O’zbekiston Xalq Harakati

Marolim

Marolim
25 Haziran 2019 - 11:11 'da yuklandi va 390 marta o'qildi.

 

 

MAROLIM

Parizodim, odatingni bilarlar,
O'kchangdan to engsanggacha suyarlar.
Jon chiqarmay tovonimdan so'yarlar,
G'animlarning ishi zo'rdim, Marolim.

Ko'rmoq bordir, emoq yo'qdir, bilolmam,
Qaroq kuyar, ko'ksingga ko'z sololmam.
Taraf ko'pdir, halol oshim icholmam,
Aroliqda boshim xordir, Marolim.

Manglayingda Qorako'lning ganjisi,
Yo'ling to'sar Ishqobodning Panjisi,
Men bo'loyin oshiqlarning zanjisi,
Uyi kengning ichi tordir, Marolim.

Mol zamoni, zo'rga tavob etarlar,
Seni qiyma, meni kabob etarlar,
Telba dunyo balki savob etarlar,
Oshiqlardan qolgan ordir, Marolim.

Tohir, Zuhro go'rda yotdi, o'lmadi,
Qorabotir ichib qondan to'ymadi,
Oshiq G'arib qo'ldan sozin qo'ymadi,
Charx aylanar, zulm bordir, Marolim.

Sen turkmansan, men o'zbekning bolasi,
Hammamiz ham qadim turkning nolasi,
Ichimizdan chiqdi og'zi olasi,
Bo'linganning kuni zordir, Marolim.

Taqdir azal, yozilmishdir bo'lg'usi,
Etsa ajal dushmanmi, do'st o'lg'usi,
Marolginam, toleimning ko'zgusi,
Sensiz dunyo bir ozordir, Marolim.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano