O’zbekiston Xalq Harakati

Topmassan

Topmassan
03 Temmuz 2019 - 11:44 'da yuklandi va 312 marta o'qildi.

 

 

TOPMASSAN

Ming bir ishni aql bilan jam etma,
Fe'ling shoshar bir kun hisob topmassan.
Bu jon sog'lig'inda xayr qozongil,
Er ostiga kirsang, savob topmassan.

Munda ne ish etsang, anda garovli,
Yaxshilardan etgan har ish savobli,
Har zamon bir zamon, ey odam o'g'li,
Olimlar kamaysa, adab topmas.

Yigirma yoshinda erda yo'q g'ami,
Eritar tog'-toshni yigitlik dami,
Bir kuni o'tadi bahor mavsumi,
Yig'lab-yig'lab, borsang, javob topmassan.

Yigit bo'lsang, kezgin, yaxshi ot bilan,
Bedov minib, sarxush parizot bilan,
Umringni o'tirgil jamoat bilan,
Masjiding yiqilsa, mehrob topmassan.

Maxdumquli, ko'ring, nechuk xush o'ldi,
Sahar vaqti eranlarga duch o'ldi,
Bir kosa may ichib, jona no'sh o'ldi,
Har kun kosa to'liq, sharob topmassan.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano