O’zbekiston Xalq Harakati

Putinning vahimali tushi – Soros

Putinning vahimali tushi – Soros
24 Haziran 2019 - 15:24 'da yuklandi va 794 marta o'qildi.

2004 yil Gurjistondagi “atirgul inqilobi”dan keyin prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan parlament spikeri Nino Burjanadze, o'sha voqealardan ko'p o'tmay, Bi-bi-siga kelgan edi. O'shanda gurji inqilobi haqida batafsil suhbatlashganmiz. “Gurjilar Xudo urgan tanbal xalq, ular vino ichib, qo'shiq aytib yotsa bo'ldi, boshqa hech narsaga yaramaydi. Inqilob kunlari biz uchun eng qiyini odamlarni ko'chaga chiqarish bo'ldi. Uyma-uy yurib, namoyishga olib chiqdik”, degandi o'shanda Burjanadze xonim.

Ana shu tanbal gurjilar endi haqqini tanib qoldi. Endi ularni ko'chaga chiqarish uchun Dumaning hech kim tanimaydigan ahmoq deputatlaridan bittasi Tbilisida ruscha nutq irod qilsa etadi. Jirinovskiy bo'lishi shartmas. Beshinchi kolonnaning rus tiliga rasmiy maqom so'rashi ham talab qilinmaydi.

Burjanadze aytib bergan voqealardan yana esimda qolgani – Putinning o'sha paytdagi reaktsiyasi.

“Atirgul inqilobi”dan ko'p o'tmay, Burjanadze Moskvaga safar qiladi. Kremldagi muzokaralar vaqtida Putin uning qo'lidan ushlab olib, “Nino, to'g'risini ayt-chi, Jorj Soros sizlarga pul berdimi?” deb qayta-qayta so'raydi.

“Men Xudoni o'rtaga qo'yib qasam ichmas ham, Putin ishonmadi”, degandi o'shanda gurji siyosatchisi.

Oradan 15 yil o'tib, Gurjiston sobiq SSSRning korruptsiya va jinoyatchilik avj olgan eng qoloq davlatidan evropalik sayyohlar va biznes uchun eng jozibali davlatga aylandi.

Oldingi o'rnini esa, Rossiyaga bo'shatib berdi.

Mamlakatda uchta prezident almashdi.

Putin bo'lsa, hali ham Kremlda va hali ham Soros haqida qo'rqinchli tushlarni ko'rib yotibdi.

Pahlavon Sodiq

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano