O’zbekiston Xalq Harakati

Qaytish

Qaytish
03 Temmuz 2019 - 17:41 'da yuklandi va 887 marta o'qildi.

Muhammad Solih

 

QAYTISh

Surgun yillarining qahratonida
Dolda qolib ketgan nokday burishdim
Va shu ojiz holimning har bir onida
Go'yo Haqsizlikka qarshi urushdim!

Nihoyat, haqsizlik bitdi daf'atan
Yoki bizga shunday tuyuldi!
Go'yo eshiklarni ochdi ul Vatan,
Go'yoki adolat zulmni yuldi!

Hatto qotilga ham (radio aytdi)
Nasib etdi darrov vatan visoli –
O'g'ri qaytdi, valadizinolar qaytdi,
Qaytmadi vatanga faqat M.Solih!

Baxt qushi emasdir uchgan boshimda,
Ammo boq, hali ham men oyoqdaman!
So'fi Kubro kabi etmish yoshimda
Vatanmas, urushga men qaytmoqdaman!

2019
3 Iyul 2019, Istanbul, Shila

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Muxojir ;

    👍😓

    04/07/2019 10:02
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Solih akaning adabiyot va Islomdagi ijodini har o'qiganimda: “Ha la'nati siyosat, qanday talantning umriga zomin bo'lding-a!” degan hayollarga oshno bo'lishim bilan birga, “Solih akadan hayiqmaganida, bu diktator Karimov o'zbeklarni Xudo biladi nima qilardi”, degan hayollar ham o'tadi.

    03/07/2019 18:31
xxx video gratis porno italiano