O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Kulishni ham, yig'lashni ham bilmaysan

Kulishni ham, yig'lashni ham bilmaysan
25 Haziran 2019 - 10:33 'da yuklandi va 746 marta o'qildi.

Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulovning “O'zbekiston 24” telekanali efirida oliy ta'limdagi muammolar haqida aytgan so'zlariga e'tiroz bildirgan 58 kishidan iborat guruh yurtimiz xalqiga ochiq xat e'lon qilibdi. Ochig'i, xat bilan tanishib chiqib, o'sha 58 kishidan birortasi Toshqulov domlaning gaplarini to'g'ri tushunganiga yoki tushunishni xohlaganiga shubha qildim.

Eng achinarlisi, ochiq xatni qayta-qayta o'qir ekanman, tolerantlik, ya'ni bag'rikenglikdan so'z ochgan kishilarning Islom ma'rifati haqida gapiruvchi xalq vakiliga qanchalar toqatsiz ekanini his qilish mumkin.

Ochiq xatda, yumshoqroq qilib aytganda, g'alati iddaolar ilgari surilgan. Bu xatga imzo chekkanlar Abduqodir Toshqulovning so'zlaridan qanday qilib “shariat qonunlariga shama qilyapti, konstitutsiyaviy tuzumni bekor qilishga chaqiryapti” degan xulosaga kelgani men uchun qorong'i. Chunki senatorning nutqida bunga hatto ishora ham qilinmagan edi. O'zi oxirgi paytlarda har bir din haqida gapirganga “shariatni shama qilyapti, kontitutsiyaviy tuzum yoqmay qolibdi” qabilida ayblovlar taqash tendentsiyasi kuzatilyapti. Ammo unutmaylik, “konstitutsiyaviy tuzumni bekor qilishga chaqirish” degan ma'nodagi tushuncha qonunchilikda mavjud va u jinoiy xarakter kasb etadi. Bunday ayblov qo'yish hazilakam ish emas. Bir insonni asossiz ravishda jinoyatda ayblashning o'zi ham jinoyat emasmi? Chunki bizning tushunchamiz bo'yicha, Abduqodir Toshqulov ma'naviy tanazzul, xalqning ma'naviy ildizlarini qo'porishning oqibati va bu omillarning jamiyatga, xususan, ta'lim tizimiga ta'siri, halol va harom, adolat mezonlari haqida gapirgan edi! Modomiki, o'zbek xalqi ma'naviyatining ildizlari Islom diniga, islomiy ma'rifat va islomiy axloqqa borib taqalar ekan, jamiyatdagi muammolar haqida gap ketganda o'z-o'zidan Islom diniga yuzlanishga to'g'ri keladi.

58 kishining e'tirozlaridan yana biri mamlakatimizdagi Islomiy ta'lim haqida ekan. “Mamlakatimizda Islomiy ta'lim qanday ahvoldaki, u haqida gapirilsa. Yoshlarga masjidlarda Buyuk Islom falsafasi, Buyuk Islom madaniyati, Buyuk Islom arxitekturasi, Buyuk Islom matematikasi yoki tibbiyoti haqida ma'ruza qilinyaptimi? Ularga bu o'lkada yashab ijod qilgan buyuk so'fiylar haqida ikki ming imomdan qaysi biri so'zlab bera oladi?”, deydi murojaatchilar. Ularning so'zida qisman haqiqat bor. Ammo bu ajoyib va tushunarsiz paradoksni keltirib chiqaradi. Chunki senator ham aynan shu haqida gapirdi-ku! U ham aynan Islomiy ta'limning oqsayotganiga urg'u berdi, “Gyote”dan iqtibos keltiramizu, ammo undan ming chandon buyukroq haqiqatlarni ta'lim bera oladigan hadislarni o'rgatishga qo'rqishimiz haqida ro'y-rost so'zladi.

Ochiq xat mualliflarining yana iddao qilishlaricha, Toshkentda juma namoziga borayotgan yoshlarning aksari uchun bu shunchaki urf (moda) ekan! Qiziq, “jamiyat siyosiy hayotidagi voqea-hodisalarga befarq qolishni istamagan” 58 yurtdoshimiz bunday umumlashtirilgan xulosaga kelishda nimalarga asoslanishdi ekan? Masjidning eshigida turvolib so'rovnoma tarqatib, ijtimoiy tadqiqot o'tkazishdimikan? Ehtimol, ular insonlarning ko'nglidagini o'qish qobiliyatiga egadir? “Tuhmat qilish ham evi bilan bilan-da”, deysan kishi. Xalq vakilining diniy ma'rifat haqida aytganlariga toqatsizliklarini namoyish qilish uchun bo'lar-bo'lmas argumentlardan foydalanishlari ularning saviyasini namoyon qilib turibdi.

Shuncha gapni sabr bilan o'qib tursam, ularning ochiq xatdagi eng xatarli iddaosi yangradi! Emishki, yoshlar aynan masjidlarda radikallashayotgan ekan. Buni o'qib to'g'risi, kulishni ham, yig'lashni ham bilmaysiz. Vaholanki, O'zbekistonda hech qaysi masjid o'zboshimchalik bilan faoliyat yurita olmaydi. Jinoyatlarni aniqlash uchun hali ko'chalarda o'rnatib ulgurilmagan videokameralar masjidlarning deyarli hammasida bor. Aytgancha, 58 vatandoshimizning yana da'vo qilishicha, masjidlardagi radikallishuvga sabab imomlarning besavodligi, ular ma'ruzalarida bag'rikenglik, yaqinlarga muhabbat, ilm olishga intilish haqida gapirmasligi ekan. Yaxshiroq gumon qilaman, bunday e'tiroz bildirganlar hayotida biron marta masjidga bormagan bo'lsa kerak. Aks holda yaxshi bilgan bo'lishardi, yuqoridagi mavzular aynan eng ko'p aytiladiganlari bo'lib, masjidlardagi ma'ruza matnlari va ularning mavzusi mutasaddilar tomonidan tasdiqlanib keyin barcha imomlarga tarqatiladi. Imomlar aksar hollarda matnni xalqqa o'qib etkazishadi, xolos. Endi haqiqiy sabab haqida gapirsak, har qanday jamiyatda radikallashuvning bir qator ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sabablari bo'ladi. Buni shundoqqina masjidlarga yuklab qo'yish insofsizlikdan o'zga narsa emas. Tushunib turibman, bu xat mualliflarining sub'ektiv fikri, lekin bir iddaoni o'rtaga tashlaganda uni asoslab berish ham kerak.

Xat mualliflari yurtimizdagi diniy ta'lim tizimi bilan tanishmi? Diniy sohada kadrlar qanday tayyorlanishini, diniy ta'lim dargohlarida nimalar o'qitilishini biladimi? Qancha yoshlar aynan masjidga borgani uchun radikallashib ketibdi? Ularning son-sanog'i hisoblanganmi? Buning uchun nechta imom javobgarlikka tortildi? Modomiki, xat mualliflari masjidga borayotgan yoshlarimiz imomlarning savodsizligi tufayli radikallashib ketayotganini aytayotgan ekan, shu kabi savollarga javob berishi kerak. Ochig'ini aytsam, senatorning gapiga e'tiroz bir chekkada qolib, 58 nafar yurtdoshimiz murojaat bahona xalqqa o'zlarining pozitsiyalaridan kelib chiqadigan “mesej”larini aytib olmoqchidek, ya'ni “yoshlar masjidga bormasin” demoqchidek tuyulishyapti.

Nazarimda ochiq xatning eng muhim nuqtalaridan biri “aynan bir dinga mukkasidan ketish taraqqiyotdan ortda qolishga olib keladi” degan fikrdir. Ularning aytishicha, biz “bir dinga yopishib olmasdan, mashinalar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari, zavod va fabrikalarni qurishni o'rganishimiz kerak” ekan. Avvalambor, o'sha efirda faqatgina dinga yopishib, dunyoviy ilm-fanni chetga surish haqida umuman gap-so'z bo'lgani yo'q. Qolaversa, Islom ilm-fanga ham, taraqqiyotga ham qarshi emas. Islomning dunyo ilm-faniga qo'shgan hissasiga to'xtalib o'tirmayman, menimcha, bu o'rinda mazkur din “O'qi!” degan ilohiy buyruq bilan boshlanganini eslash kifoya. Islomni ilm-fanga, taraqqiyotga to'g'anoq deb o'ylash bu dindan bexabarlikni ko'rsatish bilan birga Islom diniga qilingan og'ir tuhmatdir.

Xulosa o'rnida aytamanki, murojaatchilar aytgan gaplarning ba'zilarida jon bor. Ular aytganidek, muammo faqat diniy omildan kelib chiqmaydi. Senator ham muammolar ildizi Islomiy ma'rifatdan uzoqlashishda deb izohlar ekan, buni yagona sabab deb, boshqa barcha omillarni inkor qilishni qasd qilgan deb o'ylamayman. Ma'lum bir fikrga urg'u berilganda u fikr yagona haqiqat deb tushunilmaydi. Senator o'zi muhim deb hisoblagan yoki boshqalar aytmayotgan masala haqida nutq irod etish huquqiga ega bo'lsa kerak har holda? Ular xohlaganidek, jamiyatdagi, xususan, ta'limga doir muammolarni izlashda ochiq muloqot qilish chaqirig'iga ham labbay deyman. Xalq o'laroq bir yoqadan bosh chiqaraylik, vatan kelajagi uchun birgalikda harakat qilaylik. Ammo bu yo'lda xolis va insofli bo'laylik. Har qanday fikrga toqatli bo'laylik. Toqatsizlikni namoyish etish uchun asossiz iddaolardan tiyilib, bizga yoqsa-yoqmasa, bir-birimizning qonuniy huquqlarimizni hurmat qilsak, o'zi shundoq ham kamchilik bo'lgan dindorlar va ularning diniga hurmat ko'rsatsak, o'zimiz ham hurmat topamiz!

Ubaydulloh Adhamov

Manba: azon.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube