O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Boqiylik belgisi to'g'riso'zlikdir”

“Boqiylik belgisi to'g'riso'zlikdir”
06 Temmuz 2019 - 7:58 'da yuklandi va 475 marta o'qildi.

“BOQIYLIK BELGISI TO'G'RISO'ZLIKDIR”

Millatimizning ulug' shoiri, ustoz Muhammad Solih tavalludiga bu yil 70 yil to'ladi, shu munosabati bilan “Istanbul safari” turkumidagi maqolamni e'tiboringizga havola qilaman.

Sizda ham shunday bo'lganmi? Biror voqea sodir bo'lmasidan turib tushingizga kiradimi? Balki bu holat o'z xayollarimizning mevasidir?

Bu gal ham shunday bo'ldi. Yil boshlarida Istanbulning Sultonbeyli tomonidan Turk dunyosi shoirlarining xalqaro she'r festivaliga taklif etildim. Istanbulga borishim aniq bo'lgach, shu shaharda muhojirlikda yashayotgan millatparvar shoirimiz ustoz Muhammad Solihga ma'lum qildim. Agar imkon bo'lsa uchrashish niyatim borligini bildirdim. Ustoz “kelsangiz xabar qiling, balki uchrashib qolarmiz” dedilar. Oradan bir qancha vaqt o'tdi. Bir kuni tush ko'rdim. Tushimda ustoz bilan uchrashgan emishman. Bizlar yig'lab ko'zimizda yosh bilan quchoqlashib so'rashayotgan ekanmiz. Demak, biz albatta uchrashamiz, deb qo'ydim o'zimga. “Ko'za sindirgan azizu ko'za keltirgan xordir” deganlaridek, Sovet mustamlakasi davrida millatimiz ozodligi, Vatanimiz mustaqilligi uchun kurashgan, yurt mustaqil bo'lgach, o'z Vataniga sig'may qolib, chorak asrdan beri muhojirlikda yashayotgan o'zbekning darvesh shoiri bilan diydorlashish mening ko'p yillik orzuim edi.

O'tgan asrning saksoninchi yillaridanoq biz yoshlarning milliy shuurimiz shakllanishida ustoz Muhammad Solihning alohida o'rni bor. Saksoninchi yillar oxiri, to'qsoninchi yillar boshida avval “Birlik”, so'ngra “Erk” partiyasiga a'zo bo'lmagan yosh o'zbek shoiri va yoki yozuvchisini topish qiyin edi O'zbekistonda. Men o'sha paytlarda Olmaotada o'qir edim. Toshkentdagi siyosiy vaziyatlardan bexabar edim. Ammo ustozning “Ko'zi tiyran dard” va “Olis tabassuming soyasi” kitoblarini qo'ldan qo'ymasdan o'qir edim.

Istanbul aeroportiga 30 may kuni kelib tushdim. Meni festival tashkilotchilari kutib oldilar va shaharning Osiyo qismida joylashgan “BUOTEL” mehmonxonasiga joylashtirishdi. Ishtirokchilardan hali hech kim kelmagan ekan. She'r festivali esa 2 may kuni boshlanishi kerak edi. Men ustozga qo'ng'iroq qildim. Telefon javob bermadi.

Birozdan so'ng boshqa nomerdan qo'ng'iroq bo'ldi. Men javob berdim. “Salom, bu men Muhammad Solihman! Siz Istanbulga keldingizmi? Ertaga bo'shmisiz? Unda soat 10 larda kuting, mashina yuboraman”. Biz kelishib oldik. Ertasiga engil avtomashinada ustozning uyiga yo'l oldik. Biz xuddi azaliy tanishlardek ko'rishdik. Suhbatlashar ekanmiz, Ustoz “Siz kelishingizga osh damlatib qo'ydim, shu osh bilan nonushta qilamiz” dedilar. Yarim soatlardan keyin osh suzildi. “O'zimizning devzira o'xshagan guruchdan buyurdim” dedilar ustoz.

Dasturxon atrofida suhbatlashib o'tirdik. Suhbat asnosida tushunganim: ustoz Muhammad Solihning qalbida xalqimizga, millatimizga nisbatan chuqur muhabbat bor. “Millatimiz bag'rikeng millat, bizda ba'zi birovlarga o'xshab “Pastkashlik kompleksi yo'q”” dedilar ustoz.

Suhbatimiz davomi rahmatli doktor Oydin Solihning “Haqiqiy tibbiyot” kitobi haqida bo'ldi. Ustozning aytishlaricha mazkur kitob ko'p tillarga tarjima etilgan, ayni paytda arab davlatlaridan birida (Livan) chop etilmoqda ekan.Turkiyada eng ko'p o'qiladigan kitoblardan biri ekan.

“Ushbu uyni Oydinxonim bilan birga qurib bitkazdik, shu erga ko'chib o'tib yashamoqchi edik, ammo u kishiga nasib qilmadi” dedi u kishi xomush.

Men Oydin opaning xayrli xizmatlari haqida gapirib ustozga tasalli berdim. Nonushtadan so'ng Qora dengiz tomon yo'l oldik. Ustoz meni suratga olar ekanlar, “Bilasizlarmi, mening suratchim kim, xuddi ustoz Muhammad Solihning o'zlari bo'ladi” deb maqtanib yuraman” dedim hazillashib. “Men suratga tushirganman” deb biz ham maqtanib qo'yamiz, dedilar ustoz kulimsirab.

Yo'l yo'lakay o'zbek va tojik aloqalari haqida suhbatlashdik. Ustoz: “Tojiklar bizning eng yaqin qardoshlarimiz bo'ladilar. Ular bilan hamisha yaqin aloqada bo'lmog'imiz darkor” dedilar. Tarjima masalasida esa ko'proq klassiklarni tarjima etmoq lozimligini uqtirdilar. Bir paytlar O'zbekistonda tojik madaniyati kunlari bo'lganligi va tojik yozuvchilari rahbari bilan hamsuhbat bo'lganliklari xususida so'zlab berdilar.
Mehmonxonaga qaytar ekanman, ustoz Muhammad Solih bir nechta kitoblaridan tuhfa qildilar. “Iqror” nomli kitoblariga dastxat ham yozib berdilar.

Avvalroq, 2013 yilda etti tomliklarini yuborgan edilar. Men jo'nash oldidan ustozga mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildirdim. Ustozim: “Yana Istanbulga kelsangiz xabarlashing, suhbatlashamiz” dedilar. Biz xayrlashdik. Yo'lda ketar ekanman dilimda: “Ollohim, O'zbekistonda uchrashtirgin bizni” deya duo qildim.

Muhammad Solihga

Dunyo shiddat bilan chopar qaygadir
Fursat g'animatdir, omonatdir jon.
Elning baxti deya o'zidan kechib
Yonib yashaganda go'zaldir inson!

Xoh vatanda bo'lsin, xoh quvg'inlikda
Iymonni unutmoq xiyonat erur.
Boqiylik belgisi to'g'riso'zlikdir,
Boqiylik belgisi diyonat erur.
25.05.2018 yil.Ju'ma.

P.S. O'zbekiston respublikasining Prezidenti hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomiga O'zbekistonlik vatandoshlar va o'zbek ziyolilari nomidan Muhammad Solihga nisbatan adolat qilish, unga nisbatan qo'yilgan nohaq ayblarni bekor qilish va shoirni Vatanga qaytarish to'g'risida murojaat qilindi. Dono xalqimizda “Sulton suyagini xo'rlamas” degan maqol mavjud. Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu halq maqoliga rioya etib, himmat ko'rsatsalar nur ustiga a'lo nur bo'lur edi.

Hasan G'oyib
Tojikiston

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube