O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston Respublikasi prezidentining avf etish qaroriga qirg'iz birodarlarimiz qachon loyiq deb topiladi?

O'zbekiston Respublikasi prezidentining avf etish qaroriga qirg'iz birodarlarimiz qachon loyiq deb topiladi?
25 Haziran 2019 - 12:02 'da yuklandi va 569 marta o'qildi.

2019 yil 4 iyun' kuni, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning, “O'zbekiston Respublikasida Ramazon Hayiti munosabati bilan 575 nafar mahkumlarni avf etish to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi. Ammo, qolgan mahkumlar, ya'ni O'zbekiston Respublikasi JKning 159, 244, 215 va 221 moddalari bilan qamalgan mahkumlarning taqdiri nima kechadi?!

Ana shunday mahkumlardan biri Mamarizaev Biloliddin Shahobiddinovich bilan suhbat o'tqazdik. Suhbatdoshimiz shunday deydi, “men, mahkum Mamarizaev Biloliddin Shahobiddinovich 1981 yil, Qirg'izston Respublikasining O'sh viloyatida tug'ilganman. Millatim o'zbek. Qamalmasdan oldin, O'zbekiston Respublikasining Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tumanida yashaganman. Oilaliman, 2 nafar farzandim bor. Muqaddam sudlanmaganman. 2010 yilning mart oyida, Andijon viloyati Jinoyat Ishlari bo'yicha sudining hukmiga ko'ra 16 yilu 7 oyga ozodlikdan mahrum etilganman.

2008 yili Qirg'izston Respublikasi KGB tomonidan ushlanganman va 1 oy muddatga engil jazo bilan, o'tirib chiqanman.

2010 yil mart oyida esa, Qirg'izston Respublikasi KGB meni O'zbekiston Respublikasining MXXga ushlab berishdi. O'zbekiston Respublikasi MXXning Andijon viloyati xodimlari, O'zbekiston Respublikasi JKning 241 moddasi bilan jinoiy ish ochib, Qirg'izston Respublikasining fuqarolari men B.Mamarizaev, hamda U. Dehqonboev o'tirgan kameraga va Andijonlik ikkita fuqaro H.Mamadaliev, B.Matazovlarni “podel'nik” sifatida olib keldilar. Ularni men va U. Dehqonboev mutloqo tanimaymiz.

Andijonlik birodarlar H.Mamadaliev va B.Mattazovlarni hamda bizlarni lahmachilarga qo'shib rosa do'pposladilar. Lahmachilar, qaynagan suvni jinsiy a'zolarimizga quydilar, qo'l-oyoqlarimizni sindirishdi, tepdilar, quloqlarimizga qattiq urub, quloq pardalarini yirtishdi. Oyoqlarimiz ostiga urub, qo'llarimizga igna sanchib, qonga beladilar.

Bu bosim 5 oy davom etdi. Andijon viloyati MXXning xodimi, kapitan Sarvar Yunusovning topshirig'iga ko'ra, lahmachilar har kuni bizlarning ustimizdan “ish” olib borishdi. Shu bosim tufayli, “JIHOD”chi degan tamg'a bilan qamoqqa olindik. O'sha vaqtdagi, davlat tomonidan men uchun ajratilgan advokat M.Zokirova tanamdagi qiynoqlar va azoblar ortidan olingan izlarni o'z ko'zi bilan ko'rdi. Lekin…

Shu qiynoqlar tufayli Botir Mattazov sil kasalligiga chalindi. Ulug'bek Mamadalievning bir qo'li va bir oyog'ini sindirgan holda Andijon viloyati Jinoiy Ishlari bo'yicha sudiga olib kelishdi. Sud bizni O'zbekiston Respublikasi JKning 159, 244 va boshqa moddalari bilan ayiblab, menga 16 yil 7 oy, Botir Mattazovga 8 yil, Husan Dehqonboevga 10 yilu 7 oy va Jasur To'laganovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish to'g'risida hukm chiqardi. Shunday qilib, bizlar 10 ta stat'ya bilan qomoqqa ravona bo'ldik.

Suddan so'ng Qashqadaryo viloyatining, Shayh-Ali UYa-64/49 muassasiga keldim. Qolgan birodarlar nima bo'lganliklarini hozirgacha bilmayman. Menga berilgan jazoning 7 yilini o'tab bo'ldim. Jazo muddati ancha qiynchilik, azob va uqubatlar ostida kechdi. Zonada birodalarga nisbatan muomala madaniyatining o'zi yo'q edi. U erda ham moldan battar do'pposlashar edi.

“Nima uchun namoz o'qiysan? Sen rejimni buzmoqdasan?”, deb kaltaklar edi. O'sha namoz o'qiganimiz ortidan, SIZOga 10-15 sutkaga qamashardi. Men “Qaytganman!”deb aytsam ham, battar urar edi. Ayniqsa, “otryad'”nigimiz, mayor Asror Ishoqov boshchiligida gruppa bor edi. Ana shu xodimlar mahkumlarni ko'ngli tusagunicha urar edi. SIZOda o'tirgan vaqtimda kaltakdan “to'yib” ketganimdan so'ng, oxiri o'zimni olmos bilan ochdim. Yana menga o'lgan ustiga tepgandek 15 sutka qo'shib berishdi. Shu bilan SIZOda 1 oy o'tqazdim.

2018 yilning yanvar oyida qolgan jazo muddatini o'tashim uchun meni Toshkent viloyati Pskent tumani UYa-64/75 Jazoni ijro etish muassasiga jo'natdilar. Men hozirgi kunda g'isht zavodida ishlamoqdaman.

Biroq, namozxonlarga e'tibor bu erda ham zonadan qolishmas ekan. Bu erda ham, “nega namoz o'qiysan? Nega rejimni buzmoqdasan?” deb meni shu yilning 28 may kuni 5 sutkaga SIZOga qamadilar. Sizoda menga o'xshagan birodarlardan ko'pini ko'rdim. Ular ham namoz o'qiyotganliklari uchun 10-15 sutkaga yopishgan. Men shuncha yil o'tirgan bo'lsamda, biron marta ham yuqori organlarga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilmaganman. Kuni-kecha uydagilar bilan gaplashdim, ular ham qo'rquvda. “O'g'lim shunchasi o'tib ketdi. Endi bu yog'iga ham ozgina sabr qil. Bizlarni ham, qo'limizdan nima ish kelar edi? Taqdir ekan!”, deb onajonim zor-zor yig'lab gapirdilar.

Men O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoev nomiga bir necha bor avf so'rab yozdim. Lekin, natija bo'lmadi. Hozir muassasa xodimlari Prezident nomiga 4 ta avf yozdirishmoqda. Bir necha bor muassasa xodimlariga, Toshkent viloyati prokurori bilan uchrashtirishlarini so'rab murojaat qildim. Ular bo'lsa, “Senga mumkin emas! Sening “stat'ya”ng juda ham xavfli. Sen bilan faqat DXX (SNB) xodimlari gaplashadi…” deb menga ugroza qilishmoqda. Mana shunaqa gaplar…

Meni sud qilgan va tergov ishlarini olib borgan Andijon viloyati MXXning xodimlari yuqori lavozimlarda ishlayotganliklarini eshitdim. MXXning o'sha vaqtdagi Andijon viloyati xodimlari Sharofiddinov va Yunusovlar ham hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi DXX (SNB)da ishlayotganliklarini eshitmoqdaman. Bundan tashqari, Andijon viloyati Jinoyat ishlari bo'yicha sudining sud'yasi M.To'laganov ham hozirgi vaqtda Oliy sudda katta lavozimda ishlayotgan ekan. Mana Sizga oddiy haqiqat va adolat. Bunday bo'lgandan keyin, meni “ko'cha”ga chiqishim qiyin kechadi shekilli…”

Mamarizaev Biloliddinga o'xshagan, diniy moddalar bilan qamalganlar va boshqa chet eldan kelgan mahkumlar O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev nomiga avf yozishgan bo'lsalarda, hamon hech qanday natija bo'lmayapti.

Faxriddin Tillaev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube