O’zbekiston Xalq Harakati

«O'zbeklarga qoyil qoldim». Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigiti hayratda qoldi

«O'zbeklarga qoyil qoldim». Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigiti hayratda qoldi
25 Haziran 2019 - 19:21 'da yuklandi va 724 marta o'qildi.

Kecha, 24 iyun' kuni Qozog'iston Respublikasi Turkiston viloyatining Aris shahrida favqulodda vaziyat sodir bo'lgani haqida xabar berilgandi. Bu shaharda yashaydigan 40 000 aholi Chimkent bilan Turkiston shaharlariga evakuatsiya qilindi. Bu shaharlarda azaldan ko'plab mahalliy o'zbeklar yashab kelishadi.

Chimkent shahridagi evakuatsiya jarayonlarini o'z ko'zi bilan ko'rib, voqealar guvohi bo'lgan bir qozoq yigitining WhatsApp messenjeridagi guruhda do'stlariga yo'llagan mahalliy o'zbeklar haqidagi munosabatini «Feysbuk» tarmog'i foydalanuvchisi Dilnur Komilov havola qildi:

Hammamizga ma'lum, Qozog'iston Respublikasi Turkiston viloyatining Arys shahrida favqulodda vaziyat sodir bo'ldi. Bu shaharning 40 000 aholisi Chimkent bilan Turkiston shaharlariga evakuatsiya qilindi. Bu shaharlarda azaldan ko'plab mahalliy O'zbeklar yashab kelishadi.Chimkent shahridagi evakuatsiya jarayonlarini o'z ko'zi bilan ko'rib, voqealar guvohi bo'lgan bir Qozoq yigitining Vatsapp messenjeridagi guruhida do'stlariga O'zbek millatdoshlarimiz xaqidagi munosabatini havola qilaman:Erkin tarjima va bir oz tahrir qildim:Hoy yigitlar! Bu erda endi millatchilik qilmaylik. O'zbeklarga man qoyil qoldim. Ishonasanlarmi, bittasi to'yxonasini bo'shatib beryapdi, ko'rpa-to'shak , hamma narsasi bilan. Yana bittasi «Egulik va mahsulotlaring achib qolmasin, shu Fura (muzlatgich moshina)da tursin narsalaring, mashina 3 kun o'chirilmaydi» deb Fura mashinasini olib kelib qo'ydi. Tasavvur qilyapsanmi?Bu erda ommaviy ravishda faol amaliy yordamlarini berayotganlar hammasi O'zbeklarku…Bu erdagi aholining ko'pchiligi, qo'pol gap aytmay qo'yaqolayku, shunchaki ermak qilib, tomosha ko'rib, tasvirga tushirishga kelgandek, asosan Qozoqlar. (Sheshe….)O'zbeklarga man qoyil qoldim, bunchalik kutmagandim. Ayollari kelib: «Yuringlar, uyimga 30 kishi sig'adi» deydi. Boshqa biri kelib:« Yuringlar, menikiga 20 kishi sig'adi» deydi. Rizo bo'ldim, ofarin (malades).Qarab tursanglar (guvoh bo'lib demoqchi) Ular produktalarni davomli tashib bu erga olib kelishyapdi. Qozoqlar ham olib kelishyapdi, gap yo'q, ammo asosan Qozoqni bilasizlarku, ko'pchiligi boyligini ketlariga bosib o'tirishadi.Mana bu O'zbeklar xaqiqatda saxiylik/insonparvarlik ko'rsatishmoqda. Ming rozi bo'ldim.Bir kishining uyiga 100 odam sig'ar ekan. Shaxsan manga aytdiki:« Mening 2 uyim bor. Ikkalasiniyam bo'shatib qo'ydim, 100 kishini bemalol sig'dira olaman, egulik-ichimliklarni hammasini g'amlab tashkillashtirib qo'yganman» deydi……..

Dilnur Kamilov paylaştı: 25 Haziran 2019 Salı

«Hoy yigitlar! Bu erda endi millatchilik qilmaylik. O'zbeklarga men qoyil qoldim. Ishonasizlarmi, bittasi to'yxonasini bo'shatib beryapti, ko'rpa-to'shak, hamma narsasi bilan. Yana bittasi «Egulik va mahsulotlaring aynib qolmasin, shu fura (muzlatgich mashina)da tursin narsalaring, mashina 3 kun o'chirilmaydi» deb Fura mashinasini olib kelib qo'ydi. Tasavvur qilyapsizmi?», deydi qozoq yigiti.

— Bu erda ommaviy ravishda faol amaliy yordamlarini berayotganlarning hammasi o'zbeklarku… — davom ettiradi u. — Bu erdagi aholining, qo'pol gap aytmay qo'ya qolayku, shunchaki ermak qilib, tomosha ko'rib, tasvirga tushirishga kelganlarning ko'pchiligi asosan o'zimiznikilar. O'zbeklarga men qoyil qoldim, bunchalik kutmagandim. Ayollari kelib: «Yuringlar, uyimga 30 kishi sig'adi» deydi. Boshqa biri kelib: «Yuringlar, menikiga 20 kishi sig'adi» deydi. Ofarin.

Qarab tursanglar (guvoh bo'lib demoqchi) ular mahsulotlarni davomli tashib, bu erga olib kelishyapti. Qozoqlar ham olib kelishyapti, gap yo'q, ammo… O'zbeklar haqiqatda saxiylik, insonparvarlik ko'rsatishmoqda. Ming rozi bo'ldim.

Bir kishining uyiga 100 odam sig'ar ekan. Shaxsan menga aytdiki: «Mening 2ta uyim bor. Ikkalasiniyam bo'shatib qo'ydim, 100 kishini bemalol sig'dira olaman, egulik-ichimliklarni hammasini g'amlab, tashkillashtirib qo'yganman», — degan qozoq yigiti o'z hayratini yashira olmay.

Manba: xabar.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • MUSO ;

    Kuz yoshi bilan eshitdim!!!

    26/06/2019 10:48
xxx video gratis porno italiano