O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xitoy uyg'ur mahalla va masjidlarini qanday yo'q qilmoqda?

Xitoy uyg'ur mahalla va masjidlarini qanday yo'q qilmoqda?
24 Haziran 2019 - 11:37 'da yuklandi va 629 marta o'qildi.

Yuz minglab uyg'ur, qozoq va boshqa musulmon etnik ozchiliklar majburiy ravishda qayta tarbiyalash jamloqlariga yuborilarkan, bu vaqtda Xitoy hukumati ularning mahalla va masjidlarini er yuzidan supurib tashlamoqda.

Bi-bi-si muxbiri Jon Soduort Shinjonda Xitoy hukumati er yuzidan yo'q qilayotgan mahalla va masjidlarni borib ko'rishga harakat qildi.

Uning lavhasida aytilishicha, bundan to'rt yil oldin gavjum bo'lgan masjid bugun huvullab qolgan. Hatto qariyalarning yuzlaridagi soqollar ham qirib olib tashlangan:

Shinjonning muqaddas joylaridan biri Itqo masjidida mahalliy hukumat ramzlaridan biri tomda hilpirab turibdi.

Bizga berilgan ruxsat uyushtirilgan tomoshaga o'xshardi. Bu erda Xitoy hukumati diniy e'tiqodni qattiq nazoratga olganligi to'g'risidagi xavotirlarni ko'rmaysiz.

Masalan, Hukumat tomonidan tayinlangan imom Shinjonda uzun soqol qo'yish taqiqlanganini inkor qiladi.

Rasmiy hamroxlarimizdan bir amallab holi bo'lganimizda, eshiklariga qulf osilgan va kimsasiz uylarda islomiy an'ana hamda e'tiqodning ta'qib etilayotganiga aniq dalillarni ko'rdik.

Oqqa qora qilib, shu qishloqda yashovchi odamlarga ayrim diniy amallarning taqiqlangani haqida yozib qo'yishgan. Mana bu erda, 10 chi punktda yoshlarning uzun soqol qo'yishi mumkin emas, deb yozilgan.

Uylarga yaqin joyda Shinjonning qayta tarbiyalash markazlaridan biri bor ekan. Yuz minglab uyg'ur, qozoq va boshqa musulmon etnik ozchiliklar ularning ichida ko'zdan g'oyib bo'lgan.

Mintaqa bo'ylab qurilgan mana bu masjidlar buzilgan va buzilmoqda. So'nggi ikki yilda shahar, tuman va qishloqlarda sun'iy yo'ldosh orqali ko'rinib turgan diniy maskan bo'lmish masjidlar quruq erdagi dog'ga aylangan.

Xitoy Shinjondagi siyosati yillar bo'yi davom etgan bo'lginchi harakatlarga munosib javob ekanligini mana bu ko'rgazmada ko'rsatishga harakat qiladi.

Biroq bu siyosatning oqibatini Keriya shahrida mustaqil ravishda tasvirga olishga borayotganimizda qiyinchilikka duch keldik.

Men undan masjidga o'ta olamizmi, deb so'raganimda yo'l yopiq deb javob berdi. Bizningcha, yo'l hozirgina, biz kelishimizdan sal oldin yopilgan. Mototsikl, skuter va boshqa mashinalar ham to'xtab nimaga o'tish mumkinmasligini so'rayotganiga guvoh bo'ldik.

Biz ulkan darvozaxonasi bo'lgan mana bu Aytika masjidiga nima bo'lganini bilishga qiziqdik. Uning soyalari masjid 2017 yilda ham qad rostlab turganini ko'rsatadi. Biroq ular hozir yo'q. Masjid Atrofini o'ragan tijoriy qurilishlar orasida ko'rinmay qolgan.

Biz ayrim qurilish ob'ektlarini yaqindan tasvirga olishning uddasidan chiqdik. O'rtada masjid namozxonasining gumbazi yolg'iz turganini ko'rish mumkin edi. Biroq mana bu ekskavator bir vaqtlar masjid darvozxonasi bo'lgan erda turardi.

Masjid yonidagi an'anaviy uyg'ur mahallalari ham er yuzidan supurib tashlangan. Ikki yil oldingi tasvirlarda eski uylarni ko'rish mumkin edi. Bir necha oydan so'ng barcha binolar yo'qolib qolgan.

Mana bu bir parcha er zamonaviy Xitoyni oldinga intiltirayotgan ikki kuch – siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni o'zida aks ettiradi. Bu mahallalarda kambag'allar yashagani shubhasiz. Biroq bu mahallalarni buzish, u erlarda yashaganlarning diniy e'tiqodini bostirish va yuz minglab odamni qayta tarbiyalashga yuborish orqali bo'lmoqda. Xavotir tomoni shuki, butun tarix va madaniyat yo'q qilinmoqda.

2015 yilda Itqo masjidiga namoz o'qish uchun kelayotgan odamlarni tasvirga olgandik. Soqollar yaqqol ko'zga tashlanardi. 4 yildan so'ng yuzlar qirib tozalangandi. Namozdan oldingi holat esa mana bu edi.

Ichkarida to'rt-besh qariya jimgina namozini o'qiyapti.

Biz ko'rib turgan narsa Xitoy hukumati bu mintaqada Islomni bo'g'ayotganiga dalil bo'lmaydimi, degan savolga hukumat tomonidan taqinlangan imom “yo'q” deya javob beradi.

Yaqin yaqingacha bu joy ixlosmand jamoaning urib turgan yuragi edi, bugun esa bu erda deyarli hech kim yo'q.

BMT, Shinjon va uyg'urlar

O'tgan yil avgust oyining boshida mazkur masalani ko'rib chiqish davomida BMTning Irqiy Kamsitishga Barham Berish bo'yicha Qo'mitasi Uyg'ur avtonom regioni rasmiy Pekin tomonidan «ommaviy tarzda hibsga olinganlar tutib turiladigan lagerga o'xshash hududga aylantirilgani»ga ishora qiluvchi ishonchli hisobotlar bor ekanligini aytgan edi.

Xitoy bu da'voga uyg'urlar to'liq fuqarolik huquqlariga ega ekanligini «yana bir bor» eslatish bilan javob qaytargan. Biroq rasmiy Pekin «diniy ekstremizm tuzog'iga tushib qolganlar… qayta joylashtirilishi va qayta tarbiyalanishi lozim»ligini ham ta'kidlab o'tgan.

Inson huquqlarini himoya qilish guruhlari, xususan, Amnesty International va Human Rights Watch BMT qo'mitasiga uyg'urlarning ommaviy hibsga olinishi hujjatlashtirilgan hisobotlarni taqdim etgan.

Ularga ko'ra, lagerlarda tutib turilgan uyg'urlar Xitoy prezidenti Si Jinpingga sodiq bo'lish uchun qasam ichishga majburlanadi.

Jahon Uyg'ur Kongressi o'zining hisobotlarida uyg'urlar lagerlarda biror ayblovsiz tutib turilishi va Xitoy Kommunistik Partiyasi shiorlarini bor ovozda aytishga majburlanishini ko'rsatib o'tadi.

Kongress hisobotida qayd etilishicha, hibsdagilar to'yib ovqat eyish imkonidan mahrum, lagerlarda qiynoqlar keng tarqalgan.

Shuningdek, aksar mahbuslarga biror ayblov qo'yilmagani va ular qonuniy vakil xizmatidan foydalana olmasligi iddao qilinadi.

BMTning ushbu hisoboti Xitoyning boshqa hududlarida diniy ziddiyat kuchayayotgan bir vaqtda e'lon qilindi.

Uyg'urlar, asosan, Xitoyning Shinjon provintsiyasida yashovchi musulmon etnik ozchiligidir.

Ular provintsiya umumiy aholisining 45 foizini tashkil qiladi.

Shinjon rasman avtonom region hisoblanadi, ammo, yillarki, hukumat tomonidan bosim va qatag'onga uchrab keladi.

O'tgan bir necha oydan buyon Shinjon provintsiyasida uyg'urlar va boshqa musulmon etnik ozchiliklari yanada ko'proq hibsga olinayotgani to'g'risidagi xabarlar to'xtamayotir.

Bu hibslar Xitoy hukumati tomonidan diniy ekstremizmga qarshi kurash niqobi ostida olib borilayotgani aytiladi.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube