillar, o'zining qadimgi o'zagidan kam o'zgaradilar.
Nutq bir mo''jiza bo'lib, uning qanday paydo bo'lganligi fanga ma'lum emas ekan. So'zlarning o'ziyam mo''jiza. Insonlar ham qachonlardir bir ota-onadan paydo bo'lganidek, til ham qachonlardir bitta bo'lgan.
Tillar ota makondan uzoqlashgani sayin tashqi ta'sir orqali o'z shaklini o'zgartira boradi. Shuning uchun muallif qaysidir so'z falon tilniki, qaysidir so'z boshqasiniki, demakki bu so'z boshqa xalqlarga o'tishi mumkin emas degan fikrdan yiroq.
So'zni ham moddiy jism, hech bo'lmasa erda yotgan tosh sifatida qabul qilib, uning vaqt o'tishi bilan emirilishini e'tiborga olaylik.
Yaxshisi so'zni olma sifatida tasavvur qilib ko'raylik.
Olma dunyoning deyarli hamma mintaqasida bor. Bir xil urug'ni turli-tuman ob-havoli muhitga ekib ko'ring, uning rangi, ta'mi boshqacha bo'ladi-yu, ko'rinishi, ya'ni o'zagi qolaveradi. Turkiy so'zlar ham shunday. Ba'zida esa bitta so'z, xuddi dunyoning u burchagidagi olma, qadimgi ajdodini takrorlaganidek, bu burchagida asl holida qolib ketgandek, turaveradi.
Keling yana bir zamonaviy o'xshatish qilaylik. Mana uyali telefonlar xalqlar o'rtasida qanday tarqalib yurgan bo'lsa, so'zlar ulardan-da osonroq tarqalgan. Lekin, «telefon» so'zining etimologiyasi-ildizini surishtiraman desangiz, mantiqan mushohada yuritilsa, telefon aynan kimniki ekanligi chiqadi, qo'yadi. Mana shu nuqtai nazardan fikr yuritilsa, Gerodot aytgan o'sha to'rt ismning ildiziga etib boramiz deb o'ylayman.
Grek manbalarini o'rganishni rus olimlari XVII asrdayoq boshlab yuborgandilar. Birinchilardan bo'lib Gerodotning «Tarix»ini rus tiliga tarjima qilgan shaxs, tarixchi Andrey Lizlov edi, u rus va Farbiy Evropa tarixiy manbalaridan yaxshi xabardor edi. Lizlov turk tili va tarixini ham yaxshi bilgan. Tarixchi 1649 yilda Krakovda nashr qilingan S.Starovol'skiyning «Turk qaysarining saroyi» («Dvor tsesarya turetskogo») asarini polyak tilidan rus tiliga o'girgan edi.
A.Lizlov «Skiflar tarixi» nomli asarini qo'lyozma shaklida 1692 yilda yozib tugatadi. Bu asarni yozuvchi va jamoat arbobi N.I.Novikov 1776 yilda qisman, 1787 yilda esa to'liq chop ettiradi.
A.Lizlov asari boshida turklar va tatarlar skiflardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Keyingi boblarda Evropa xalqlari va ruslarning skiflar avlodi bo'lmish turk va tatarlar bilan munosabatlari tarixini yoritadi. Gerodot tarixini o'rgangan mutaxassis A.A.Neyxardt A.Lizlov asarlarini o'qib, ularning shartli ekanligini qayd etadi [Neyxardt A.A., 1982, 9]. Skiflar bo'yicha boshqa mutaxassis S.A.Semenov-Zuser esa ushbu asarning «Rossiya tarixidagi birinchi taniqli asar»ligini qayd etadi [Semenov-Zuser S.A., 1947, 11].
XVIII asr boshida skiflarga qiziqish kuchayadi. Ayniqsa, bu masala Rossiya imperatori Pyotr I ni qiziqtiradi. U slavyanlarning kelib chiqish tarixini yaratish uchun olmon olimi G.V.Leybnitsga murojaat qiladi. U esa 1708 yilda imperatorga yozgan xatlarining birida «men sarmatlar deganda slavyan qabilalarining ajdodlarini tushunaman, keyinchalik bu so'z slavyan va slavlar nomi bilan tanilganlar»,-deydi [Leybnits G.V., 1873, 211].
Skif-sarmatlar masalasini o'rganish uchun 1725 yilda Peterburg fanlar Akademiyasiga Germaniyadan Gotlib Zigfrid Bayer chaqiriladi. Uning xulosasi shunday: skiflar – Osiyodan kelgan xalqlar; slavyanlar – avtoxton xalq, shuning uchun skiflar slavyan emas. Uning fikricha skiflarning avlodi finlar, livlar va estlardir [Neyxardt A.A.,1982, 12]. Bu erda qiziq bir holat bor. Misol uchun Gotlib Bayer so'zlari aslida turkiy so'zlardir. Olim o'zining ham ismi va familiyasi skifcha ekanligini bilganmikan?
XVIII asr rus tarixchisi V.N.Tatishev skif so'zini yig'ma (jamlanma) nom deb hisoblaydi. Uning fikricha skiflar jumlasiga slavyanlar, sarmatlar, turklar, mo'g'ullar, Germanlar, Eron va Xitoylar kiradi. Evropaliklar 13-asrdan boshlab skif so'zi o'rniga tatar so'zini ishlata boshlaganlar [Tatiщev V.N., 1962, 232-233].
M.V.Lomonosov esa skiflardan finlar, sarmatlardan slavyanlar tarqalganligini qayd etadi [Neyxardt A.A., 1982, 17-18].
Rus olimlari A.Lizlov, V.N.Tatishev va boshqalardan tashqari g'arb olimlari ham avval shu fikrda bo'lganlar. XIX asrda ingliz olimi V.Mitford «Dunyoda shunday joylar borki, u erdagi aholi boshqalardan urf-odati va hayot tarzi bilan keskin ajralib turadi. Bu xalqni greklar skit, zamondoshlar esa tatarlar deyishadi»-deydi. [Mitford V., 1838, 419]. Shuni ham qayd etish kerakki, o'sha paytda evropaliklar tatar deganda – sharqdagi barcha xalqlarni, asosan, musulmon turklarni tushunganlar.
XIX asr o'rtalarida rus tarixchilari va geograflari skiflarning turkiyligini shubhaga olmaganlar. Masalan, R.Latama 1854 yilda rus geografiya jamiyati Xabarnomasi (Vestnik)da shunday yozgan: «Hozirgi paytda skiflarning turkiyligini isbotlash uchun … maxsus dalillar talab qilinmaydi» [Latama R., 1854, 45].
XVIII asr oxirida skiflar tarixi bilan N.M.Karamzin ham qiziqib qoladi va xulosada u Gerodot davrida Evropa va Osiyoning ba'zi xalqlari skiflar va sarmatlar degan yig'ma etnonim bilan atalganliklari haqidagi to'xtamga keladi [Karamzin N.M., 1818, 5-12].
XIX asrda o'tkazilgan arxeologik qazishma ishlaridan ma'lum bo'ladiki, Gerodot va boshqa yunon olimlari Evropa va Osiyo tarixini to'g'ri yoritganlar. Shuning uchun ham rus ziyolilari Gerodot va boshqa yunon tarixchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilib, chop etish ishlarini kechiktirmaganlar. O'lka tarixini o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratganlar.
Ilgari, Vil'no va Qozon universitetlarida dars bergan akademik E.I.Eyxval'd Gerodotning «Tarix»i bo'yicha tadqiqot, izlanishlar olib boradi va undagi ma'lumotlar orqali slavyanlar, finlar, turk va mo'g'ullar tarixini tiklashga urinadi. U skiflar bitta xalq emasligini, skiflar deganda hozir ham o'sha hududda yashovchi xalqlar tushunilganligi haqida xulosaga keladi [Eyxval'd E.I., 1838, t. 27].
XIX asr boshlarida qator xalqlar tarixi muammolari bilan shug'ullangan P.F.Sum: «– skiflar, sarmatlar, alanlar o'rniga keyinchalik turk qabilasi bo'lgan xunlar kelganlar, sarmat so'zi, turkcha sar – «sariq» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, sariq odamlar ma'nosini beradi»-deydi [Sum P.F., 1846, 3, 15]. Olmon tarixchisi B.G.Nibur skiflarni mo'g'ullar deb hisoblaydi va turklarni ham ular tarkibiga kiritadi [Nibur B.G., 1847]. Asrning ikkinchi yarmida, ya'ni 1870 yilda A.D.Mordtman Leyptsig shahrida mixxatlar bo'yicha olib borgan tadqiqotlarini e'lon qiladi va skiflar turk tilida so'zlashganliklarini qayd etib, bu til o'sha paytda (Gerodot davrida -A.Sh.) O'rol-oltoy til oilasidan ajralish jarayonini boshdan kechirayotganligini aytadi [Mordtman A.D., 1870, 66-77].
K.Tseyssning 1837 yilda e'lon qilingan tadqiqotlari skiflar tarixida yangi bosqich boshlanganidan darak beradi. U ilk bor, skiflarni eroniy tilda so'zlashuvchi qabilalar tarkibiga kiritadi. Uning taxminicha, diniy, geografik joylashuv va skif hamda forsiy tillardagi bir xilliklar shunday xulosaga kelishiga sabab bo'lgan [Dovatur A.I.,…, 1982, 47].
Boshqa olmon olimi K.Noymann esa aynan diniy va tillar uyg'unligidan kelib chiqib, skiflar – turkiylar, sarmatlar esa slavyanlar ekanligini qayd etadi [Dovatur A.I.,…, 1982, 50].
P.I.Shafarik skiflar turklarni o'z tarkibiga oluvchi mo'g'ullar; sarmatlar esa forslar; budin va nevrlarni slavyanlar deb hisoblaydi [Shafarik P.I., 1948; Dovatur A.I.,…, 1982, 48].
XIX asr 60-yillarida K. Myullenxoff skif va sarmat so'zlarini hind-evropa tillari nuqtai-nazaridan o'rganib chiqib, skiflar asosan eroniy tillarda so'zlashuvchilar bo'lib, ular Erondan ancha shimolda ham yashaganliklarini, jumladan, shulardan biri osetinlar ekanligi haqida xulosaga keladi [Dovatur A.I.,…, 1982, 53].
K.Myullenxoffdan keyin skif-eron nazariyasi ko'pchilik tarixchilar va lingvistlarning e'tiborini tortadiki, ular bu nazariyani kuchaytirish uchun turli-tuman qo'shimcha hujjatlar topa boshlaydilar. Ushbu nazariyaning o'ziga tortadigan jozibasi shundan iborat ediki, u orqali hind-evropa xalqlari kelib chiqqan ota yurtlarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo'layotgandilar. Bu yo'nalish olimlarining boshqalardan ajralib turadigan tomoni, ular boshqacha fikrlovchilarga nisbatan o'ta jipslikda hujum uyushtirar, ayri fikrlovchilarni o'ta qattiq tanqid qilishar, ularni «maydakash, savodsiz olimlar»-deyishardi va bu bilan o'zlarining nazariyalaridagi dalillarning kuchsizligini bildirib qo'yishardi.
Tanqidlarga qaramay, skif va sarmatlar turkiylar ekanligini isbotlamoqchi bo'lganlar o'sha paytlarda ham topilardi. Ba'zida bunday olimlar millati turk bo'lmagan olimlar ichidan ham chiqib qolardi. Masalan, 1904 yilda O.Franke Xitoy manbalarining O'rta Osiyo skiflarini aniqlashda tutgan o'rni bilan bog'liq kitobini e'lon qiladi [Durmush, 1993, 17].
Uning qayd etishicha, xitoy manbalarida o'rta osiyolik skiflar ikki nomda: sai va sak etnonimlarida uchraydi. Olim «sai» degani, xitoy tilida «saki»ni bildiradi, degan fikrni ilgari suradi. Ya'ni «sai vang» degani – «shoh saklar» deganidir [Durmush, 1993, 27-28] (Qadimgi Xitoy manbalarida ham «shohlar avlodi» haqida fikr bo'lganiga e'tibor bering).
Arxeologik qazishma ishlari natijasida Dunaydan boshlab, Xitoyning Farbiy chegarasiga qadar erlarda skiflar (saklar, sailar, ishguzlar) yashaganliklari aniqlangan.
Ustoz M.Zakievning fikriga ko'ra, skid (skif) etnonimi eramizdan oldingi III asrdan boshlab, o'z o'rnini Gerodot tilga olmagan sarmat, keyinchalik savromat so'ziga, savromat so'zi o'z navbatida eramizdan oldingi I asrda alan va as so'zlariga o'z o'rnini bo'shatadi.
Shunisi qiziqarliki, skiflar tarixi bilan shug'ullangan turkshunoslar bu manbalarni lingvistik, mifologik, etnologik nuqtai-nazardan o'rganish jarayonida skiflar va sarmatlarning turk tilida so'zlashganliklarini aniqlaganlar.
Masalan, 1880 yilda venger turkshunosi Geza Kuun «Kumanikus Kodeksi» asarida skiflarning turkiyzabonliklarini rad etib bo'lmas dalillar bilan isbotlab beradi [Kuun, 1881, LVII-LVIII].
Xasan Ato Abushiy ham skiflarning turkiyzabonligini ishonch bilan isbotlaydi. U 1909 yilda «Turkiy qavmlar tarixi» asarini yozadi [Gabashi X.G., 1909, 54].
Taniqli tatar tarixchisi Xodi Atlasi «Sibir tarixi» kitobida qadimgi yunonlar tilga olgan Skifiya hamda eronliklar qayd etgan Turon, hozirgi Turkistonga to'g'ri kelishi haqida xulosaga keladi (X.Atlasi., 1993,21).
O'z vaqtida, Frantsiyaning Sorbonna universitetini bitirgan, Evropaning asosiy tillarini yaxshi bilgan turk va tatar olimi Sadri Maqsudi Arsal ham skiflarning asosiy qismi turkiy tilda so'zlashganligiga e'tibor qaratadi.[Arsal, 1930, 8].
Turkiylarning mashhur tarixchisi Zaki Validi To'g'on ham o'z tadqiqotlari xulosasida yuqoridagiga o'xshash fikrni ilgari suradi. [Validi A.-Z., 1981, 34].
Sadri Maqsudi Arsalning qizi ko'pgina roman, german va turk tillari bilimdoni Adila Ayda qadimgi Rimda yashagan etrusklarning turkiyligini isbotlab, bu borada turk tarixchilarining jahon Kongressida ma'ruza qiladi. [Adilya Ayda, 1979, 287-292].
Sovet Ittifoqidagi rasmiy tarixiy fan skiflar-saklar –sarmatlarni eroniy tilda so'zlashuvchilar deb hisoblashiga qaramay, ba'zi turkshunoslar jasorat ila skiflarning turkiyzabonligini aytishgan. Masalan, qozoq olimlaridan A.S.Amanjolov, O.Sulaymonov, K.A.Akishevlar skiflar qozoqlarning ajdodi ekanligini baralla aytganlar [Amanjolov A.S., 1971; Suleymenov O., 1975; Akishev K.A., 1978].
Qozoq olimlarining bu asarlari ichida O'ljas Sulaymonovning «AZiYa» asari juda katta shov-shuvlarga sababchi bo'lgan. Muallif uning o'zbek atamasi kelib chiqishi haqidagi fikrini keskin ravishda rad etish bilan birgalikda, uning asari Markaziy Osiyo turkiylari tarixini o'rganish uchun o'sha «metin panjara»larni sindirishda katta ahamiyat kasb etganini qayd etadi.
Kavkazshunos olimlar I.M.Miziev va K.T.Laypanovlar 1986 yilda skif-sarmat va alanlarning asosiy tarkibi turkiyzabon ekanliklarini lingvistik, arxeologik, etnologik ma'lumotlar tahlili asosida isbotlab berganlar [Miziev I.M., 1986, 35-56, 123-138; Miziev I.M., 1990, 51-72; Laypanov K.T., Miziev I.M., 1993, 45-86].
1993 yilda turk olimi I. Durmush «Skitlar. Sakalar» («Skitler. Sakalar») nomli monografiyasini e'lon qiladi. Olim o'z asarida skiflarga oid lingvistik, arxeologik, etnologik ma'lumotlarni tahlil qiladi va skiflar (saklar)ning turkiy tilda so'zlashganliklarini rad etib bo'lmaydigan dalillar bilan isbotlab beradi [Durmush I., 1993].
Bulg'or tatarlari etnik ildizini o'rganish borasida M.Zakiev ham skif-sarmatlar masalasi bilan to'qnash keladi va bu haqda «Tatar xalqining skif-sarmat ildizlari» nomli maqola yozadi [Zakiev M., 1995a, 37-58].
Keyingi paytlarda skif-eroniy nazariyani rad etib, skif-turk kontseptsiyasini yoqlovchi asarlar ko'paymoqda. Shular jumlasiga Firidun Agasi o'g'lining lingvistik tahlillarga asoslangan asarlarini misol tariqasida keltirish mumkin [Firidun Agasyoglu, 2000, 77-133].
Yuqorida M.Zakievning asarlaridagi parchalar tarjimasidan ko'rganimizdek, skiflar, saklar, sarmatlar va boshqa ismlar haqidagi bahs-munozaralar 200 yillardan buyon davom etib kelmoqda.
Skitlarni eroniylar deguvchi eronshunos olim, filologiya fanlari doktori V.I.Abaev (osetin tilida – Abayty Ivany fyrt Vaso; 2 (15) dekabr' Gruziya — 12 marta 2001, Moskva) ning fikricha, Targitay so'zi forscha DARFA (mangu yoki o'tkir) va TAVA (kuch, quvvat) so'zlaridan tashkil topgan. [Abaev V.I., 1949, 163; Miller Vs., 1887, 127].
Targitayning katta o'g'lining ismi – Lipoksay so'zini V.I.Abaev olmon olimi M. Fasmerning fikriga asoslanib: «uning ikkinchi qismini ksaya/xsay so'zi» deydi, «uning ma'nosi – nur taratish, yaltirash, hukmronlik qilish; osetincha esa «knyaginya», «tong» ma'nosini anglatishini aytadi. Uning fikricha, so'zning birinchi qismi noma'lum, balki eroncha XORSED quyosh so'zidan olingan bo'lishi ehtimol»,- deydi.
Targitayning ikkinchi o'g'lining ismi professor V.I.Abaev fikricha, Arpoksaydagi birinchi uch harf «apr» bo'lib, undagi «ap» eroncha o'zakda «suv» va osetincha «ra», arf «chuqur», apra «suv chuqurligi»; xsaya – shoh; apra-xsaya «suv shohi» [Abaev V.I., 1949, 189].
Targitayning uchinchi o'g'li Koloksay haqida nemis olimi M. Fasmer va Abaevlarning fikricha Kolaksay so'zining ikkinchi qismidagi Xsay – «yarqirash, hokimlik qilish», osetin tilida «xsart» – «jasorat», xsinya – knyaginya, xsed- tong va hokazo. So'zning birinchi qismi «Kol», balki qadimgi eronchasiga xvar-xshaita «quyosh»dir [Abaev V.I., 1949, 189].
Skif-eron nazariyotchilari ba'zan bu so'zni forscha Skolaxshay deyishib, Koloksoyni skol (skolot)/skitlar – fors shohlari qabilasi boshlig'i deyishadi [Dovatur A.I., 1982, 207—208].
M.Zakiev esa quyidagicha fikr yuritadi: turk tili etimologiyasi bo'yicha Koloksay, qo'li- oq-soy «qo'llari oq, muqaddas qabila» yoki ikkinchi faraz «kola»-qal'a-shahar-poytaxtni anglatib, bu so'z o'shanda arabchadan olingan bo'lishi mumkin.
Ustoz M.Zakievning Targitay so'zi bo'yicha xulosasi quyidagicha:
Targitaydagi «targi» yoki «tariq» va «soy» – «toy» ya'niki qadimgi turk tilidagi «urug'», «qabila» ma'nosini ifodalaydi. Ya'ni, Targitay so'zi turkiy tilda «Tariqchilar urug'i» yoki «dehqonlar urug'i boshlig'i» ma'nosini anglatadi.
Akademik M.Zakiev Lipoksayni: «Lip» – qadimgi fors tilidan chegara, «ok» – oq, oliyjanob, boy; «soy»-oldingi xulosa kabi qabila, urug' nomi bo'lib, Chegarani qo'riqlovchi qabila ma'nosini beradi».
M.Zakievning Targitayning ikkinchi o'g'li Arpaksay haqidagi fikricha, bu erda Arpa – don ekini, oqsoy – muqaddas urug', oliyjanob urug'. Turkiy etimologiya bo'yicha Arpaksay «dehqonlar qabilasi boshlig'i».
Targitayning uchinchi o'g'li Koloksay bo'yicha M.Zakiev fikri: turk tili etimologiyasi bo'yicha Koloksay, qo'li- oq-soy «qo'llari oq, muqaddas qabila» yoki ikkinchi faraz «kola»-qal'a-shahar-poytaxtni anglatib, bu so'z o'shanda arabchadan olingan bo'lishi mumkin.

M.Zakiev Skif so'zi bo'yicha quyidagicha fikr bildiradi:
Bu so'z Skide –iskid–iskuz–Ishguz [Zakiev M.Z., 1995, 23, 40—41]. Ya'ni M.Zakievning fikriga ko'ra: Ashguz – Ishguz – Iskuz – Iskid – Skid – Skit- Skif (ruschasiga). Chunki, ruslar Trakiyani – Frakiya, Tissagetni – Fissaget va hokazo deyishadi. Gerodot Trakiya (Frakiya)da eng yaxshi qabila sifatida getlarni tilga oladi (Gerodot «Tarix» IV, 93).
Ko'rib turganimizdek ikkala sovet keyinchali Rossiyalik V.I.Abaevning va Tataristonlik M.Zakievning fikrlarida taxmin unsurlari mavjud.
Men bu beshala so'zdagi taxmin unsurini kamaytirishga, alqissa yo'qqa chiqarishga urinib ko'raman.
Agar biz V.I.Abaevning fikriga binoan Targitay so'zini DARFATAVA deb olsak, mo'g'ul tilidagi DORUFA so'zi qachonlardir Hokim ma'nosida ishlatilganligi tarixan ma'lum bo'lib, bu so'zning forscha ildiziga shubha uyg'onadi. Targ'itoy qaerda-yu, Darg'atava qaerda?
M.Zakievning fikridan kelib chiqadigan bo'lsak, Targitay yashagan skiflar yurti aholisi Gerodot davrida ham asosan ko'chmanchi bo'lgan.
Gerodot “Tarix” IV kitobi 7-bobida shunday deydi: “…skiflar mamlakati (Dashti qipchoq–A.Sh.) qadimda kimsasiz bo'lib, dastlabki inson Targ'itoy bo'lgan” (“Qadimgi tarixchilar O'rta Osiyo haqida”YURIST-MEDIA MARKAZI” Toshkent-2008 yil 8-bet).
Demak, Gerodot aytayotgan skitlarning bobosi Targitay bu erga, ya'ni Dashti Qipchoqqa Doroning eramizdan oldingi 514-yildagi yurishidan ham ming yil avval kelgan!
Gerodot dashti qipchoqliklardan Targ'itoyning Dashti qipchoqqv qachon kelganligini so'rab shu xulosaga kelyapti. Aslida Dashti qipchoq aholisi Gerodotga «Targ'itoyning Dashti qipchoqqa kelganligiga (Gerodot davrida) 2300 yil bo'ldi» deyishi kerak edi. Ammo, bunday demaganlar. Chunki, ular sanoqda adashganlar.
Abulg'ozi ham, Gerodot fikrini tasdiqlab, Dashti qipchoqdagi birinchi odam Qipchoq ekanligini aytyapti. Ammo, Abulg'ozida aniq sana bor. Qipchoqning Dashti qipchoqqa kelishi bilan Chingizxon davri oralig'i 4000 yil. Mana o'sha ma'lumot:
«O'g'uz xonning zamonidin Chingizxon zamonig'acha Tin va Atil va Yoyiq, bu uch suvning yoqasinda qipchoqdin o'zga el yo'q erdi. To'rt ming yilg'acha ul erlarda o'lturdilar. Aning uchun ul erlarni Dashti Qipchoq derlar» (Abulg'oziy «Shajarai turk» T.-1994 yil «Cho'lpon» nashriyoti 22-bet).
Gerodot zamonida Dashti qipchoqdagi skitlar yurtiga Dunay daryosi orqali bostirib kelgan Doroga makr ishlatib, uning armiyasini toliqtirish uchun turli-tuman joylarga O'g'uzxonning navkari Qangli o'ylab topgan aravada xotin-xalaji-yu, bola-chaqasini mindirib qochib yurgan Idantirs, ko'chmanchi edi. U qochib ketaturib, Doro otlari uchun ozuqa bo'lmasin degan ma'noda dashtdagi o'tlarni ham yoqib yuborar edi. Skitlar boshlig'i Idantirs Volga bo'yigacha qochib, Doro armiyasini holdan toydiradi. Ochiq jang qilmay qochib yurgan Idantirsni qo'rqoqlikda ayblab, to'xtashga majbur qilish uchun Doro unga «nega mendan qochib yuribsan?»-degan ma'noda xat yuboradi. Shunda skitlar podshosi Idantirs «men sendan qochayotganim yo'q. Avval, qanday yashayotgan bo'lsam, xuddi shu tarzda yashayapman. Mening muqim uy-joyim, yashash manzilib yo'qki uni qo'riqlasam. Agar sen men bilan jang qilmoqchi bo'lsang, mening ota-bobolarim ko'milgan mozorlar(skitlar o'lgandan so'ngina tinchib,qo'nim topadilar)ni topib uni buzishga urinib ko'r. Shunda mening jang qilish, qilmasligimni bilasan»-deydi. Mana shu epizodning o'ziyam Skitlar dehqonchilik qilmaganligini bildiradi. Chunki, dehqonchilik o'troq hayotni talab qiladi.
Shuning uchun M.Zakievning Targitay – «Dehqonlar otasi» degan ma'noni ifodalovchi dalillarini ham inobatga olib bo'lmaydi.
Bahodirxon bilan Gerodot keltirayotgan ma'lumotlar yillar bo'yicha 1300 yilga farq qilayotgan bo'lsa-da, Targ'itay bu erlarga boshqa yurtdan kelganligi ma'lum bo'lmoqda.
V.I.Abaev va M.Zakievlar Targitay, Lipoksay, Arpaksay, Koloksay so'zlari etimologiyasini topishda turkiy til va turkiy mentalitetning bir jihatini e'tibordan qochirishyapti.
Turkiy tillar o'zaklarning elimlanishidan iborat bo'lib, har bir o'zak alohida ma'no berishi, ular alohida ishlatilishi ham mumkinligini birinchi bobda aytib o'tdik. V.I.Abaev eronshunos bo'lganligi uchun uni tushunsa bo'ladi, ammo, M.Zakiev juda katta turkshunos olim.
Turkiy tilning mana shu xususiyatini inobatga olsak, quyidagi so'zlarga duch kelamiz:
1. Tar-Git-Ay;
2. Lip – Oks – Ay;
3. Arp- Oks – Ay;
4. Kol – Oks – Ay.
Bu so'zlardagi o'zaklarni sharhlashga o'tamiz.
Targitay so'zidagi «Tar» – Turk, Tangri so'zlari bo'lishi mumkin. Biroq boshqa variant bor. Tar – bu hozirgi tilimizdagi Tor. 4800 yil avval uning shakli Tar bo'lgan va bu so'z hozirgi Ipni bildiradi.
Bu ip ko'chmanchi uchun juda ahamiyatli, muhim so'z. Tar kamonning tori. Kamon esa ko'chmanchining eng muhim quroli. Tar bu aravani otga boylaydigan vosita. Arava esa ko'chmanchining uyi, ayoli, bolalari. Tar qanchalik mustahkam bo'lsa ko'chmanchini dushman hamlasidan saqlaydi, aravadagi bolalarini esa ko'chib yashashini ta'minlaydi.
TarXon – deyishdi Misr piramidasidan chiqqan ko'ylak nomini.
Tarxon degani turkiy davlatda Oliy mansab bo'lib, Xonga eng yaqin kishi degani ham. Temuchin (Chingizxon)ni O'ngxon hujumidan ogoh qilgan yosh yigitlarga tarxon unvoni beriladi. Bu unvonning qanday ulug' ekanligini Mirzo Ulug'bek «To'rt ulus tarixi» asarida shunday keltiradi:
«O'ngxon tomonidan qasd qilinganidan ogoh qilgan ikki go'dakni tarxon qildilar.
Tarxon shunday odamki, barcha jarimalardan ozod va erkin, qay lashkarda bo'lmasin, qanday o'ljani qo'lga kiritmasin, hech kim undan biror narsa ola olmaydi, unga tegishli bo'ladi va buyurdiki, qachon xohlasa dargohga ijozatsiz va dastursiz kira olur. To'qqiz bor gunoh ulardan sodir bo'lganda ham biror kishi uni Jazo bera olmaydi. Yana tayinladiki, uning najodidan to'qqiz avlod boshqa takliflardan emindirlar. Nazm (mazmuni):
Oqil va xush yulduzli ikki o'g'il dushman makridan xabar berdilar. Shunday farmon berdiki, to'qqiz pushtigacha bo'lganlarning gunohidan o'tarlar bizning odamlar, bizning joyda turg'un bo'lurlar.
Hozirgi davr tarxonlari ularning naslidandir. Tar-xonlarning ko'pchiligi bodoy qavmidan. Chig'atoy ulusidagi tarxonlar Qishliq naslidandir».
Targitaydagi Git esa turkiy tilda O'g'uzlar ma'nosini beradi. Misol uchun turkiy urug' hisoblanmish «Mang'it» so'zida bu so'z G'it shaklida turibdi. Ay esa – odam, kishi ma'nosida.
Shuning uchun TarGitAy so'zi O'g'uzga yaqin, bog'langan shaxs ma'nosini beradi. Qiziqarli tomoni shundaki Abulg'oziyga ko'ra Qipchoq ham O'g'uzxonnning asrandi o'g'li. Qondosh emas. Ya'niki, Tar so'zi uning Xon naslidan bo'lmasa-da O'g'uzxonga tegishli kishi ekanligini ko'rsatib turibdi.
Arpoksaydagi Arp, aslida turkiycha Alp Er bo'lib, keyinchalik Arp bo'lib ketganligi mantiqan to'g'ri.
Lipoksaydagi Lip esa turkiy tilda Uchqun, nurning bir bo'lagini anglatadi.
Koloksaydagi Kol. Bu turkiycha «Qol» bo'lib, ona Turkistonni tark etib Dashti qipchoqda qolgan, hozirgi qolmoq xalqi aynan Koloksay avlodidir. Evropadagi o'troq hayot (to'planish)ni anglatuvchi Koloniyadagi «Kol» ham turkiy «Qo'l» emas, balki «Qol». Koloksay so'zining biroz shakli o'zgargan holati hozir ham bor. Bu so'z evropaliklar tilidagi KOLLEKTsIYa so'zi bo'ladi.
Arpaksay, Lipoksay, Koloksay so'zlaridagi Oks esa O'g'uzdir. Bu so'z evropada hozir ham bor. Misol uchun Oksitan xalqi, Oksford shahri nomidagi Oks, evropaliklar O'rta asrlarda bizning yurtimizni TransOKSiana deganligi.
Rossiya va Tataristonlik olimlar I.V.Abaev va M.Zakievlardagi yana bir e'tiborga olinmagan holat turkiylarning o'ta konservativ mentalitetga egaligi bilan bog'liq.
Turkiylarning konservativligini o'z otalari Turkni hech qachon yoddan chiqarmaganliklaridadir. Ha, turkiylar hech qachon o'z qahramonlarini esdan chiqarmaydilar.
O'g'uzxon turkiylar ichidagi eng buyuk lashkarboshi va ShOH edi.
Turkiy mentalitetning o'ziga xos bu jihatini miloddan avvalgi 90 yilda tug'ilib miloddan oldingi 21 yilda vafot etgan Rimlik tarixchi Diodor (Sitsiliyalik) o'zining «Tarix kutubxonasi» nomli asari II kitobi 2-bobida, ajayib tarzda bayon etadi:
«Endi Hindiston chegaralarida yashovchi skiflar haqida gaplashaylik. Boshlanishida ular uncha katta bo'lmagan makonda yashaganlar, biroq keyinchalik o'zlarining qo'rqmas va jasurliklariga tayanib, juda shuhratli va jangovar xalqqa aylandilar. Eng avvalgi skiflar Araks (Amudaryo) bo'ylaridagi erlarda yashab, unchalik ko'p bo'lmaganlar… ammo ularning shohlaridan biri tog'li joylardan Kavkazgacha, tekislikda esa Meotiya qo'ligacha (Azov dengizi), Tanaidgacha (Don daryosi) bo'lgan erlarni egallagan. Undan so'ng skiflar Frakiya… Misrda esa Nilgacha… Sharq okeanigacha… Kaspiy va Meotiya ko'ligacha etib borganlar. Ba'zi bir atoqli shohlarning otlari skiflarning turli shoxobchalari — saklar, massagetlar, arimasplar va hokazolarga nom bo'lib o'tgan» «Qadimgi tarixchilar O'rta Osiyo haqida». T.-2008 «YURIST-MEDIA MARKAZI» 60-bet).
Ikki ming yil avval yashagan Diodor Hindiston chegarasida yashovchi xalqning juda mashhur jahongir bobosi haqida gapirmoqda. Diodor yana qiziq bir faktni tilga olyapti. O'sha jahongirning ismi skiflarning turli-tuman shoxobchalari nomlarida turganmish!
Endi bu gapning tasdig'ini Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi» asarida ham, Abulg'oziy Bahodirxonning «Shajarai turk» asarida ham topsa bo'ladi. O'g'uzxon qadimda Xitoyni ham, Hindistonni ham, Eron, Shom, Misrni ham, Rus dengizigacha erlarini ham jang qilib, o'ziga tobe qilgan. Ulug'bek O'g'uzxon haqida bunday deydi, “… (O'g'uzxon) Har bir shahar va nohiyaga bir amir va hokim jo'natdi. Bir xirgohni javohirlar bilan bezatib hisrovona bazm va podshohona to'y tashkil etdi. Jam'i buzurglar, amirlarga yaxshi navozish va siylovlar ko'rgazdi. Sultonlar sulolasini O'g'uzxon boshlab berdi»….turk maliklari orasida misli jamshed edi. Ajam maliklari orasida ham» (M.Ulug'bek “To'rt ulus tarixi” T.-1994 yil “Cho'lpon” nashriyoti 50-bet).
Vaqti keladi, men sizga o'zbek, qozoq, qirg'iz, totor so'zlarida O'g'uz so'zi borligi haqida o'z fikrimni bayon etaman.
Endi Skit so'ziga kelsak, bu so'z turkiy tilda «IsKit» sifatida yangraydi. Bu erdagi «Is» O'g'uz so'zining qisqargan shaklidir. Evropada bu IsKandinaviya, IsLandiya, IsPaniya, Islovan so'zlarida bor. Iskit so'zidagi Kit, bizning «G'it»dir. IsKit esa O'g'uzlarning ikki urug'i birlashuvini bildiradi.
Turkiy, xususan o'zbek tilida ko'plik ma'nosini beruvchi «Lar» so'zidagi «L» tovushi o'zidan oldingi undosh shakliga kirib ketadi. Misol uchun G'uzlar – G'uzzar, Otlar – Ottar.
O'g'uzxon Shohlar avlodini boshlab bergan shaxs bo'lganligi uchun. Shohlar so'zi keyinchali Shahhar – Shahar so'zini keltirib chiqargan.
Inglizlarda esa Skiti so'zi biroz o'zgarib Siti (shahar) so'zini anglatadi.

Davomi bor

Anvar Shukurov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube