O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbeklarning buyuk imperiyalari

O'zbeklarning buyuk imperiyalari
06 Temmuz 2019 - 8:55 'da yuklandi va 855 marta o'qildi.

O'ZBEKLARNING BUYuK IMPERIYaLARI

“O'zbeklar Misrni boshqargan bog' qurgan va oltin davrga asos solgan!” degan maqolani o'qigach, Jaloliddin Manguberdining amakisi Sayfiddin Qutuz va jiyani Beybars timsolida o'zbeklarning tarixdagi shu paytgacha barchaga ma'lum bo'lmagan jasorati tilga olindi.

Tarixchi bo'lmasakda, ustozimiz Erkin domladan o'rganganlarimizni ishga solib, o'zbeklar tashkil etgan qudratli imperiyalarni yodga oldik.

Ha, o'zbeklar Misrni boshqargan bog' qurgan va oltin davrga asos solgan!

O'zbeklar Zahiriddin Bobur boshchiligida “BUYuK O'ZBEKLAR IMPERIYaSI”ni tashkil etib, Hindistonni boshqargan,Tojmahal qurgan va oltin davrga asos solgan!

DUNYoDAGI ENG BUYuK SOHIBQIRON SANALGAN ChINGIZXON HAM O'ZBEK EDI. (Gap Chingizxonning qonli urush va bosqinlari haqida emas, uning kimligi haqida. Urushlar esa o'sha davrning qonuniyati edi).

Ha, ayrim o'sal tarixchilar tomonidan mongol, deb kelingan Chingizxon aslida ota tomonidan qiyot, ona tomonidan qo'ng'irot, demak o'zbek o'g'loni edi!

Buyuk bobomiz Beruniy, ulug' o'zbek shoiri Ogahiy Qiyot urug'idan edi. Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va boshqa hududlarda qo'ng'irot eli hozir ham yashaydi! Alpomish ham qo'ng'irot eli vakili!

Chingizxonni buyuk qurultoyda o'zbeklar, ya'ni qo'ng'irot, nayman, jaloyir, qoraitlar xon qilib ko'targan.

Hozirgi mongollarning ajdodi bo'lgan xalxa, choras, durbet, xoshimiut kuntayjilar u erda bo'lmagan va ular hatto Chingizxon yurishlarida qatnashmagan ham!

Oltin O'rda xonlarining bari o'zbeklar edi. Ismlari ham mongolcha emas, o'zbekcha: O'zbek, Manguxon, Quyuqxon, To'xtamish, Mamay, Temur, Tinibek, No'g'ay, Berdibek, Qog'onbek! (Qaynasa qoni qo'shilmaydigan mongollarning ismini qarang: Injinash Vanchinbali, Lodoydamba Chadraavalin, Natsagdorj Dashdorjiyn, Rinchen Byambyn, Sengee Dashzevegiyn, Sedev Dodjoogiyn, Chimid Choyjilyn, Erdene Sengiyn va hok.)

Chingizxonning nevarasi, O'qtoyning o'g'li, ulug' xon Quyuqxon Rim Papasi Innokentiy IV yozgan yorlig'ini o'zbek tilida yozgan va u “Ulug' ulusning… xon yorlig'imiz!”, deb boshlanadi!

Pekinning nomini “Xonbaliq”qa o'zgartirib, Xitoyda hukmronlik qilgan va (Chingizxonning nevarasi Qublayxon, mashhur sayyoh Marko Poloning tasdiqlashicha, Qublayxon o'zbekcha gapirgan!) birato'la Yaponiyani ham egallab olish uchun 100 minglik flotni yuborgan ham o'zbeklar edi!

Rusiya, Xitoy, Fors, Hind, Kavkaz, Sharqiy Evropa va boshqa hududlardagi Chingizxon tiklagan ulkan imperiyada o'zbek tili hukmron edi!

Chingizxon avlodi O'zbekxon esa o'zbek elining ajdodi!

Butun Evropani titratgan shavkatli Usmonlilar imperiyasi egalari ham (saljuqiylar imperiyasi To'g'rulning o'g'li Alp Arslon) Xorazmdan chiqib ketgan o'zbeklar edi!

Eronu Xitoy podsholari har yili o'lpon berib turishga majbur bo'lgan qudratli Turk xoqonligini bunyod etgan ham o'zbeklar edi.

Xitoyning eng buyuk saltanati sanalgan Tan imperiyasida hokimiyatni egallagan samarqandlik ajdodimiz Alp Arslon ham (xitoycha An Lushan) o'zbek edi!

Besh asr dunyoning yarmida hukmronlik qilgan Kushonlar imperiyasini (Kushon davlatini xitoy tilidagi “yuechji” – ya'ni, uychi qabilasidan bo'lgan o'zbeklar tashkil etgan!) ham o'zbeklar tuzgan va boshqargan.

Xurosonu Hindistonda qudratli G'aznaviylar davlatini barpo etgan Sabuktakin va uning o'g'li Mahmul G'aznaviy ham o'zbek edi.

“Sharq va G'arb podshohi” deb tan olingan To'g'rulbek boshchiligida o'zbeklar Turkiston o'lkasidan tashqari hozirgi Eron, Afg'oniston, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gurziya, Suriya va Falastin, Iroq va Bog'dod, Yaman va Bahraynga ega chiqib, davlat boshqargan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan edi.

Abdulkarim Sotuk Bag'roxon boshchiligida buyuk Qoraxoniylar davlatiga asos solgan o'zbeklar o'z davrida Sharqiy va G'arbiy Turkistonda qudratga to'lgan edilar. O'z davrida engilmas jangchilari bilan Turkistonu Xurosonda, G'arbu Sharqda dovruq qozongan Qoraxitoylar ham, Xorazmshohlar ham o'zbeklar tuzgan ulkan imperiyalar edi.

Sohibqiron Amir Temur timsolida hozirgi Rossiya, Mo'g'iliston, Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Eronu Iroq, Suriya, Misr, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, xullas, yarim dunyoda buyuk imperiya barpo etgan ham o'zbeklar edi!

Hozirgi O'rta Osiyodagi beshta davlat o'rnida mavjud bo'lgan Qo'qon, Xorazm, Buxoro xonliklari (amirlik)ni ham o'zbeklar tashkil etgan edi.

Xullas, dunyo tarixidagi eng yirik imperiyalar aksariyati O'ZBEK (TURK)LARNIKI EDI!!!

O'zga yurtlar erkiga raxna solgan qudratli dushman oldidagi eng dahshatli kuch ham aynan o'zbeklar edi.

Eron Ahamoniylarining sharmandali mag'lubiyatlariga (Shiroq, To'maris) ham o'zbeklarning jangavorligi va o'tkir qilichlari sabab bo'lgan.

Hatto, dunyoni zabt etishga jahd qilgan Aleksandr Makedonskiy ham ilk bor o'zbeklar (Spitamen) timsolida dahshatli dushmaniga ro'baro' kelgandi va qaqshatqich mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.

Arablar bosqini aynan o'zbeklar zaminida (Farg'onada)to'xtatilgan va Qutayba ibn Muslim o'ldirilgan. (Yo'qsa, hozir 1,3 mlrd.lik Xitoy ham musulmon bo'lgan va uyg'urlar bilan tinch-totuv yashayotgan bo'lardi.)

O'sha shonli davrlarda O'ZBEKLARNI ENGSA, FAQAT O'ZBEKNING O'Z ENGGAN! (Hozir bizda faqat ana shu “xislat”to'kis saqlangan…)

Xususan, Chingizxon qo'shinini tor-mor etgan Jaloliddin uning o'zbek qavmdoshi-qondoshi edi.

Hozirgi Rossiyani ajdodlari 300 yil boshqargan va Moskvaga o't qo'yib, bosar-tusarini bilmay qolgan mag'rur To'xtamishning dodini bergan ham, yanicharlari bilan Evropaning jonini sug'urib olgan Boyazidni tilka pora qilgan ham ularning o'z turkiy qondoshi – Amir Temur siymosidagi o'zbeklar edi!

Bog'dodni fath etib, Misr tomon yurish qilgan Xaloqu no'yon boshchiligida ulkan o'zbek qo'shinini Misrni endigina egallagan Sayfiddin Qutuz boshchiligidagi o'zbek lashkari bitta qolmay qirib tashladi, qolgan qutganini changalzorga qo'shib yoqib yubordi.

Hindistonda Ibrohim Lo'dining 100 minglik qo'shinini 8 ming o'zbek jangchisi bilan parokanda qilgan buyuk sarkarda Bobur ham aslida o'z yurtida – o'z qondoshi Shayboniyxonning ko'chmanchi o'zbeklaridan qaqshatqich zarba egan, keyinchalik buning alamini sho'rlik hindlardan olgan edi!

MING ASRLAR DAVOMIDA BUTUN DUNYo O'ZBEKLARNIKI EDI. ULAR QAERDA HOHLASA, ShU ERDA HUKMRONLIK QILIShARDI!

Asrlar davomida jamiki turkiy xalqlar hozirgi O'ZBEKLAR atrofida, qondoshlari qoshida birlashgan edi.

Turkiy xalqlar esa hozirgi o'zbeklar, turklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, ozarbayjonlar, uyg'urlar, yoqutlar, tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar, gagao'g'izlar, bulg'orlar, hakaslar, oltoyliklar, tuvaliklar, qorachoylar, qoraqalpoqlar va boshqa yuzlab turkiy xalqlardan tashkil topgan edi.

Aynan O'ZBEKLAR ana shu yuzlab turkiy qavlarning barini birlashtirgan va birgalikda tarixda buyuk imperiyalarga asos solgan.

Asrlar davomida turkiy xalqlarning – o'zbeklarning butun boshli avlodlarining umri ana shu dahshatli urushlar, to'xtovsiz harbiy yurishlarda o'tdi. Ular ulkan imperiyalarga asos solishdi va o'zlari qurgan qudratli davlatlarining dahshatli tanazzuliga ham guvoh bo'ldilar.

Asrlar davomida to'xtovsiz janglarda eng botir, dovyurak, jismonan va aqlan etuk o'zbek (turk) o'g'lonlari boshini kundaga qo'yib, halok bo'laverdilar. Bir qismi o'zlari zabt etgan yurtlarda manguga qolib ketishdi. Asrlar davomida ular o'zga elatlar bilan qo'shilib, ularning jangavorligini yuz karra oshirishga xizmat qilaverdi. Yurtda qolgan-qutgani ham bir-biri bilan jang qilaverib, tugab bitdi.

Har safar o'zbek (turk)larning mard o'g'lonlari o'zga yurtlarga jangga otlanganida yurtda chalajon, nimjon, nogiron, zaif, urushga yaramaydigan, qo'rqoq, sotqin va xointabiatlar qolaverdi. Ular ham sekin-asta ko'paydi, millat genafondiga putur etdi. Turk dunyosi, o'zbeklar dunyosi, ularning jahondagi yuksak mavqei sekin asta tanazzulga yuz tutdi.

Baxtga qarshi dengiz yo'llari ochilib, doimo o'zbek (turk)larga tegishli bo'lgan Buyuk ipak yo'li ham o'z ahamiyatini yo'qotdi, o'zbeklar sekin asta dunyo tamaddunidan uzilib qola boshladi. Natijada yurtda mutaassiblik, jaholat, qoloqlik hukm sura boshladi.

Keyin ana shu jaholat davrida o'z erkini ham yo'qotdi…

Faqat bir umid uchquni qoldi: Istiqlol daqrida vujudida hoqonlar, sarkardalar, shohlar va beklarning qoni oqayotgan bu millat yana bir kun dunyoga yuz tutadi. O'z shon-shavkatini, qudratini yana tiklaydi, shonli tarixini qayta yozishni boshlaydi.

Chunki BIZKIM – MALIKI TURON AMIRI TURKISTONMIZ. BIZKIM, MILLATLARNING ENG ULUG'I – TURKLARNING BOSh BO'G'INIMIZ!

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Bir paytlar Turkmanboshi bo'lardi. U rahmatlik Ruxnoma yozib, hamma buyuklar turkman, deb isbot qildi.
    Nazarboev esa Chingizxan ham, Sobir Raximov ham qozoq deb isbot qilgan.
    Karimov Avestoga yozgan so'zboshisida “O'zbekxon o'z nomini o'zbeklardan olgan” deb da'vo qilgandi.
    Yaqinda bir akademik kitob yozib, o'zbeklar umuman turkiy millat emas, deb da'vo qildi.
    O'rislar esa: “Xiyobon va parklarga itlar bilan sart(o'zbek)lar kirmasin!” deb e'lonlar yozib qo'ygan.
    Akademik G'ofurov “Tadjiki” degan kitobida Samarkand, Buxora tojiklar, Chirchiq vodiysi qozoqlar, quyi Amudaryo turkmanlar bilan qaraqolpoqlarniki, deb yozgandi.
    Bularni o'qib beixtiyor “It egasini tanimaydigan zamon bo'ldi”, degani esga keladi.

    07/07/2019 03:17
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube