O’zbekiston Xalq Harakati

Yurtimizda yoz boshlandi

Yurtimizda yoz boshlandi
25 Haziran 2019 - 10:46 'da yuklandi va 438 marta o'qildi.

Borliqdan xushbo'y qovun xidi sezilyapti.

Ko'k choy ichib rohatlanyapmiz.

Hovlida yalang oyoq yuribman.

Nabiram: ” Muzqaymoq eganimni ayamga aytmaymiz”, deyapti.

Pishib o'tib ketgan o'riklar kechasi shabadada “tap-tap”erga to'kilib hashoratlar uchun tayyor murabboga aylanyapti.

Suvchilar kechasiminan peshonasiga fonar bog'lab ariq yoqalayapti. (O'sha suvchi menman).

Havolar isib, alkashlar ham tong sahar aroq ichishga o'tib olishdi.

Fermerlarga o'g'irincha suv haydaydigan chapani miroblar ham cho'ntagi pul ko'rib massivda yashaydigan govdali, elkasi keng, boldirlari sergo'sht, peshonasida no'xotday ortig'i bor ayollarga tilpon qilib suv bo'yiga chorlayapti.

Keksalar ertalab 4-5 dayoq uyg'onib, yo'l chetida mol-qo'yini boqib, soxot to'qqizdayoq uyiga kirib ketyapti. Endi ular kechki salqinda yana mol etaklab yo'l chetida paydo bo'ladi.

Goh-goh bironta ustani kechasi shahardan velosipedda kelayotganda moshina urib o'ldirgani haqida eshitib qolasiz. Velosiped bechorayam otasidan qolgan. Eski. Ramasini bir necha joyiga svarka tekkan. Endi shu velosipedni o'g'li ustaga tuzatgizib omadi kelib yangi velosiped olguncha minadi…Balki omadi kelmas…

Militsiya issiqda dardi xuruj qila boshlagan jinnilarni bitta-bitta banisaga joylashni boshladi.

Bozorlarimizda shaftoli, olma, qovun va tarvuz paydo bo'ldi.

Quyosh qizdirishni boshladi. Osh, qovurmaga ishtaha yo'qoladi.

Qishloqning chimildig'i – makkazor. Bir-ikki haftadan so'ng ko'chada ko'z urishtirib yuradigan erkak va ayollar makkazor ichida realda uchrashadi. Erkak usta, xotin bozorga qatnaydigan tul xotin bo'lishi mumkin.

Maktablar tugab, qishloq o'quvchilari yoppasiga mol-qo'y boqishni boshlaydi.

Tuman va shaharlar markazlari, soyali daraxtlar kesilib yo'qotilgach, jahannamday qiziyapti.

Yurtimizda yoz boshlandi.

Hozirgina mashhur Dang'ara ayronini ichib keldim.

Yozganlarim yoz manzaralaridan bir shingil edi!

Rahimjon Rahmat

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    “Havolar isib, alkashlar ham tong sahar aroq ichishga o'tib olishdi”. Manabu yangilik! Tarixda alkashlar tongda turishmagan.
    Raxmatjon tez-tez yozib turing, sizning yozganlaringizni o'qigan odam rosa miriqadi, menga o'xshab.

    25/06/2019 13:51
xxx video gratis porno italiano