O’zbekiston Xalq Harakati

Paolaga kӯrsatilgan mulozamat ӯzbeklarga qachon kӯrsatiladi?

Paolaga kӯrsatilgan mulozamat ӯzbeklarga qachon kӯrsatiladi?
05 Temmuz 2019 - 12:54 'da yuklandi va 655 marta o'qildi.

24 yoshli atlet, meksikalik qilichboz Paola Pliegoga Ӯzbekiston fuqaroligi berilganligi tӯg'risidagi xabarni ӯqib, rosti xӯrligim kelib ketdi. Oldindan aytib qӯyay, menda kӯrolmaslik, ichiqoralik kabi salbiy odatlar yӯq. Buni ӯzimni oppoq qilib kӯrsatish uchun emas, balki dunyoqarashlarimiz va fikrlarimiz bir-birimizga unchalik tӯg'ri kelmaydigan dӯstu biradorlarimga javob sifatida aytayotirman.

Meni Ӯzbekistonim, shu aziz yurtim, tabarruk vatanimning taraqqiyoti, ravnaqi uchun ter tӯkib mehnat qilgan, qilayotgan, mehnatlari evaziga yutuqlarga erishgan, erishayotgan har bir yurtdoshimning muvaffaqiyati, g'alabasi, u kim bӯlishidan qat'i nazar, faqat quvontiradi, faxrlantiradi, mehnati qadr topmagan, e'zozlanmagan, huquqlari poymol bӯlgan vatandoshlarimga nisbatan e'tiborsizliklar, bepisandliklar esa tom ma'noda nafratlantiradi.

Xullasi kalom, meksikalik qilichboz Paola Pliegoga Ӯzbekiston fuqaroligi berilgani tufayli xӯrliklarim kelishi zamirida hech qanday g'arazgӯylik alomatlari yӯq. Meni kimlardir yurtimizda 30 soat yashamay turib, fuqarolik olgan bir paytda Ӯzbekistonda 30 yillab yashagan holda fuqarolik ololmayotgan shaxslar borligi, yurtimizda ularga nisbatan adolatsizliklar hamon davom etayotgani qattiq tashvishlantiradi.

Eng achinarlisi, shu kunga qadar Ӯzbekiston fuqarosi bӯlolmayotgan shaxslarning deyarli 97-98 foizini Ӯzbekistonda doimiy yashovchi, uni ӯz ona Vatanim deb hisoblovchi, sobiq SSSR parchalanishi natijasida propiska degan qusur tufayli Ӯzbekiston fuqarosi bӯla olmagan ӯzbek millatiga mansub, Ӯzbekistondan tashqarida tug'ilgan ӯzbeklar va hatto ularning Ӯzbekistonda tug'ilgan farzandlari tashkil etadi.

Undan ham achinarlisi shuki, ular orasida Ӯzbekistonga Paoladan kӯra kӯp sharaf keltiradigan, ӯqimishli, ziyoli, ilmli, bir necha kitob yozgan olimlar, imkonsizliklar tufayli Ӯzbekiston dovrug'ini olamga yoyishdan mahrum bӯlgan shaxslar bor.

Biroq, afsuski, ӯzbek deganda tepa sochi tik turadigan Karimov hukumati ӯzlari yaratgan Konstitutsiyaga, qonunlarga xilof harakatlari orqali ulardan aksariyatining eng gullagan yoshlik chog'larini havoga sovurdi. Buni Mirziyoev baholi qudrat davom ettiryapdi. Agar unday bӯlmaganda edi, Shavkat Miromonovich har qanday qog'ozbozliklarni bir chekkaga yig'ishtirib, kutilmaganda, bemavrid fuqaroligi bӯlmagan shaxslarga, aybsiz aybdorlarga aylanib qolgan ming-minglab jabrdiydalarga zudlik bilan fuqarolik bergan bӯlardi! Pliegoga ӯxshagan qilichbozlarga ӯylamay-netmay, qonunga binoan Ӯzbekiston hududida doimiy besh yil yashashini kutmay fuqarolik berishga qaror qilishda, Iltimosnomasi, arizasiga (agar yozgan bӯlsa) imzo qӯyishda ozgina bӯlsa ham vijdoni qiynalgan bӯlardi?!

Meksika Olimpiya Qo'mitasidagi korruptsiya holatidan bezor bӯlgan etti yot begona shaxsning emas, shu yurt, shu zaminning asl egasi bӯlmish ӯzbeklarning, yillar davomida fuqarolik ololmayotgan shaxslarning og'irini engil qilishga astoydil chog'langan bӯlardi!

Paola Pliegoga ӯxshaganlar Ӯzbekiston sharafini faqat qilichbozlar musobaqasida, buning orqasidan katta pulga ega bӯlish maqsadida himoya qilishini, Ӯzbekistonda yashab turib fuqaro bӯlolmayotgan shaxslar esa ona-Vatanimizni hech qanday ta'malarsiz, sidqidildan himoya qilishini teran anglagan bӯlardi!

Rosti, keyingi paytlarda Ӯzbekistonimizni kim boshqarayotganini bilolmay qoldik. Paola Pliegoga oppa-oson yӯl bilan fuqarolik berilishiga qaraganda bizni asli ӯzbekistonlik milliarder, 2008 yildan buyon Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Usmonov ham boshqarayotirmikan, degan xayollarga boradi kishi.

E-voh, meksikalik qilichbozga kӯrsatilgan mulozamatlar Ӯzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bӯlmagan shaxslarga qachon kӯrsatilarkan?

Rӯziboy Azimiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano