O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Bugun ham yashayapti”

“Bugun ham yashayapti”
05 Temmuz 2019 - 9:30 'da yuklandi va 900 marta o'qildi.

“BUGUN HAM YaShAYaPTI”
(Muhammad Solih tavalludiga 70 yil to'lishi munosabati bilan)

Erksevar shoir Muhammad Solih qayta qurish yillarida e'lon qilgan publitsistik maqolalari bilan xalq orasida mashhur edi. O'zbek yoshlarining, jumladan mening xam sevimli shoirim edi. Ustozning she'rlari va publitsistik maqolalari bugun ham eng o'qimishli va zamonaviy asarlardan sanaladi.

Shoir ham “Nimaiki yozgan bo'lsam vaqt o'tgach boshimga tushdi” deb aytadi. Urfiyatda har bir gapga “Farishta omin deydi” degan naql yuradi.

Ustoz Muhammad Solih ham she'riyat haqida gapirarkan: “She'r menimcha hikmat emas. Shoir ataylab aforizmlar bitmaydi. U she'r yozadi. Aforizmlar odamning idrokini yuksak muvozanatga chorlaydi, uning yagona quroli muvozanat. She'r aksincha, bizni muvozanatdan chiqaradi, junbushga soladi. Ruhimizni tinimsiz harakatga keltirib turadi”- degan edilar bir suhbatida.

Ustozning xuddi shu suhbatda bildirgan quyidagi fikrlari ham e'tiborga molik: “She'riyat faqat boyib, o'zgarib boradi. Yo'nalishlarning ko'pligi, shakllarning rang-barangligi haqiqiy adabiyotga xos belgidir”. (“Poklanayotgan umid”, 1981 yil).

Shoir mustabid tuzum zulmi avj olgan davrda xalqimizning haq-huquqi uchun kurashdi, og'ir sinov pallasida xaq va adolat talashdi, istiqlol g'oyasini olg'a surdi, ammo yurt mustaqil bo'lgach, o'z Vataniga sig'madi.

M. Solih 1988 yilda «Yosh leninchi» gazetasiga bergan interv'yusida ibratli fikrlarni izhor etgan edi: «Yolg'on aytish to'g'ri so'zni aytishga qaraganda xavfsizroq. Zotan, insoniyat tarixida yolg'on so'zi uchun aziyat chekkanlarga nisbatan, to'g'ri so'zi uchun jabr tortganlar ko'proqdir. Ammo vijdoni butun odam yolg'on gapirib qutilishdan ko'ra, to'g'risini aytib tutilishni afzal ko'radi. Bu, albatta, telbalik emas, bu –uning tabiati. O'sha o'jar toifaga mansub zotlar tarixda ko'p uchraydi. Ularning ko'pligini ko'rib, eng tushkun kimsaning yuragida ham kelajakka umid uyg'onadi: shunday odamlar yashagan ekan, demak, bugun ham yashayapti, bundan keyin ham yashaydi, deb o'ylaydi u. Ularni dorga osgandilar, o'tda yoqqandilar, suvga cho'ktirishgandi, ammo bugun qarasak, hammasi tirik ekan. Ular ma'naviyat qasrining ustunlari, ular o'z yurtlarining haqiqiy grajdanlaridir».

Muhammad Solihning o'zi ham yuqoridagi toifaga mansub ekanliklarini vaqt ko'rsatdi. Muhammad Solihdek
xalqning fidoyi farzandi, quvg'inda yurishi hech kimga obro' keltirmaydi. Xalqimizning sharafli farzandi Vataniga qaytishi uchun imkon berish vaqti keldi deb o'ylayman. «Hurlik xaqida» nomli she'rimda shunday misralar bor edi:

Hurlik, ozodlik deb kurashib o'tgan
Azaldan millatning zo'r o'g'lonlari.
Biri g'olib bo'lib maqsadga etgan,
Biri quvg'in bo'lgan Vatandan nari.

Bundan bir necha yil avval Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon tojik ziyolilari haqida shunday degan edilar:

«Mo''min Qanoat, Bozor Sobir va Gulruxsor kabi shaxsiyatlar ona tili muhitidan tashqarida o'zlarini rohatda his qila olmasliklarini men chin yurakdan his etaman».

Davlatimiz rahbarining dilso'zligi va g'amxo'rligi tufayli ustoz shoir Mo''min Qanoat, shoira Gulruxsor
va ustoz Bozor Sobir Tojikistonga qaytib keldilar.

Prezidentimiz ushbu xayrli amali va bag'rikengligi bilan jahon hamjamiyati va eng avvalo halqimizning olqishiga sazovor bo'ldi. Nomlari yuqorida zikr etilgan shoirlar nafaqat shoir sifatida, balki, ozod fikrli shaxs sifatida ham xalqimizning qurmat-etiboriga loyiq insonlardir. Men nomlari zikr etilgan ustozlar bilan yaqindan tanishman va ularning suhbatlaridan bahramand bo'lganman, ularga havas qilaman.

Hasanboy G'oyib,
Tojikiston

«Moziyga aylangan yillar…»

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 3 Yorum )

  • Muxojir ;

    Xurmatli xoji domla ushbu aytilgan she'r M. Solix yozganlarku. Yoki men adashyapmanmi. Navodila xech ukimagan ekanman…

    06/07/2019 10:11
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Ukam Hasanboy,
    Solih she'riyatidan gap ochdingiz, mayli, men ham bir bo'lgan voqeani aytib beray:
    Bundan 5-6 yil oldin, Manchesterdagi bir o'tirishda asli Toshkentlik bo'lgan bir yigit, Solihning sheriyati haqida gapirib, “She'r deganda qofiya bo'lishi kerak. Solih yozgan she'rlarda qofiya yo'q, demak u she'r emas”, – dedi. Shu erda o'tirgan “adabiyotsevarlar”ning hammasi uni qo'llashdi.
    Shunda men so'z olib: “Mayli, bugungi o'tirishni Navoiyning quyidagi she'ri bilan yakunlab beray”, – dedim-da:

    -Bir yonda ojiz-u, biryonda kuchli,
    Kurash ketar ekan, tarapma-tarap,
    Ojizning yonini olganing uchun,
    “Xoin” deb nom olmoq naqadar sharaf!

    Na sharaf halqini qul etgan podshoh,
    “Mening dushmanim”, deya seni atasa.
    Jazavaga tushsa noming eshitgan choq,
    Kitoblaring o'qib, yirtsa, toptasa.

    Degan she'rni o'qidim. Shunda haligi yigit: “Mana, she'r qanaqa bo'lishi kerak! Navoining manashu she'rni M.Solihga etiring, shunga qarab she'r yozishni o'rgansin”, – dedi. Men va'da qildim ularga, Navoining shu she'rini Solihga etkazishga.
    Muhtaram tahririyat, shu omonat menda qarz bo'lib qolmasin, Navoining shu she'rini Solih akaga etkazinglar.

    05/07/2019 19:57
  • Muxojir ;

    Manimcha prizedentimiz bu ulug shoir insonni uzlarining atrofidagi burilardan saklab turibdilar. Bir kun kaytishlariga men ishonaman.

    05/07/2019 15:31
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube