O’zbekiston Xalq Harakati

Bu qaytar dunyomi…

Bu qaytar dunyomi…
25 Haziran 2019 - 11:08 'da yuklandi va 516 marta o'qildi.

Garchi o'zim muddat o'tirmagan bo'lsamda, Shayxalining 33, 49 yonidagi yana bir qator joylashgan zonalariga, Toshkent Quylig'idagi “San Gorod”iga yillar davomida qatnayverib, ment “oyoq”lardan malyava olib kirdirib olib chiqartiraverib, gref kirgizaverib mentlarni qanchalik och, hatto bitta segaret uchun senga xizmat etishini yaxshi bilaman.

Tojikistonlik mahkumning uyidagilarini jo'rtaga chaqirtirib, bechora yaqinlari ko'tarib kelgan oziq-ovqatlarni zona dubaklari olib svidaniyaga kiritmasdan ortga qaytarib yuborganlariga guvoh bo'lganman.

Endi manavi laxanglarning biriga umrbod qamoq jazosi berildi, yana ortidan boshqalari ham birin ketin jazoni o'tash muassasalariga borishmoqda.

Meni taajjublantirgani, nima uchun mentlar zonasi bilan MXX zonalari alohida etildi.

Tabiiyki MXX ko'chada shoxdor bo'lib u ment bo'ladimi, kosibmi, qassobmi yoki amaldor orqasidan kelsa tepib oldidan o'tsa suzaverdi.

Shuning uchun mentlar MXXni zonada “kraynyy” etishgan va oxir oqibat jazoni o'tash zonlarini ikkitaga ayirib qo'yildi.

Nima uchun bular “Jasliq” zonasiga joylashtirilmayapdi? Davlat xiyonatchilari joyi o'sha Qoraqalpoqda emasmi?!

Bu gazandalarni ham yaqinlari bor albatta, ular ham men kabi ulovga minib, so'ngra poezd yoki avtobusga chiqib o'z yaqinlarini ko'rgani to'rvalarini oq qant, tualet ashyolari va ozuq ovqatlarga to'ldirib, zonaga ariza yozib, svidankaga kirib chiqish uchun kunni issig'ida turib, azob eyayotgandurlar.

Qaytar dunyo deb shuni aytsalar kerak, xoynaxoy.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano