O’zbekiston Xalq Harakati

O'lmali

O'lmali
04 Temmuz 2019 - 11:25 'da yuklandi va 357 marta o'qildi.

 

 

O'LMALI

Guldir yuzing, pariro'ydan tozadir,
Ko'rgan odam o'z dinidan ozadir,
Raqiblarki, biri-biridan o'zadir,
Ko'ngil qo'ygan senga kofir o'lmali.

G'o'r ekanman, mehrobingga tutindim,
Hislar toshib, devoringga surtindim,
G'ofil banda, manglayimga turtindim,
Jonim chiqar, nechuk faqir o'lmali.

Sen bir yona, butun olam bir yona,
Yo'l seniki, dardu alam bir yona.
So'z seniki qog'oz, qalam bir yona,
Nayloj, Farhod yoxud Tohir o'lmali.

Ishvang seli har balodan balodir,
Ayurmagil, zahmi o't bir, davodir,
Yozg'iraver, tortgan nolam navodir,
Dunyo ishi bir kun oxir o'lmali.

Ishq ahliga azal bo'lmas inoyat,
Zo'r kelmasa tug'ilmaydi hidoyat,
Tegirmonga solib yanchsang bag'oyat,
Chiqmagan jon, tortib mohir o'lmali.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano